Latipova Sitora Baxodirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimeterapiyadan keyin og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xolatini klinik-immunologik o‘rganish va davolash samaradorligini oshirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5197.
Ilmiy rahbar: Turaeva Firuza Abdurashidovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/27.12.2025.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Habibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsalixova Feruza Luqmonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: OSh davlat universiteti (Qirg‘iziston).
II. Tadqiqotning maqsadi: saraton bilan kasallanib, kimyoterapiya muolajasini qabul qilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatini klinik-immunologik o‘rganish va davolash samaradorligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlarni kimyoterapiyadan oldin dastlabki stomatologik holatini har tomonlama o‘rganish, ushbu toifadagi bemorlarga stomatologik kasalliklarning yuqori darajada uchrashi hamda ularning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitining rivojlanishiga moyilligi aniqlangan;
kimyoterapiyadan so‘ng rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va davolashda granullangan kversetinni mahalliy qo‘llanilishi bemorlarda og‘riq sindromini pasayishi hamda hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
kimyoterapiya davo muolajasi tufayli rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va davolashda mahalliy lazerli fotodinamik terapiyadan foydalanish, uning shilliq qavatdagi yallig‘lanish-nekrotik jarayonga ijobiy ta’sir qilishi, shu bilan birga mukozitni davolanishiga yuqori samara berishi isbotlangan;
kversetin va lazerli fotodinamik terapiyani birgalikda qo‘llanilishi bu usullarning sinergik ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i mukozitining kechish davomiyligini, hamda davolanishni muddatini sezilarli darajada qisqarishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 5 martdagi 04/35- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: kimyoterapiya qabul qilgan bemorlarning kimyoterapiyadan oldin dastlabki stomatologik holatini har tomonlama baholash bilan birgalikda ushbu toifadagi bemorlarga stomatologik kasalliklarning yuqori darajada uchrashi hamda ularning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitining rivojlanishiga moyilligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarda kimyoterapiya boshlanguniga qadar og‘iz bo‘shlig‘i holatini skrining va integral baholash orqali mukozit va boshqa asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (02.06.2025 y.; №01/356-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.05.2025 y.; №49-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar kimyoterapiya fonida yuzaga keladigan og‘riqli mukozit, yaralar va og‘iz bo‘shlig‘ining surunkali zararlanishlarining oldi olinishi hisobiga bemorlarning mustaqil ovqatlanish, gapirish va kundalik muloqot qilish imkoniyatlari saqlab qolingan. Iqtisodiy samaradorligi: kimyoterapiyadan oldingi kompleks stomatologik tayyorgarlik va xavf guruhlarini erta aniqlash orqali og‘ir darajadagi mukozit va ikkilamchi infeksion asoratlarning oldi olinadi. Bu o‘z navbatida qimmatbaho antibiotik, zamburug‘ga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va parenteral oziqlantirish vositalariga ketadigan moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytiradi. Xulosa: kimyoterapiya qabul qiladigan bemorlarda davolash boshlanguniga qadar og‘iz bo‘shlig‘ining dastlabki (bazal) stomatologik holatini har tomonlama va integral baholash og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukoziti hamda boshqa ikkilamchi asoratlar rivojlanish xavfini erta bosqichda aniqlash va prognoz qilish imkonini beradi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: kimyoterapiya davo muolajasi tufayli rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va davolashda granullangan kversetinni mahalliy qo‘llash samaradorligi hamda bemorlarda og‘riq sindromi va noqulaylikning pasayishi hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: kimyoterapiya natijasida yuzaga keluvchi mukozitni mahalliy davolashda granullangan kversetinning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, sitoprotektor va to‘qimalar regeneratsiyasini faollashtiruvchi ta’sir mexanizmlarini farmakoterapevtik jihatdan isbotlab bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (02.06.2025 y.; №01/356-son) hamda Xorazm 11 viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.05.2025 y.; №49-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: granullangan kversetinni mahalliy qo‘llash orqali og‘riq sindromi va noqulaylikning (diskomfort) pasayishi bemorlarning mustaqil ovqatlanish, suv ichish, gapirish va kundalik tibbiy-ijtimoiy faolligini saqlab qolishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: granullangan kversetinning mahalliy antioksidant va yallig‘lanishga qarshi yuqori samaradorligi hisobiga og‘riq sindromi va yarali jarayonlar tez fursatda bartaraf etiladi. Bu esa qimmatbaho tizimli og‘riq qoldiruvchi vositalar (shu jumladan opioid anal`getiklar), antibiotiklar va parenteral (vena orqali) oziqlantirish preparatlarini qo‘llash ehtiyojini hamda moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytiradi. Xulosa: kimyoterapiya muolajalari tufayli rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va kompleks davolashda granullangan kversetinni mahalliy qo‘llash yuqori terapevtik va patogenetik samaradorlikka egaligi isbotlandi.
Uchinchi ilmiy yangilik: kimyoterapiya davo muolajasi tufayli rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va davolashda lazerli fotodinamik terapiyadan og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy ta’sir qilish usuli sifatida foydalanilganda, uning shilliq qavatdagi yallig‘lanish-nekrotik o‘zgarishlarning og‘irlik darajasini samarali ravishda pasaytirishi va shu bilan mukozitni davolash samaradorligini oshirishi baholangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: lazerli fotodinamik terapiyaning (FDT) kimyoterapiya chaqirgan mukozit sharoitida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi yallig‘lanish, mikrotsirkulyasiya va to‘qimalar nekrozini pasaytirishdagi ta’sir mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (02.06.2025 y.; №01/356-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.05.2025 y.; №49-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: lazerli fotodinamik terapiya (FDT) yordamida shilliq qavatdagi yallig‘lanish-nekrotik o‘zgarishlar og‘irligining pasaytirilishi bemorlardagi og‘ir og‘riq, yarali asoratlar va diskomfortni bartaraf etadi. Bu bemorlarning mustaqil ovqatlanish, gapirish va jamiyatda ijtimoiy faolligini saqlab qolishiga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: lazerli fotodinamik terapiya (FDT) yordamida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi yallig‘lanish-nekrotik jarayonlar va superinfeksiya xavfi samarali sundirgich bilan bostiriladi. Bu esa og‘ir asoratlarni davolashda ishlatiladigan qimmatbaho sistem antibiotiklar, antimikotiklar, anal`getiklar va parenteral oziqlantirish vositalariga ketadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Xulosa: kimyoterapiya davo muolajalari tufayli rivojlangan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati mukozitini oldini olish va davolashda lazerli fotodinamik terapiyadan 12 (FDT) mahalliy ta’sir qilish usuli sifatida foydalanish yuqori patogenetik va klinik samaradorlikka egaligi isbotlandi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: kversetin va lazerli fotodinamik terapiyani birgalikda qo‘llashning qiyosiy tadqiqoti o‘tkazilganda bu usullarning sinergik ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i mukozitining kechish davomiyligini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: granullangan kversetinning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va sitoprotektor xususiyatlari hamda lazerli fotodinamik terapiyaning (FDT) mahalliy bakterisid, mikrotsirkulyasiyani yaxshilovchi va to‘qimalar regeneratsiyasini faollashtiruvchi fizikaviy omillarining birgalikdagi kombinisiyalashgan sinergik ta’sir mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (02.06.2025 y.; №01/356-son) hamda Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.05.2025 y.; №49-I-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kversetin va lazerli fotodinamik terapiyaning (FDT) sinergik ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i mukozitining kechish davomiyligini va og‘riqli simptomatikani keskin qisqartiradi. Bu bemorlarga qisqa muddatda mustaqil va og‘riqsiz ovqatlanish, suv ichish hamda bemalol muloqot qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kversetin va lazerli fotodinamik terapiyaning (FDT) sinergik (biri-birini kuchaytiruvchi) ta’siri mukozitning kechish davomiyligini keskin qisqartiradi. Bu esa bemorlarda og‘riq qoldiruvchi (shu jumladan qimmatbaho anal`getiklar), antibiotik, antimikotik hamda vena orqali parenteral oziqlantiruvchi vositalarni qo‘llash muddatini va xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Xulosa: kversetinning antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari hamda lazerli FDTning bakterisid va mikrotsirkulyasiyani yaxshilovchi ta’sirining sinergizmi (bir-birini kuchaytirishi) og‘iz bo‘shlig‘i mukozitining kechish davomiyligini sezilarli darajada qisqartiradi, yallig‘lanish-nekrotik jarayonlarning tezroq tuzalishini ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish