Karimova Zuxra Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Maqollarda do‘stlik va dushmanlik konsepti (ingliz va o‘zbek tillari misolida), 10.00.13. – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2763.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Zohid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Cho‘panov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kalandarov Aybek Ruzimbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari maqollarida do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalanishini qiyosiy o‘rganish va ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimli tillardagi do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollarning diaxron tadqiqi ochiqlandi, maqollarning assotsiativ ko‘lamiga oid do‘stlikning sinalganlik, saxiylik, baham ko‘rish, ikkiyuzlamachilik va salbiy jihatdan moddiy manfaatlanish, shaxsiy chegaralarning buzilishi kabi hamda dushmanlikning ziyonkorlik, xoinlik va dushmanga nisbatan adolat, hurmat singari xususiyatlari dalillangan;
do‘stlik va dushmanlik tushunchasini ifodalovchi maqollarning tarkibida do‘st, dushman so‘zlari hamda ularning sinonimlarini qo‘llanilishiga ko‘ra semantik xususiyatlari aniqlandi, do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalash xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilindi, maqollarda do‘stni qadrlash, dushmanga nisbatan ogoh bo‘lish kabi qadriyatlar in’ikosi hamda do‘stlikning e’tiqod, axloqiy go‘zallik asosida yuzaga chiqishi va ularda dushmanga nisbatan ehtiyotkorlik, kechirimlilik singari diniy (Islom hamda nasroniylik) g‘oyalarni o‘zida aks ettirilishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik va dushmanlik ma’nosini anglatuvchi maqollarga xos sodiq va yolg‘onchi do‘st, ochiq va yashirin dushman kabi obrazlarning antroposentrik xususiyatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi do‘stlik va dushmanlik konsepti ifodalangan maqollarda genderni ifodalovchi yigit, er, aka-uka, og‘a-ini, ota, qiz, kelin, qaynona kabi obrazlar hamda ilon, ot, mushuk, sichqon, it, bo‘ri, fil singari hayvon timsollarini ifodalovchi leksik birliklarni chog‘ishtirish orqali ularning o‘xshash va farqli tomonlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari maqollarida do‘stlik va dushmanlik konseptining ifodalanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turli tizimli tillardagi do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollarning diaxron tadqiqi ochiqlanib, maqollarning assotsiativ ko‘lamiga oid do‘stlikning sinalganlik, saxiylik, baham ko‘rish, ikkiyuzlamachilik va salbiy jihatdan moddiy manfaatlanish, shaxsiy chegaralarning buzilishi kabi hamda dushmanlikning ziyonkorlik, xoinlik va dushmanga nisbatan adolat, hurmat singari xususiyatlari aniqlanganligi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 29-avgustdagi 520/2-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik va dushmanlik tushunchasini anglatuvchi maqollar tadqiqi, ularning assotsiativ va semantik xususiyatlarini aniqlashga oid qarashlar, bunday maqollarda qadriyatlar in’ikosi va obrazlar talqini, maqollarning o‘xshash, farqli va umumiy tomonlarini ko‘rsatishdagi xulosalardan loyiha doirasida qo‘llanilib, do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollarning diaxron aspektda monografik planda tadqiqot natijalari hamda ushbu konseptni ifodalovchi maqollarning qiyosiy-chog‘ishtirma katalogi grant ilmiy bazasi kengayishiga xizmat qilgan, shuningdek, fundamental loyihaning xalq maqollari tematikasining ifodalanish xususiyatlari haqidagi qismlarini yangi tahlillar va tushunchalar bilan boyitishga yordam bergan;
dissertatsiyasida keltirilgan do‘stlik va dushmanlik tushunchasini ifodalovchi maqollarning tarkibida do‘st, dushman so‘zlari, ularning sinonimlarining qo‘llanilishiga ko‘ra semantik xususiyatlari aniqlanib, do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalashiga ko‘ra tasnif qilingan hamda maqollarda do‘stni qadrlash, dushmanga nisbatan ogoh bo‘lish kabi qadriyatlar in’ikosi va do‘stlikning e’tiqod, axloqiy go‘zallik asosida yuzaga chiqishi, dushmanga nisbatan ehtiyotkorlik, kechirimlilik singari diniy (Islom hamda nasroniylik) g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi asoslanganligiga oid ilmiy nazariy xulosalari va materiallaridan Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2 - CBHE-JP - CLASS: “Development of the interdisciplinary master program on Computer Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 22-avgustdagi 06-147/2-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillardagi do‘stlik va dushmanlik tushunchasini anglatuvchi maqollarning assotsiatsiyasi, semantik xususyatlari, bundan tashqari, har ikkala xalqlarga xos lingvofalsafiy va lingvomadaniy jihatlarga oid ilmiy nazariy xulosalar mazkur loyihani boyitishga yordam berdi hamda tadqiqot davomida yaratilgan o‘zbek va ingliz tillaridagi do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollarning qiyosiy-chog‘ishtirma katalogi grant ilmiy bazasi kengayishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik va dushmanlik ma’nosini anglatuvchi maqollarga xos sodiq va yolg‘onchi do‘st, ochiq va yashirin dushman kabi obrazlarning antroposentrik xususiyatlari isbotlanganligiga aloqador nazariy ma’lumotlaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2025-yil 28-avgustda efirga uzatilgan “Reportaj” eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyat teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 29-avgustdagi 705-son ma’lumotnomasi). Natijada do‘stlik va dushmanlik konseptini ifodalovchi maqollarning semantik xususiyatlari, milliy qadriyatlar bilan bog‘liq lingvomadaniy va lingvofalsafiy xususiyatlari, badiiy va diniy matnda qo‘llanilish imkoniyatlari, ularda obrazlar talqini va ularning antroposentrik hamda gender xususiyatlari va maqollarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili to‘g‘risidagi bilimlarning keng ommaga etib borishi osonlashgan, xalqimizning ko‘plab ilmiy ma’lumotlardan bahramand bo‘lishiga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi do‘stlik va dushmanlik konsepti ifodalangan maqollarda genderni ifodalovchi yigit, er, aka-uka, og‘a-ini, ota, qiz, kelin, qaynona kabi obrazlar hamda ilon, ot, mushuk, sichqon, it, bo‘ri, fil singari hayvon timsollarini ifodalovchi leksik birliklarni chog‘ishtirish orqali ularning o‘xshash va farqli tomonlari dalillanganligi borasidagi tahlillar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida nashr qilinadigan “KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnalining 5-sonida Z.U.Karimova “Do‘stlik va dushmanlik konseptini anglatuvchi maqollarda gender xususiyatlar” mavzusidagi maqolasi nashr qilingan va ilmiy ish natijalari loyiha doirasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-fevraldagi 04-04-1/851-son ma’lumotnimasi). Natijada elektron platformani yaratish bo‘yicha innovatsion loyiha ingliz va o‘zbek tillardagi maqollarda do‘stlik va dushmanlik konsepti ifodalanishining o‘ziga xos jihatlari, ushbu tip maqollarda aks etgan ikkala til egalari qadriyatlaridagi o‘xshash hamda farqli tomonlari tahlili yuzasidagi yangilangan faktik ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ta’lim sifatini yanada oshirishga erishilgan.