Yuldashev Alo Asqarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chetdan keltirilgan qoramol avlodlarining etologik ko‘rsatkichlari va sut mahsuldorligi bilan o‘zaro bog‘liqligi», 03.00.06–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx361.
Ilmiy rahbar: Ashirov Murodilla Eshonqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Kaxarov Abdusattor Kaxarovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Jumadullaev Burxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: golshtin zotli sigirlar va ular avlodlarining turli laktatsiyalarda sut mahsuldorligini o‘sish dinamikasi, chetdan keltirilgan sigirlar avlodlarining etologik ko‘rsatkichlari bilan sut mahsuldorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor golshtin zotli sigirlarning turli omillarga bog‘liqlikda sut mahsuldorligi bo‘yicha salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish usuli ishlab chiqilgan;
chetdan keltirilgan sigirlar avlodlarining sut mahsuldorligi bilan etologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida  o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
sigirlarning sut mahsuldorligi bilan tirik vaznining rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik tahlil qilingan;
issiq iqlim sharoitida golshtin zotli sigirlarning issiqqa chidamlilik indeksi baholangan;
pushtdorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanib turli seleksiyalardagi golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligini va boshqa xo‘jalik-foydali belgilarini yaxshilash usullari turli omillarga bog‘liqlikda ishlab chiqilgan hamda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish bo‘yicha chetdan keltirilgan golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini etologik ko‘rsatkichlariga, birinchi tug‘ishidagi yoshiga, tirik vazniga va boshqa omillarga bog‘liqlikda yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 10 iyundagi 02/23-343-son ma’lumotnomasi). Ushbu amaliy tavsiyalardan foydalanish natijasida tajriba podasida III va undan yuqori laktatsiyalarda sigirlarning sut mahsuldorligi 6847,5–7266,0 kilogrammga oshishiga erishilgan;
golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi bo‘yicha irsiy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish usuli Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Xontemir” naslchilik fermer xo‘jaligi podasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 10 iyundagi 02/23-343-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning sut mahsuldorligi 3,9–4,0% yog‘lilikda 7000–8100 kilogrammga yuqori bo‘lishi imkoniyati yaratilgan;
sigirlarni sut mahsuldorligini birinchi tug‘ishidagi yoshiga va tirik vazniga, etologik ko‘rsatkichlariga, servis davri davomiyligiga, sutdan chiqqandan tug‘ishigacha davriga va elin shakllariga bog‘liqlikda oshirish usullari Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Abdulla” naslchilik fermer xo‘jaligi podasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 10 iyundagi 02/23-343-son ma’lumotnomasi). Natijada golshtin zotli III va undan yukori laktatsiyalardagi har bir bosh sigirdan olingan sof foyda 5987365–7015469 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish