Kabilova Gulayım Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq xalq sehrli ertaklardagi mifologik obrazlarning tavsifi, 10.00.08. – Folklorshunoslik (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6363.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.05/2025.27.12.Fil.l6.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarova Jamilaxon Baxodirovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Esebaev Marat Matekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq sehrli ertaklaridagi mifologik obrazlarni nazariy o‘rganish, ularning folklor asarlarida qo‘llanilish xususiyatlarini tadqiq etish orqali mifologik obrazlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mif tushunchasi, dunyo xalqlarining mifologik qarashlari, miflarning paydo bo‘lish sabablari va transformatsiyaga uchrash jarayoni, mifologik tushunchalarning qadimgi ko‘rinishlari, ularning keyingi davrlarda folklorda saqlanib qolgan ko‘rinishlari ilmiy-nazariy fikrlar va adabiy meroslarga tayangan holda ochib berilgan;
mifologik obrazlar, ularning miflardagi roli, mifologik obrazlarning dunyo va qardosh xalqlar folklorshunosligida o‘rganilganlik darajasi ko‘rib chiqilgan va bu tadqiqotlardagi ilmiy qarashlarga tahlillar qilingan, mifologik obrazlarni tasniflash masalasi baholanib, olingan natijalardan qoraqalpoq xalq sehrli ertaklaridagi mifologik obrazlarni tasniflashda foydalanilgan;
mif va ertakning janriy o‘ziga xosliklari, mifning ertakka aylanish bosqichlari haqida ilmiy fikrlar keltirilib, ilmiy tahlillar qilish orqali mif va ertakning xususiyatlari ochib berilgan;
mifologik obrazlarning mifdan ertakka va ertakdan dostonga transformatsiyalanishi, bu jarayonda yuz beradigan o‘zgarishlar haqida ilmiy fikrlar keltirilib, misollar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq sehrli ertaklaridagi mifologik obrazlarning tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq xalq sehrli ertaklarining qoraqalpoq folklorida tutgan o‘rni, bugungi kunga qadar qoraqalpoq folklorshunos olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘rganishda, ertaklardagi mifologik obrazlarning inson ongida qanday shakllanganligi, bugungi kunda mif tushunchasining jamiyat turmushida qabul qilinish darajasi, har bir sohada mifologik elementlarning mavjudligi, mifologiyaning diffuziya va transformatsion xususiyatlarga ega ekanligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Diydor nasib” nomli teleko‘rsatuvi va “Kuch bilimda” nomli radio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2026-yil, 26-yanvardagi № 05-22/43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy jihatdan boyitilib, ertaklarning va undagi mifologik obrazlarning jamiyatda tarbiyaviy ahamiyatini takomillashtirishda, yaxshilik va yomonlik konsepsiyalarini tushuntirishda, yosh avlodning tafakkurini rivojlantirishda tutgan o‘rni keng jamoatchilikka targ‘ib qilingan;
qoraqalpoq xalq sehrli ertaklari, mifologik obrazlar haqidagi ilmiy fikrlaridan, ular bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalqqa madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yaxshilash choralari” nomli innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil, 20-yanvardagi № 02-149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teatr sohasidagi yosh aktyorlarda ertak obrazlari bo‘yicha tushunchalarni rivojlantirish, bu obrazlarning ertak janrida qanday yo‘llar bilan o‘zgarishlarga uchrash holatlarini, teatr sahnasida ulardagi o‘zgarish xususiyatlarini real ko‘rinishda qanday amalga oshirish kerakligi haqida, spektakllarni sahnalashtirish jarayonida bu obrazlarning bosh qahramonga yordamchi, raqib yoki homiylar orqali tomoshabinlar tushunchasida yaxshilik va yomonlik, homiylik va yovuzlik tushunchalarini shakllantirishda, folklor an’analarini zamonaviy metodologiya asosida tushuntirish tadbirlari targ‘ib qilindi va bunda vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy bo‘yicha rejasi asosida bir qancha materiallar bilan boyitildi; qoraqalpoq xalq sehrli ertaklaridagi mifologik obrazlarning tasnifi, ularning qoraqalpoq xalq dostonlarida ham uchrab bir-biridan o‘ziga xosliklarga ega ekanligi va turkiy xalqlar (o‘zbek, qozoq, turkman) ertaklari bilan qiyosiy o‘rganishdagi nazariy-ilmiy fikrlari va natijalaridan O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida davlat dasturi asosida 2024-2025-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpog‘istonda yashovchi turli millatlarga mansub xalq vakillariga xos bo‘lgan urf-odat qo‘shiqlari (genezisi, janr xususiyatlari, poetikasi, o‘xshashliklari va o‘zaro mosligining xususiyatlari)” nomli innovatsion loyihani bajarishda, shu jumladan qoraqalpoq xalqining boshqa qardosh xalqlar bo‘lgan o‘zbek, qozoq va turkman xalqlarining ertaklarini bayon qilishda urf-odatlar an’analari xususiyatlari va o‘xshashliklariga oid yangiliklaridan foydalanilgan. Natijada turkiy qardosh xalqlarning barcha urf-odat qo‘shiqlaridan tashqari boshqa folklor janrlarida, xususan ertak janrida bir xil an’anaviy bayonlarning, syujetlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashga erishilgan.