Sharipova Nodira Ilhom qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10368.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Shoira Safarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxramovich pedagogika fanlari doktori, professor; Allambergenova Muxabbat Xasanbaevna; pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak transport logistika mutaxassislarining (avtomobil transporti) amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda ularning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar, kasbga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar, kuzatuvchanlik, texnik tafakkur, transport-logistika tizimlarini boshqarishga oid dasturlashtirilgan ta’lim vositalarini o‘quv jarayoniga kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak transport logistika mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modelining komponentlari mazmuni dasturlashtirilgan ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizual, diagnostik, intellektual va nazorat-tahliliy imkoniyatlarini talabalarning amaliy faoliyatga oid kompetensiya sifatlari hamda mutaxassislikka oid texnik-ijodiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan holda modelning jarayonli blokiga singdirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak transport logistika mutaxassislarining amaliy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi avtomobil transportida yuk tashish jarayonlari, marshrutlarni rejalashtirish, logistika operatsiyalari, tashish jarayonlarining texnologik ko‘rsatkichlari hamda transport-logistika faoliyatini imitatsion, algoritmik va sxematik modellashtirishga mo‘ljallangan raqamli hamda amaliy dasturiy ta’lim vositalariga ustuvorlik berish, shuningdek, ulardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan dars ssenariylarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy fanlar bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga mo‘ljallangan dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish samaradorligi motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlar asosida baholashga yo‘naltirilgan hamda subektlararo o‘zaro ta’sirning mantiqiy-tizimlashtirilgan tuzilmasiga asoslangan baholash mexanizmlari bilan boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bo‘lajak muhandislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak transport logistika mutaxassislarining (avtomobil transporti) amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda ularning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar, kasbga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar, kuzatuvchanlik, texnik tafakkur, transport-logistika tizimlarini boshqarishga oid dasturlashtirilgan ta’lim vositalarini o‘quv jarayoniga kiritish orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi 01/01-01-24 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni amaliy ko‘nikmalarinmi rivojlantirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak transport logistika mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modelining komponentlari mazmuni dasturlashtirilgan ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizual, diagnostik, intellektual va nazorat-tahliliy imkoniyatlarini talabalarning amaliy faoliyatga oid kompetensiya sifatlari hamda mutaxassislikka oid texnik-ijodiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan holda modelning jarayonli blokiga singdirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar va takliflar “Avtomobillarda tashish jarayonlarini modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan zamonaviy didaktik o‘quv vositalari bo‘lajak muhandislarda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak transport logistika mutaxassislarining amaliy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi avtomobil transportida yuk tashish jarayonlari, marshrutlarni rejalashtirish, logistika operatsiyalari, tashish jarayonlarining texnologik ko‘rsatkichlari hamda transport-logistika faoliyatini imitatsion, algoritmik va sxematik modellashtirishga mo‘ljallangan raqamli hamda amaliy dasturiy ta’lim vositalariga ustuvorlik berish, shuningdek, ulardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan dars ssenariylarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Yo‘lovchilarni tashishning zamonaviy texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning mustaqil ta’limiy faoliyatining rivojlantirishga, bo‘lajak muhandislardan amnaliy ko‘nikmalarini rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish