Ravshanova Nilufar Adilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Zarafshon vodiysi sharoitida loviya va mosh etishtirishni amaliy asoslash”, 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx354.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin Xalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Dsc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattorov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oddiy loviya (Phaseolus vulgaris) va mosh (Phaseolus aureus) navlaridan tannarxi past, yuqori hosilni shakllantiradigan maqbul ekish usullari, uslublari va me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vodiysining Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitida Davlat reestriga kiritilgan mosh va oddiy loviyaning yangi navlarining ekish usullari va me’yorlari, oziqlanish maydonlari o‘zgarishiga ta’sirchanligi asosida yuqori don hosili etishtirishni ta’minlaydigan, nav agrotexnikasi takomillashtirilgan;
moshning yangi navlaridan yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish usullari va me’yorlari ishlab chiqilgan;
loviyaning yangi navlarining o‘suv davrida jadal o‘sishi va rivojlanishi hamda yuqori don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish usullari va me’yorlari ishlab chiqilgan.
mosh va loviya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, hosil strukturasi, hosildorligi qiyosiy baholangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati Zarafshon vodiysi tipik bo‘z va o‘tloqli tuproqlari sharoitida mosh va loviya ekish uslublari va me’yorlari olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklari uchun “Ang‘izga ekish uchun yaroqli loviya yangi navlari va ularning agrotexnikasi” va “Ang‘izga ekishga yaroqli yangi loviya navlarining urug‘chiligi va agrotexnikasi” bo‘yicha tavsiyanomalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-12-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar Samarqand viloyatining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida yuqori don hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
moshning “Pobeda-104” va “Radost`” navlarini etishtirishning maqbul agrotexnologiyalari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan Samarqand veterinariya medisinasi instituti o‘quv-tajriba maydonida, «Fariza Jasmina Kumushkent» fermer xo‘jaligida, «Oqdaryo» ilmiy-ishlab chiqarish fermer xo‘jaligida, Ishtixon tumani «D-Oqtepa» fermer xo‘jaligida, Jomboy tumani «Oq oltin ilg‘orlari» fermer xo‘jaligida jami 23 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-12-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori don hosildorligi gektaridan 17,1 sentner moshning “Pobeda-104” navidan 60x15 ekish usulida va 110,7 ming dona ko‘chat qilinligida hamda “Radost`” navidan 18,4 sentner 60x12 ekish usulida va 139 ming dona ko‘chat qilinligida ekilganda olishga erishilgan;
oddiy loviyaning “Ravot” va “Mahsuldor” navlarini etishtirishning maqbul agrotexnologiyalari Oqdaryo tumanida joylashgan Samarqand veterinariya medisinasi instituti o‘quv-tajriba maydonida, «Fariza Jasmina Kumushkent» fermer xo‘jaligida, «Oqdaryo» ilmiy-ishlab chiqarish fermer xo‘jaligida, Ishtixon tumani «D-Oqtepa»  fermer xo‘jaligida, Jomboy tumani «Oq oltin ilg‘orlari» fermer xo‘jaligida jami 44 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 maydagi 02/021-12-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori don hosildorligi gektaridan 22,6 sentner oddiy loviyaning “Ravot” navidan ko‘chat qilinligi 185,1 ming dona va ekish usuli 60x9 bo‘lganda va “Mahsuldor” navidan esa 27,1 sentner ko‘chat qilinligi 139 ming dona va 60x12 ekish usuli  qo‘llanilganda olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish