Turanova Iroda Egamberdi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish (xalqaro baholash dasturlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped7155.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Saidova Gulruh Halim qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhshaxon Habibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ishbaeva Nazira Abduraimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga doir metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari kasbiy kontekstdagi kompetensiyalarning ko‘p qirrali ta’lim muhitida ta’sir etuvchi omillarga bog‘liqligini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirish hamda innovatsion faoliyatga tayyorgarligini interaktiv metodlar, raqamli resurslar va ta’lim texnologiyalarini amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga integratsiyalash asosida aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘qish savodxonligini rivojlantirish kompetensiyalarini o‘quv dasturlariga integratsiyalash, PIRLS formatidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish, tashkiliy-pedagogik komponentni “Problem Based Learning (PBL)”, “Convergent and Divergent Thinking”, “WebQuest” texnologiyalari, treninglar va metodik seminarlar bilan boyitish hamda natijaviy komponentni refleksiv baholash komponentlari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga doir metodik tayyorgarligi jarayonining baholash mezonlari va indikatorlarini o‘quv fanlari mazmuniga integratsiyalash, kognitiv jarayonni rivojlantirishda mikrodars va modellashtirishga yo‘naltirilgan amaliy vositalarni qo‘llash, oila–o‘quvchi–o‘qituvchi hamkorligini elektron resurslardan amaliy foydalanishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi o‘qish savodxonligi komponentlarini PIRLS formatidagi topshiriqlarga maqsadli yo‘naltirish, matnni tushunish, talqin qilish va baholash kompetensiyalarining natijadorligini aniqlovchi diagnostik mezonlar va ko‘rsatkichlarni takomillashtirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga doir metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini kasbiy kontekstdagi kompetensiyalarning ko‘p qirrali ta’lim muhitida ta’sir etuvchi omillarga bog‘liqligini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirish, shuningdek, innovatsion faoliyatga tayyorgarligini interaktiv metodlar, raqamli resurslar va ta’lim texnologiyalarini amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3828/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining PIRLS talablari va o‘qish savodxonligiga ta’sir qiluvchi omillar asosida darslarni tashkil etish ko‘nikmalari kengaytirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish modelini o‘qish savodxonligini rivojlantirish kompetensiyalarini o‘quv dasturlariga integratsiyalash, PIRLS formatidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish, tashkiliy-pedagogik komponentni “Problem Based Learning (PBL)”, “Convergent and Divergent Thinking”, “WebQuest” texnologiyalari, treninglar va metodik seminarlar bilan boyitish hamda natijaviy komponentni refleksiv baholash komponentlari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3828/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish savodxonligini baholashda refleksiv baholash komponentlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin yaratilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga doir metodik tayyorgarligi jarayonining baholash mezonlari va indikatorlarini o‘quv fanlari mazmuniga integratsiyalash, kognitiv jarayonni rivojlantirishda mikrodars va modellashtirishga yo‘naltirilgan amaliy vositalarni qo‘llash, oila–o‘quvchi–o‘qituvchi hamkorligini elektron resurslardan amaliy foydalanishga yo‘naltirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3828/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta’limni tashkil etishda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligini o‘qish savodxonligi komponentlarini PIRLS formatidagi topshiriqlarga maqsadli yo‘naltirish, matnni tushunish, talqin qilish va baholash kompetensiyalarining natijadorligini aniqlovchi diagnostik mezonlar va ko‘rsatkichlarni takomillashtirish asosida oshirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 12-iyundagi 11-05-3828/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda matnni tushunish va talqin qilish ko‘nikmalarini xalqaro baholash dasturlari mezonlari asosida shakllantirish va baholashga doir metodik tayyorgarligi kengaytirilgan.
.