Erkinova Mehriniso Ro‘ziboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar- diversifikatsiyasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.4.PhD/Ped6905.
Ilmiy rahbar: Allaberdieva Kumri Xamraevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va ilmiy kengash raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash raqami: PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshonqulova Maqsuda Xabibovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni diversifikatsiya qilish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Janubiy Koreya va Finlyandiya tajribalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni milliy ta’lim talablari bilan uyg‘unlashtirishning tahliliy-diagnostik, adaptatsion, ekspertik, pilot-aprobatsiya va transfer bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi pedagogik-huquqiy mexanizm ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga oid rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalarini diversifikatsiya qilish asosida innovatsion boshqaruv va pedagogik faoliyat mexanizmlarini integratsiyalovchi “Ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion pedagogik faoliyat” maxsus intensiv kursi ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni xorijiy ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida intelektual rivojlanishining pedagogik-didaktik transformatsiyasini tadqiq etishda xalqaro tajribalarning o‘rni va ahamiyati belgilangan hamda “Kichkintoy connect” nomli platformasi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishidagi metodik va motorik muammolarni bartaraf etish maqsadida xorijiy ilg‘or pedagogik tajribalar diversifikatsiyasi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida refleksiv shartlar, mazmun, usullar va metodikalar ilmiy asosda takomillashtirilgan modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tizimining ta’lim samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar diversifikatsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diversifikatsiyani pedagogik tizim kategoriyasi sifatida konseptuallashtirish, uning tarkibiy komponentlarini (maqsad, mazmun, metod, boshqaruv, muhit) belgilash va samaradorlikka ta’sir mexanizmlarini ochib berish orqali diversifikatsiya jarayonining metodik shartlarini (milliy-madaniy moslik, tashkiliy tayyorgarlik, kadrlar kompetensiyasi, ota-onalar ishtiroki) ilmiy asoslashga doir taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda xorijiy tajribalarni qiyosiy tahlili” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 15-martdagi 03-03/308-son ma’lumotnomasi; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, №537529 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, diversifikatsiya pedagogik kategoriya sifatida izohlanib, uning tarkibiy komponentlari hamda samaradorlikka ta’sir mexanizmlari aniq belgilab berilgan.
ilg‘or xorijiy tajribalarni diversifikatsiyalashning amaliy modeli mazmuni tashkiliy-pedagogik, metodik, boshqaruv va baholash bloklarining uyg‘unligini ta’minlashga ko‘ra uch tarkibiy qismdan iborat integratsiyalashgan baholash majmui hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimining milliy-madaniy va tashkiliy xususiyatlarini hisobga olish orqali takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan “Rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini tashkil etish” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 27-dekabrdagi 456-PO‘-son buyrug‘i, 456-PO‘-026 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar diversifikatsiyasini shakllantirish orqali kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Janubiy Koreya va Finlyandiya tajribalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodik texnologiyalarni milliy ta’lim talablari bilan diversifikatsiyalashga ko‘ra tahliliy-diagnostik, adaptatsion, ekspert baholash, pilot-aprobatsiya va transfer bosqichlarining uyg‘unligini ta’minlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan JHBL-80-sonli “Oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsini o‘z-o‘zini anglashining ijtimoiy-psixologik omillari” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Oila va gender ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 7-apreldagi 01-09/2587-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglarning metodik faoliyatini takomillashtirishga erishilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat samaradorligi ilg‘or xorijiy tajribalarni diversifikatsiyalashning amaliy modeliga ko‘ra uch tarkibiy qismdan iborat integratsiyalashgan baholash tizimi (pedagogik eksperiment, xalqaro sifat shkalalari (ECERS/ITERS), monitoringga asoslangan formativ baholash) dan foydalanish orqali aniqlashtirishga oid ilmiy-metodik xulosa va tavsiyalar “Rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini tashkil etish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 27-dekabrdagi 456-PO‘-son buyrug‘i, 456-PO‘-026 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini baholashga doir diagnostik tizimni takomillashtirishga xizmat qilgan.