Komolova Iqbol Adham qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt yordamida topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasi (ingliz tili misolida)’’, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10170.
Ilmiy rahbar: Bazarov Zokir Mexriqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nurjamol Normatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Narziqulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt yordamida topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasi orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda individual ta’lim ehtiyojlarini sun’iy intellekt orqali aniqlash va tahlil qilish asosida topshiriqlarni avtomatik moslashtiruvchi AI-TBLT metodik modeli ishlab chiqilib, uning topshiriqlarni o‘quvchining ehtiyojiga mos ravishda tanlash, murakkabligini o‘zgartirish va individuallashtirish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitishda real kommunikativ muhitni yaratish va og‘zaki muloqot amaliyotini kengaytirishga xizmat qiluvchi sun’iy intellekt asosidagi virtual suhbatdosh hamda nutqni avtomatik tahlil qilish imkoniyatlariga ega “AI-TBLT KIDS” mobil ilovasi ishlab chiqilib, uning o‘quvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini mustaqil muloqot asosida rivojlantirish metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini baholashda sun’iy intellekt asosida nutqiy faoliyat natijalarini kompleks tahlil qiluvchi, individual rivojlanish traektoriyasini aniqlovchi va formativ baholashni avtomatlashtiruvchi SI-diagnostik monitoring va baholash tizimi ishlab chiqilib, unda baholash natijalarini real vaqt rejimida tahlil qilish, rivojlanish dinamikasini aniqlash va keyingi ta’lim topshiriqlarini shu natijalarga muvofiq belgilash mexanizmlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning sun’iy intellekt, topshiriqqa asoslangan kommunikativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar integratsiyasiga asoslangan strukturaviy-funksional metodik tizimi takomillashtirilib, unda o‘quvchining o‘zlashtirish holatini sun’iy intellekt orqali aniqlash, aniqlangan natijalarga muvofiq topshiriqlar mazmuni va murakkabligini moslashtirish hamda keyingi o‘qitish jarayonini individual natijalar asosida korreksiyalash mexanizmi ilmiy jihatdan asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt yordamida topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish texnologiyalarining individual ta’lim ehtiyojlariga moslashuvchanligi etarli darajada ta’minlanmaganligi sababli o‘quvchilarning lingvistik tayyorgarligi, kommunikativ faolligi, kognitiv rivojlanish darajasi, o‘quv motivatsiyasi va topshiriqlarni bajarish natijalarini sun’iy intellekt algoritmlari orqali tahlil qilish asosida topshiriqlarni avtomatik differensiallashtirish, individuallashtirish va adaptiv boshqarishni nazarda tutuvchi AI-TBLT (Artificial Intelligence-Based Task-Based Language Teaching) metodik modeli ishlab chiqildi va uning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish samaradorligini oshirishdagi pedagogik-didaktik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 11-dekabrdagi № 04/11-29627-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda pedagogik diagnostikaning lingvodidaktik, lingvopsixologik va baholash mezonlarini integrativ yondashuv asosida birlashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitishda autentik kommunikativ muhitning cheklanganligi, o‘quvchilarning real muloqot tajribasining etarli emasligi hamda og‘zaki nutq amaliyotining kamligi muammolarini bartaraf etish maqsadida sun’iy intellekt asosidagi virtual suhbatdoshlar, nutqni avtomatik tanish va tahlil qilish texnologiyalari, prompt-generatsiya modullari, adaptiv topshiriqlar tizimi hamda real vaqt rejimidagi teskari aloqani o‘zida mujassamlashtirgan kommunikativ-topshiriqli “AI TBLT KIDS” mobil ilovasi ishlab chiqilib, uning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti, didaktik mexanizmlari va qo‘llash algoritmlari takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2024-yillar amalga oshirilgan IL662204405-raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 16-iyun 2026-yildagi 11-25/463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt yordamida topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish texnologiyasidan foydalanish metodikasini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model, uning tarkibiy komponentlari, amalga oshirish bosqichlari hamda samaradorlikni baholash mezonlari loyiha doirasida yaratilayotgan innovatsion ta’lim muhitini takomillashtirishda metodik asos sifatida qo‘llanildi;
sun’iy intellekt texnologiyalari, topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, adaptiv pedagogika va raqamli didaktika tamoyillarining o‘zaro integratsiyasiga asoslangan boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning strukturaviy-funksional metodik tizimi takomillashtirilib, unda motivatsion-maqsadli, diagnostik, mazmuniy, texnologik, kommunikativ-faoliyatli, monitoring-baholash va refleksiv-korreksion komponentlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik mexanizmlari aniqlashtirildi hamda mazkur tizimning o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, mustaqil ta’lim faoliyati va raqamli savodxonligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asoslab berilganligi haqidagi ma’lumotlardan “Samarqand viloyati teleradiokanali”ning “Radiointervyu” eshittirishining navbatdagi soni ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2026-yil 14-apreldagi 01-07/126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini ko‘nikma va malakalarini sun’iy intellekt asosida tayyorlangan topshiriqlar orqali yanada rivojlantirish va ulardan darslarda samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali ochib berilgan xulosalar “Samarqand viloyati teleradiokanali” davlat ta’lim muassasasining ilmiy-ijodiy faoliyatini takomillashtirish, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish va tarbiyalashda hamda asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ma’lum darajada manba bo‘lib xizmat qiladi;
sun’iy intellekt texnologiyalari, topshiriqqa asoslangan kommunikativ o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, adaptiv pedagogika va raqamli didaktika tamoyillarining o‘zaro integratsiyasiga asoslangan boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning strukturaviy-funksional metodik tizimi takomillashtirilib, unda motivatsion-maqsadli, diagnostik, mazmuniy, texnologik, kommunikativ-faoliyatli, monitoring-baholash va refleksiv-korreksion komponentlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik mexanizmlari aniqlashtirildi, hamda mazkur tizimning o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, mustaqil ta’lim faoliyati va raqamli savodxonligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asoslab berilganligi “Contemporary Approach of pedagogical mastery” nomli darsligi nashr etilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat iniversitetining 4-iyun 2026-yildagi 11-sonli qarori). Natijada, mazkur darslikni yaratish jarayonida SI ga asoslangan ta’lim muhitiga mos o‘quv topshirilarini ishlab chiqishga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish