Kendjaeva Zemfira Alimjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va rus tillarida metaforik polisemiyaning yumoristik imkoniyatlari: lingvomadaniy aspekt”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6564.
Ilmiy rahbar: Dalieva Madina Xabibullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akmal Gulyamjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Dosbaeva Nargiza Turgunpulatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz va rus tillarida metaforik polisemiyaning yumoristik salohiyati voqelanishining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash va tavsiflashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
madaniy shartlanganlik darajasi turlicha bo‘lgan polisemantik yumorning leksik-semantik, kontekstual-situativ, grammatik-semantik, madaniy-assotsiativ, pragmatik va metakognitiv mexanizmlari ingliz va rus tillari yumoristik diskursidagi metaforik ko‘chimlarni kompleks tahlil qilish, metaforik polisemiya vositasida komik effekt yaratishning kognitiv va pragmatik usullarini aniqlash orqali dalillangan;
yumorda metaforik polisemiya faollashuvining statistik ahamiyatga ega milliy moyilliklari – ingliz an’anasida leksik-semantik, rus an’anasida esa kontekstual-situativ mexanizmlarning ustunligi hamda bu holatning past kontekstli va yuqori kontekstli lingvomadaniyatlar o‘rtasidagi farqni aks ettirishi yumoristik matnlarni miqdoriy tahlil qilish va lingvomadaniy omillarni tasniflash asosida isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan lingvomadaniyatlarda kulguli effektni yaratishdagi umumbashariy va milliy-madaniy jihatlarning dialektik o‘zaro ta’sirini ifodalovchi, yumoristik diskursda metaforik polisemiya qo‘llanishining qiyosiy-tipologik modellari determinant omillarni (tarixiy tajriba, diniy meros, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, tilning struktur xususiyatlari, dunyoqarash yo‘nalishi) tizimlashtirish orqali asoslangan;
metaforik polisemiyaning ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishdagi qarama-qarshi vektorlari – ingliz madaniyatida markazdan uzoqlashuvchi strategiya (madaniy kapital bo‘yicha farqlanish) va rus madaniyatida markazga intiluvchi strategiya (guruhiy birdamlik orqali birlashish), shuningdek, til o‘yinining milliy-madaniy o‘ziga xos funksiyalari yumoristik diskursdagi metaforik ko‘chimlarni qiyosiy-tipologik va lingvomadaniy tahlil qilish orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy asoslari, amaliy tavsiya va xulosalari amaliyotga joriy etilgan:
madaniy shartlanganlik darajasi turlicha bo‘lgan polisemantik yumorning leksik-semantik, kontekstual-situativ, grammatik-semantik, madaniy-assotsiativ, pragmatik va metakognitiv mexanizmlari ingliz va rus tillari yumoristik diskursidagi metaforik ko‘chimlarni kompleks tahlil qilish, metaforik polisemiya vositasida komik effekt yaratishning kognitiv va pragmatik usullarini aniqlash orqali dalillanganligiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan PF-201912258-sonli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillari) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-sentabrdagi 01/4-4442-son ma’lumotnomasi). Natijada, til va nutq materiallarini yaratish uchun talabalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga va amaliy loyiha doirasida tayyorlangan elektron resurslar hamda bosma darslik uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
yumorda metaforik polisemiya faollashuvining statistik ahamiyatga ega milliy moyilliklari – ingliz an’anasida leksik-semantik, rus an’anasida esa kontekstual-situativ mexanizmlarning ustunligi hamda bu holatning past kontekstli va yuqori kontekstli lingvomadaniyatlar o‘rtasidagi farqni aks ettirishi yumoristik matnlarni miqdoriy tahlil qilish va lingvomadaniy omillarni tasniflash asosida isbotlanganligiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan “Erasmus+ International KA107 Credit mobility Key action 1 – Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” (Germaniya, Gumboldt universiteti) loyihasi doirasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-sentabrdagi 01/4-4422-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif qilingan tavsiya va xulosalar amaliy loyiha yaratishda va uning takomillashishiga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan lingvomadaniyatlarda kulguli effektni yaratishdagi umumbashariy va milliy-madaniy jihatlarning dialektik o‘zaro ta’sirini ifodalovchi, yumoristik diskursda metaforik polisemiya qo‘llanishining qiyosiy-tipologik modellari determinant omillarni (tarixiy tajriba, diniy meros, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, tilning struktur xususiyatlari, dunyoqarash yo‘nalishi) tizimlashtirish orqali asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-2024-yillarda AQSh Davlat departamenti va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan SUZ80021GR3106 “The English Access Microscholarship Program” (“Ingliz tili bo‘yicha mikro stipendiyalar dasturi”) innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 22-sentabrdagi 111-25/54-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan resurslar ta’lim jarayoni mazmunini boyitish imkonini bergan;
metaforik polisemiyaning ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishdagi qarama-qarshi vektorlari – ingliz madaniyatida markazdan uzoqlashuvchi strategiya (madaniy kapital bo‘yicha farqlanish) va rus madaniyatida markazga intiluvchi strategiya (guruhiy birdamlik orqali birlashish), shuningdek, til o‘yinining milliy-madaniy o‘ziga xos funksiyalari yumoristik diskursdagi metaforik ko‘chimlarni qiyosiy-tipologik va lingvomadaniy tahlil qilish orqali aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2019-2022-yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining “Erasmus+ ICM, KA-107 International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects” loyihasining lingvistik yo‘nalishi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 22-sentabrdagi 11-25/49-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan tavsiya va xulosalar amaliy loyihani ishlab chiqish va uni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish