O‘ralov G‘ayrat Anvar o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9876.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdazimov Azizjon Abdusabirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kenjaeva Muxayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari improvizatsiyaga moyillik darajasini nostandart pedagogik vaziyatlarga muvofiqlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv komponentlarining ijtimoiy-pedagogik omillarga bog‘liqligini ta’minlash, tashabbuskorlik elementlarini talabalarning ta’sirchanlik darajasiga mos diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan loyihaviy, muammoli vaziyatlar, startap va innovatsion kasbiy faoliyatlarga integratsiyalash, individual ta’lim traektoriyalarini refleksiv tahlil va raqamli hamkorlik vositalariga implementatsiyalash, innovatsion elementlarni dizayn fikrlash, mentorlik va peer-learning texnologiyalari bilan diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish modeli komponentlarining integrativligini, tashabbusni ilgari surishning strategik maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash, mazmunli texnologik jarayonlarni innovatsion va raqamli muhitga mos loyihalashtirish, instrumental ko‘nikmalarni pedagogik sifatlar (dinamik, kommunikativ)ga mos mezonlarga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish samaradorligi tashabbuskorlikning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarini baholovchi mezon indikatorlarini aniqlashtirish, barqaror rivojlanishni “Ishtirokchi”, “Yo‘naltiruvchi”, “Tashkilotchi” texnologiyalariga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash mexanizmlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari improvizatsiyaga moyillik darajasini nostandart pedagogik vaziyatlarga muvofiqlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv komponentlarining ijtimoiy-pedagogik omillarga bog‘liqligini ta’minlash, tashabbuskorlik elementlarini talabalarning ta’sirchanlik darajasiga mos diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-732-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
Talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan loyihaviy, muammoli vaziyatlar, startap va innovatsion kasbiy faoliyatlarni integratsiyalash, individual ta’lim traektoriyalarini refleksiv tahlil va raqamli hamkorlik vositalariga implementatsiyalash, innovatsion elementlarni dizayn fikrlash, mentorlik va peer-learning texnologiyalari bilan diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-732-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish modelini komponentlarning integrativligini, tashabbusni ilgari surishning strategik maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash, mazmunli texnologik jarayonlarni innovatsion va raqamli muhitga mos loyihalashtirish, instrumental ko‘nikmalarni pedagogik sifatlar (dinamik, kommunikativ)ga mos mezonlarga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-732-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish samaradorligini tashabbuskorlikning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarini baholovchi mezon indikatorlarini aniqlashtirish, barqaror rivojlanishni “Ishtirokchi”, “Yo‘naltiruvchi”, “Tashkilotchi” texnologiyalariga bosqichma-bosqich adaptatsiyalash mexanizmlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-iyuldagi 11/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2025-371U-732-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish samaradorligini aniqlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
.

Yangiliklarga obuna bo‘lish