Kurbanov Muzaffar Abdumutalibovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek kommunikativ madaniyatlarida noverbal vositalarning tipologik va funksional-pragmatik tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fil906.
Ilmiy maslahatchi: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD. 03/2025.27.12.Ped.32.01
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Siddiq Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xursanov Nurislom Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek kommunikativ madaniyatlarida noverbal vositalarni ifoda kanaliga tayangan yaxlit tipologik tasnif va funksional-pragmatik mezonlar asosida chog‘ishtirma tahlil qilish orqali ularning tipologik, semiotik va funksional-pragmatik xossalari, kommunikativ vazifalari va diskursiv xoslanishini ochib berish, shu asosda har ikki madaniyatga xos barqaror lingvomadaniy invariantni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noverbal vositalarning verbal vositalar bilan munosabati substitutiv, komplementar, intensifikativ, mitigativ, kontrastiv, metapragmatik va interaktiv-regulyativ vazifalar kesimida tizimlashtirilib, noverbal signal nutqiy aktning illokutiv ta’sirini qayta yo‘naltirishi, perlokusiyani kuchaytirishi yoki susaytirishi, baholovchi modallikni aniqlashtirishi va yashirin pragmatik mazmunni yuzaga chiqarishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek noverbal vositalarining ifoda kanaliga tayangan (kinesik, mimik, okulesik, gaptik, proksemik, paralingvistik, xronemik, vizual-grafik va raqamli belgilar) yagona tipologik tasnifi ishlab chiqilib, funksional-pragmatik, nutq bilan munosabat, semiotik va madaniy-lingvomadaniy sathlar bilan birgalikda tipologik jihatdan farqli kommunikativ madaniyat materialini taqqoslashda samarali mezon bo‘la olishi isbotlangan;
paralingvistik vositalarning 4 funksional guruh (affektiv-ekspressiv, illokutiv-modulyativ, regulyativ-diskursiv va maqomga oid-madaniy) doirasidagi tipologik tavsifi va lingvostatistik tahlili orqali – bunda kulgi, yig‘i, xo‘rsinish, yo‘tal, nafas chiqarish singari vokal-fiziologik birliklar fonatsion shakl (manba turi) sifatida ajratilib, kontekstiga ko‘ra ana shu 4 guruhdan biriga kiritilgan – o‘zbek muloqoti tizimida affektiv-ekspressiv yo‘nalishning, ingliz tizimida esa maqomga oid-madaniy yo‘nalishning ustuvorligi aniqlangan;
noverbal vositalarning ingliz va o‘zbek badiiy diskursdagi ekspressiv-stilistik salohiyati, institutsional diskursdagi kommunikativ-semiotik imkoniyatlari va internet muloqotining noverbal tabiati tavsiflanib, semiotik delegatsiya, funksional ko‘chuvchanlik, jamoaviy o‘ziga xoslik va madaniy qayta semantizatsiya tamoyillari asoslangan;
ingliz va o‘zbek badiiy, institutsional, internet diskurslari chog‘ishtirma tahlili orqali noverbal muloqotning barcha muhitlarda saqlanuvchi mushtarak funksional yadrosi (affektiv-ekspressiv, regulyativ-interaktiv, mavqega oid- legitimativ, ramkalovchi-podtekstual) hamda ingliz qutbida individuallik, shaxsiy hudud, protsedur aniqlik va kinoyaviy masofa, o‘zbek qutbida esa jamoaviylik, ehtirom, ritual-munosabat tartibi va muomala nazokati shaklidagi barqaror lingvomadaniy invariantlari aniqlanib, madaniyatlararo ekvivalentlik tashqi shakldan tashqari bajariladigan vazifa va pragmatik ta’sirda ham namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ingliz va o‘zbek badiiy, institutsional va internet diskurslari chog‘ishtirma tahlili orqali noverbal muloqotning barcha muhitlarda saqlanuvchi mushtarak funksional yadrosi, ingliz muloqotida individuallik, shaxsiy hudud, protsedur aniqlik va kinoyaviy masofa; o‘zbek muloqotida esa jamoaviylik, ehtirom, ritual-munosabat tartibi va muomala nazokati shaklidagi barqaror lingvomadaniy invariantiga doir materiallar va natijalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2026-yil 26-iyundagi 04-2756-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashda madaniyatlararo ekvivalentlik shakli, bajariladigan vazifa va pragmatik ta’sirda namoyon bo‘lishiga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
noverbal vositalarning ingliz va o‘zbek badiiy diskursdagi ekspressiv-stilistik salohiyati, institutsional diskursdagi kommunikativ-semiotik imkoniyatlari va internet muloqotining noverbal tabiati tavsiflanib, semiotik delegatsiya, funksional ko‘chuvchanlik, jamoaviy o‘ziga xoslik va madaniy qayta semantizatsiya tamoyillariga oid ilmiy natijalari va materiallaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan hamda AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80021GR3106-raqamli “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasini amalga oshirishda va o‘quv jarayonida tadbiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 26-iyundagi 11-25/539-son ma’lumotnomasi). Natijada noverbal vositalar badiiy, institutsional va internet diskursiga oid zamonaviy nazariy qarashlar bilan boyitilib, xalqaro akademik hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
paralingvistik vositalarning funksional guruhlari doirasidagi tipologik tavsifi va lingvostatistik tahlili orqali o‘zbek va ingliz muloqoti tizimiga oid olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-raqamli “Komparativistika” elektron platformasini yaratish ilmiy loyihasini amalga oshirishda va tadbiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 26-iyundagi 11-25/540-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek muloqoti tizimida affektiv-ekspressiv yo‘nalishning, ingliz tizimida esa maqomga oid-madaniy yo‘nalishning ustuvorligiga oid ilmiy tavsiyalar keng jamoatchilikka etkazilib, aholining kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek noverbal vositalarining ifoda kanaliga tayangan (kinesik, mimik, okulesik, gaptik, proksemik, paralingvistik, xronemik, vizual-grafik va raqamli belgilar) yagona tipologik tasnifi ishlab chiqilib, funksional-pragmatik, nutq bilan munosabat, semiotik va madaniy-lingvomadaniy sathlar bilan birgalikda tipologik jihatdan farqli kommunikativ madaniyat materiallarini taqqoslashda olingan samarali ilmiy xulosalaridan Angliyaning Lids universiteti tomonidan 2025-2026-yillarda bajarilgan F76A0D48-7225-481B-B0B6-3B7733587795-raqamli “Accelerating English Language Learning in Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Lids universitetining 2026-yil 12-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida kommunikativ madaniyatni rivojlantirish, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xorijiy tillar va nutqni korreksiyalash jarayonlari bilan bog‘liq faoliyat samaradorligini oshirishga erishilgan;
noverbal vositalarning verbal nutq bilan munosabati substitutiv, komplementar, intensiv, kontrastiv, metapragmatik va interaktiv-regulyativ vazifalar kesimida tizimlashtirilib, noverbal signal belgilar nutqiy aktning illokutiv ta’sirini qayta yo‘naltirishi, perlokusiyani kuchaytirishi yoki susaytirishi, baholovchi modallikni aniqlashtirishi hamda yashirin pragmatik mazmunni yuzaga chiqarishi bilan bog‘liq ilmiy ishi natijalaridan Isroilning Saxin instituti tomonidan 2025-2026-yillarda bajarilgan 2025 14978 SCTE -raqamli “Artificial Intelligence (AI) as a Tool for Processing and Designing Personal Narratives and Media Images to Strengthen Cultural Diplomacy Skills and Promote Social and Multicultural Relations” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Saxin institutining 2026-yil 26-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilgan seminar-treninglar va ilmiy uchrashuvlar mazmuni noverbal muloqotga oid zamonaviy nazariy qarashlar bilan boyitilib, xalqaro akademik hamkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.