Sultonov Shuxrat Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanishning tabiiy geografik xususiyatlari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Gr442.
Ilmiy rahbar: Nazarov Maqsudjon Geldiyorovich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Janibekov Bobur Omonovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanishning tabiiy geografik xususiyatlarini ilmiy jihatdan majmuali tavsiflash, ularning shakllanish sharoitlari va hududiy joylanish qonuniyatlarini aniqlash, mavjud resurslardan oqilona va barqaror foydalanish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati tog‘li qismining (Hisor tizmasi, Zarafshon tizmasining janubiy tarmoqlari) bo‘yicha foydali qazilma konlari joylashuvining geologik tuzilma, geomorfologik shakllar va litologik qatlamlar bilan aloqadorligi baholangan;
Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanish jarayonida tabiiy landshaftlar degradatsiyasining geosistemali baholash metodikasiga asoslanib, landshaft komponentlari (tuproq, o‘simlik qoplami, gidrologik tarmoq)ning buzilish darajasi ko‘p ko‘rsatkichli integrallashgan indeks bo‘yicha aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati foydali qazilmalari tarqalishining tabiiy geografik jihatlari asoslangan va geologik tuzilma, morfostrukturaviy birliklar, balandlik mintaqalari va litologik qatlamlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida 1:15000000 masshtabli Qashqadaryo viloyati landshaftlari kartasi yaratilgan;
tog‘li hududlarda foydali qazilmalardan foydalanishning barqaror tabiiy geografik boshqaruv konsepsiyasi asosida konlarni qazib olish jarayonida rekultivatsiya va landshaftni tiklash bo‘yicha tog‘li sharoitga moslashtirilgan geotexnik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanishning tabiiy geografik xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlaridagi foydali qazilma konlarining tabiiy geografik differensiallashuvi va geologik-morfostrukturaviy zonalligining kompleks tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 13-oktabrdagi 08-3659-sonli ma’lumotnoma). Natijada, viloyat tog‘li qismi (Hisor tizmasi, Zarafshon tizmasining janubiy tarmoqlari) bo‘yicha foydali qazilma konlari joylashuvining geologik tuzilma, geomorfologik shakllar va litologik qatlamlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanish jarayonida tabiiy landshaftlar degradatsiyasining geosistemali baholash metodikasidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 13-oktabrdagi 08-3659-sonli ma’lumotnoma). Natijada, qazib olish ishlari ta’sirini hududiy differensial va balandlik mintaqalari bo‘yicha miqdoriy baholash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati foydali qazilmalari tarqalishining tabiiy geografik jihatdan asoslangan va geologik tuzilma, morfostrukturaviy birliklar, balandlik mintaqalari va litologik qatlamlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan kartasidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 13-oktabrdagi 08-3659-sonli ma’lumotnoma). Natijada viloyat hududida mavjud bo‘lgan foydali qazilma konlari va ularning sanoat ahamiyatiga ega zaxiralarini hududiy differensiallashgan holda aniqlash imkonini bergan;
viloyat tog‘li hududlarida foydali qazilmalardan foydalanishning ishlab chiqilgan barqaror tabiiy geografik boshqaruv konsepsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 13-oktabrdagi 08-3659-sonli ma’lumotnoma). Natijada, foydali qazilmalardan foydalanishning balandlik mintaqalari bo‘yicha optimal yuklama me’yorlarini belgilash va uzoq muddatli ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishga erishilgan.