Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Takroriy ekish muddatida pekin karamining serhosil navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqish», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx282.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuhrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Hoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Murtazaev Qobiljon Abduqodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning markaziy iqlim sharoitida takroriy ekish muddatlarida pekin karamining serhosil nav va duragaylarini tanlash, eng qulay ekish muddatlari va maqbul oziqlanish maydonini hamda ko‘chat qalinligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning markaziy iqlim sharoitida takroriy muddatlarda pekin karamining 10 ta nav va duragaylarining morfo-biologik hamda xo‘jalik belgilari aniqlangan;
pekin karamini takroriy ekish muddatlarida etishtirishda o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish bosqichlari yuqori bo‘lgan havo haroratlar va nisbiy namligi kam bo‘lgan sharoitlarda o‘tishi aniqlangan;
sinalgan duragaylari o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi bo‘yicha navlardan ustunligi isbotlangan;
pekin karamini takroriy muddatlarda ekishning eng optimal muddatlari aniqlangan;
takroriy muddatlarda o‘simliklarning oziqlanish maydoni va ko‘chat qalinligi bilan hosildorlik o‘rtasidagi korrelyasiya bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takroriy ekish muddatlarida pekin karamining etishtirish texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Takroriy ekin sifatida pekin karamini etishtirish bo‘yicha tavsiyanomasi» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida pekin karamini etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
tanlab olingan pekin karamining serhosil Bokal navi va Seo Jin F1, Jang Won F1, Monoko F1, duragaylari Toshkent viloyati Qibray tumani «Zafarobod agro produkt», «Xurshid Naima agro», «Qibray Salar Fayz» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda jami 2,15 gektar va Andijon viloyati Marhamat tumani «Sifat agro servis» MChJda, «Miroj» fermer xo‘jaliklarida jami 0,32 gektar hamda Samarqand viloyati Urgut tumani «Karimov Rahmon diyori» fermer xo‘jaligida 0,14 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligi pekin karamidan gektaridan Seo Jin F1, Jang Won F1, Monoko F1, duragaylaridan va Bokal navidan 54,2–94,0 tonna hosil olingan, qo‘shimcha hosildorlik o‘rtacha 0,2–10,3 tonnani tashkil etib, rentabellik 8 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
pekin karamining ishlab chiqilgan eng qulay ekish muddatlari Toshkent viloyati Qibray tumani «Xurshid Naima agro», «Qibray Salar Fayz» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 1,8 gektar va Andijon viloyati Marhamat tumanida “Sifat agro servis» MChJda va «Miroj» fermer xo‘jaliklarida jami 0,26 gektar hamda Samarqand viloyati Urgut tumani «Karimov Rahmon diyori» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida jami 0,13 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligi pekin karamini eng qulay ekish 20 avgust, 1 sentyabr` muddatlarida esa o‘rtacha hosildorlik 31,6 t/ga olindi, qo‘shimcha hosildorlik o‘rtacha 0,3–7,4 t/ga, rentabellik esa 11 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
pekin karamining eng maqbul ekish oraligi 70×40 sm, 70×45 sm va oziqlanish maydoni bo‘yicha ishlanma Toshkent viloyatining Qibray tumani «Zafarobod agro produkt», «Temir qadam Nosirov Abdiraym» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 1,35 gektar, va Andijon viloyatining Marxamat tumanida «Sifat agro servis» MChJda va «Miroj» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 0,33 gektar hamda Samarqand viloyati Urgut tumani «Karimov Rahmon diyori» sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida 0,22 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-39-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligi pekin karamini takroriy muddatda eng qulay ekish sxemalar (70×40 sm, 70×45 sm) joriy qilinganda gektaridan 28,4–37,3 tonna hosil olingan, qo‘shimcha hosildorlik o‘rtacha 1,9–8,1 tonnani tashkil etgan va rentabellik 13 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan.