Paxratdinov Ajiniyaz Quralbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Qoraqalpoqlarda sun’iy qarindoshlik”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1857.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Davletiyarov Madatbay Maxsetbaevich, tarix fanlari doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, professor.
Akimniyazova Gulnaz Abdinayimovna, tarix fanlari nomzodi (PhD).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoqlardagi sun’iy qarindoshlikning shakllanishini, uning turlarini va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoqlarda kindik sheshe institutining transformatsiyasi natijasida uning tug‘ruq jarayoni bilan bog‘liq majburiy marosimlar majmuasini bajarishga asoslangan arxaik an’anaviy roli amalda yo‘qolgani aniqlandi. Tug‘ruqlarning tibbiyot muassasalarida amalga oshirilishi natijasida kindik sheshening an’anaviy funksiyalari tibbiyot xodimlariga o‘tgan bo‘lib, zamonaviy amaliyotda tug‘ruqni qabul qilgan doya yoki shifokor ramziy ravishda kindik sheshe sifatida e’tirof etilishi aniqlandi;
«Kindik sheshe» va «murındıq ene» institutlarining zamonaviy transformatsiyasi qiyosiy tahlil qilinib, kindik sheshening an’anaviy funksiyalari deyarli yo‘qolgan bir sharoitda, murındıq ata-ene institutining funksional barqarorligi saqlanib qolayotgani aniqlangan. Xususan, uning faoliyati to‘y marosimlari doirasida mujassamlashib, marosimiy-boshqaruvchilik funksiyalari, jumladan, «may sók» udum taomini tayyorlash va tarqatishdagi ishtiroki zamonaviy sharoitda ham davom etayotgani asoslangan;
Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlarida kechayotgan faol millatlararo etnomadaniy ta’sir natijasida mahalliy o‘zbeklarning oilaviy marosimlari tizimida “burunduq ota-ona” instituti shakllangani aniqlandi. Qoraqalpoqlarda tarixan qaror topgan mazkur institutdan farqli ravishda, o‘zbeklar orasida uning so‘nggi o‘n yilliklarda qoraqalpoq marosim an’analarining ta’siri ostida o‘zlashtirilgani va mahalliy marosimlar tizimiga kirib borgani asoslandi;
qoraqalpoqlarda “sút ona” deb nomlangan sun’iy qarindoshlik shakli mavjud bo‘lganligi isbotlangan. Bunda bola bilan qon-qarindosh bo‘lmagan ayol uni emizgan. Natijada vujudga kelgan sut qarindoshligi odat huquqida mustahkamlanib, sut qarindoshlari o‘rtasidagi nikohni taqiqlagan va oilalar o‘rtasida qarindoshlik aloqalarini o‘rnatgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, unda sun’iy qarindoshlik haqidagi ilmiy qarashlar nazariy jihatdan rivojlantirilgan va kelajakda bu yo‘nalishdagi izlanishlar uchun muhim manba vazifasini bajaradi, shuningdek, erishilgan natija va xulosalar qoraqalpoqlarning tarixi va etnografiyasiga oid monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yozishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati ishning natijalari va umumlashtirilgan xulosalaridan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qarindoshlik bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari: Dissertatsiyada qo‘llanilgan usullar ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanganligi, nazariy ma’lumotlarning ishonchli ilmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlil va chiqarilgan xulosalar tavsif, bayon, komponent tahlil usullariga asoslanganligi, berilgan fikr va tavsiyalarning amaliyotda keng qo‘llanilganligi, olingan natijalarning tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpoqlardagi sun’iy qarindoshlikni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sun’iy qarindoshlik institutining xususiyatlari va ahamiyatini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yilda amalga oshirilgan “Qoraqalpoqlarning an’anaviy oilaviy marosimlarining transformatsiyasi va ularning hozirgi zamon sharoitiga moslashuvi” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2026-yil 15 maydagi 210/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoqlardagi sun’iy qarindoshlikning etnografik asosda yoritilishiga erishilgan;
Kindik sheshe bilan bog‘liq an’analarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini yoritish bilan bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Jayhun jaǵasında” (“Jayhun bo‘yida”) teleko‘rsatuvi va Qayırlı tań (“Xayrli tong”), “Ruwxıylıq bostanı” (“Ma’naviyat bo‘stoni”), “Meros” (“Miyras”) radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 05-22/795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kindik sheshe bilan bog‘liq ma’lumotlar va materiallarning keng jamoatchilikka tanishtirilishi orqali teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyati oshishiga erishilgan.
Murındıq ata-enening yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bilan bog‘liq materiallar O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limida (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2026-yil 2-martdagi 01-13/27-sonli ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2026-yil 30-yanvardagi 04-02/135-sonli ma’lumotnomasi) targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida foydalanildi. Natijada, murındıq ata-enening yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilishiga erishilgan.