Yaxshieva Kibriyo Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston koni og‘ir bitumsimon neftini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6648.
Ilmiy rahbar: Karimov Shavkat Avduvositovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Oybek Yulibaevich, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Orifjon Sharipovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir neftni mahalliy suyultiruvchilar yordamida engillashtirish, uning fizik-kimyoviy va strukturaviy xossalarini yaxshilash hamda optimal tarkibli yangi neft aralashmalarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekiston konidan olingan kern namunalarining Retort–Fisher usulida termik parchalanish xususiyatlari aniqlanib, ularning tarkibida pirogenetik eritma miqdori 0,30–0,50%, slanets moyi 3,98–9,95%, koks 88,18–93,08% va gaz fazasi 1,01–2,43% oralig‘ida shakllanishi asoslangan hamda namunalar orasida 4-namunaning slanets moyi chiqimi 9,95% bo‘lib, uglevodorodli qismni olish nuqtai nazaridan eng yuqori natija qayd etilgani aniqlangan;
engler va vakuum haydash natijasida 330 °C gacha 1-ON dan 13%, 2-ON dan 29% fraksiya, 360°C da esa mos ravishda 16,44 va 18,69% vakuum gazoyl olinishi hamda gudron chiqimi 65,52–68,24% ni tashkil etishi asosida ushbu og‘ir neftlarni chuqur qayta ishlash uchun istiqbolli xom ashyo sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy asoslangan;
og‘ir neftni qayta ishlashga tayyorlashda turli erituvchi va suyultiruvchilarning asfaltenlarni cho‘ktirishga ta’siri aniqlanib, piroliz distillyati va gazokondensatning suyultiruvchi sifatidagi samaradorligi ilmiy asoslangan hamda og‘ir neftning fizik-kimyoviy va kolloid barqarorlik xususiyatlarini hisobga olgan holda 70% og‘ir neft va 30% piroliz distillyatidan tashkil topgan yangi neft aralashmasining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan YNA-2 aralashmasining xususyatlari kompleks tahlil qilganda: zichligi 810 kg/m³, 80 °C dagi shartli qovushqoqligi 78 s, oltingugurt miqdori 1,4%, kokslanuvchanlik 1,5%, xlorli tuzlar miqdori 12,8 mg/l, suv miqdori 0,02% va qotish harorati +5°C gacha kamayishi aniqlanib, og‘ir neftni tashish va qayta ishlashga tayyorlash samaradorligi oshgani aniqlangan;
YNA-2 aralashmasining fraksion tarkibini aniqlaganda 250°C gacha haydaladigan fraksiyalar miqdori boshlang‘ich og‘ir neftdagi 5,2% dan 30,6% gacha, 330°C gacha bo‘lgan distillyat chiqimi 29% dan 58% gacha oshib, 330°C dan yuqori qoldiq miqdori 71% dan 17,6% gacha kamayishi aniqlangan;
o‘tkazilgan kompleks tahlillar asosida 70% og‘ir neft va 30% piroliz distilyatidan iborat yangi neft aralashmasini olish va uni qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston koni og‘ir bitumsimon neftini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy og‘ir neft va piroliz distilyati asosida Yangi O‘zbekiston koni og‘ir bitumsimon neftni qayta tayyorlash texnologiyasi “Buxoro prosper invest” MChJning “2027-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2026 yil 12 iyundagi 15/121 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oltingugurt miqdori 8,3% dan 1,4% gacha pasayishi, koks hosil bo‘lish ko‘rsatkichi 21,34% dan 1,5% ga tushishi, shartli qovushqoqlik ko‘rsatkichi 509 s dan 78 s gacha kamayshi, qotish harorati +47 °C dan +5 °C gacha pasayish imkonini beradi;
ikkilamchi xom ashyolar asosida olingan suyultiruvchilar yordamida og‘ir neftni qayta ishlash texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2027-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2026 yil 12 iyundagi 15/121 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir neftning qovushqoqligini kamaytirish, transportirovka jarayonini engillashtirish hamda qayta ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi.