Mansurova Shabnam Mirzohid qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): "Tebinbuloq rudalari asosida koagulyant olishning fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasi", 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6663.
Ilmiy rahbar: Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raqulov Behzod Begmatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tebinbuloq koni temir tarkibli rudalari asosida kogulyant olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularning sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonidagi adsorbsion xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan Tebinbuloq koni temir rudalari 3 va 5 metr chuqurlikdagi qatlamlaridan olingan namunalarining mineralogik va fizik-kimyoviy tarkiblari tahlil qilinib, asosiy temir saqlovchi fazalar gematit (Fe₂O₃), magnetit (Fe₃O₄) hamda aralash oksid minerallardan iboratligi hamda ruda tarkibida SiO₂, Al₂O₃, CaO, titan va vanadiy, marganes birikmalari kabi qo‘shimcha komponentlar mavjud ekanligi aniqlangan;
Tebinbuloq temir rudalarini xlorid kislota bilan parchalash orqali FeCl3 olish jarayonining optimal texnologik parametrlari: ruda zarrachalari o‘lchami 0,25mm, xlorid kislota konsentratsiyasi 32%, qattiq va suyuq fazalar nisbati 1:2, harorat 25-35℃, aralashtirish tezligi 200 ayl/daq. va jarayon davomiyligi 120 daqiqa etib o‘rnatilgan;
koagulyantning reologik xossalari kompleks ravishda o‘rganilib, optimal texnologik sharoitlarda uning qovushqoqlik koeffitsienti 1,88 mPa∙s, zichligi 1,44 g/sm3 ni tashkil etishi aniqlangan;
olingan FeCl3 koagulyantining sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalash jarayonining samaradorligi 60 % dan 75 % gacha ekanligi aniqlangan;
Tebinbuloq koni temir rudalarini xlorid kislota eritmasida erishi orqali temir (III) xlorid koagulyanti olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va mazkur texnologiyaga asosan 28,49 % tarkibiga ega bo‘lgan koagulyant ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tebinbuloq koni temir tarkibli rudalari asosida koagulyantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida temir tutgan Tebinbuloq rudalarini xlorid kislotali qayta ishlash orqali FeCl3 koagulyantini olish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning Markaziy ilmiy-tadqiqotlar laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2026-yil 7-apreldagi 02-15-02/3493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 25,6% Fe2O3 saqlagan mahalliy Tebinbuloq temir rudasini 32% li xlorid kislota eritmasida parchalash orqali (eritish vaqti 120 daqiqa, aralashtirish tezligi 200 ayl/daq.) olingan FeCl3 koagulyantining konsentratsiyasini 28,49% gacha oshirish imkonini bergan;
mahalliy Tebinbuloq rudasidan olingan FeCl3 koagulyan yordamida sanoat chiqindi va oqova suvlari tarkibini og‘ir metall ionlaridan tozalash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2026-yil 7-apreldagi 02-15-02/3493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, koagulyasiya jarayonida Cu (II), Pb (II) va As (III) kabi og‘ir metall gidroksidlarini cho‘ktirishi sababli oqova suv tarkibidagi og‘ir metall ionlari 60% dan 75% gacha kamaytirish hamda ishlab chiqarishda suv sarfi qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish