Baxodirov Baxrom Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning konseptual
va institutsional asoslari ratsionallashuvi”.
Ixtisoslik shifri: 23.00.01 - Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss352
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jo‘rabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Baxtiyor Yakubov Sultonnazirovich siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent;
Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda shaxs-jamiyat-davlat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sifatida ijtimoiy siyosatning konseptual va institutsional asoslarini ratsionallashuviga qaratilgan ilmiy nazariyalar va yondashuvlar mazmuni hamda amaliyotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy siyosatning ratsionallashuvi siyosiy hokimiyat, siyosiy tartibot, institutsional rivojlanish va aksiologik qadriyatlar uyg‘unligi natijasida shakllanuvchi siyosiy hodisa sifatida nazariy konseptuallashtirilib, uning tarixiy-konseptual evolyusiyasi asosida ijtimoiy siyosatning ratsional-ijtimoiy adolat, davlat mas’uliyati va inson ehtiyojlari kabi rivojlanish tamoyillari va metodologik indikatorlari ochib berilgan;
davlatning fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor o‘rtasidagi ko‘p subektli hamkorlik darajasi ijtimoiy siyosatning institutsional barqarorligi
va legitimligini ta’minlovchi siyosiy tizim sifatida asoslantirilib, uning ijtimoiy manfaatlarni agregatsiyalash, resurslarni safarbar etish va ijtimoiy boshqaruv samaradorligini oshirishdagi nazariy funksiyalari aniqlangan;
Sharq va G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy siyosat modellarining qiyosiy tahlili asosida liberal va solidar modellar o‘rtasidagi konseptual hamda funksional farqlar aniqlanib, global ijtimoiy siyosatni shakllantirishda xalqaro tashkilotlar, transmilliy institutlar va rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi ko‘p darajali boshqaruv mexanizmlari asosida O‘zbekistonning milliy rivojlanish xususiyatlariga mos gibrid ijtimoiy siyosat modelining nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilgan.
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ratsionallashuv jarayonlari siyosiy modernizatsiya konsepsiyasi doirasida nazariy jihatdan davrlashtirilib, 1991-2016-yillar va 2016-yildan keyingi rivojlanish bosqichlarining siyosiy-institutsional transformatsiya xususiyatlari hamda ularni differensiallashtiruvchi siyosiy, huquqiy, madaniy mezonlari ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
ijtimoiy siyosatning ratsionallashuvi siyosiy hokimiyat, siyosiy tartibot, institutsional rivojlanish va aksiologik qadriyatlar uyg‘unligida shakllanuvchi siyosiy hodisa sifatida nazariy konseptuallashtirilib, tarixiy-konseptual evolyusiyasi asosida ijtimoiy siyosatning ratsional ijtimoiy adolat, davlat mas’uliyati va inson ehtiyojlari kabi rivojlanish tamoyillari va metodologik indikatorlari ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilgi chora-tadbirlar dasturi “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” nomli 3-yo‘nalishining ustuvor vazifalari, dasturiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 10-dekabrdagi 03/01/19-1786-son dalolatnomasi). Natijada, fuqarolarning davlat fuqarolik xizmatchilariga ishonch darajasini oshirish, xizmatchi kadrlarda siyosiy mas’uliyat va yuksak madaniyatni shakllantirish hamda xalq birdamligini targ‘ib etishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor o‘rtasidagi ko‘p subektli hamkorlik darajasi ijtimoiy siyosatning institutsional barqarorligi va legitimligini ta’minlovchi siyosiy tizim sifatida asoslantirilib, ijtimoiy manfaatlarni agregatsiyalash, resurslarni safarbar etish va ijtimoiy boshqaruv samaradorligini oshirishdagi nazariy funksiyalari aniqlanganligiga doir ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan kompleks dasturlarining 2.1-bandida belgilangan aholi farovonligini ta’minlash va hududlardagi kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik va davlat organlari o‘rtasidagi tayanch ko‘prikka aylantirish amaliyotini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2024-yil 20-dekabrdagi 02-02-1465-son dalolatnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati institutlarining jamiayatdagi funksional vakolatlarini aniq belgilash, ularning davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy hamkorligini rivojlantirish va jamoatchilik konsensusiga oid munosabatlarni tartibga solishning me’yoriy asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy siyosat modellarining qiyosiy tahlili asosida liberal va solidar modellar o‘rtasidagi konseptual hamda funksional farqlar aniqlanib, global ijtimoiy siyosatni shakllantirishda xalqaro tashkilotlar, transmilliy institutlar va rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi boshqaruv mexanizmlari asosida O‘zbekistonning milliy rivojlanish xususiyatlariga mos gibrid ijtimoiy siyosat modelining nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasining 46, 74, 78-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 4-dekabrdagi 3-16-21-6421-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan samarali ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda siyosiy institutlar faoliyatini yoshlar auditoriyasi bilan kengaytrishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ratsionallashuv jarayonlari siyosiy modernizatsiya konsepsiyasi doirasida nazariy jihatdan davrlashtirilib, 1991-2016-yillar va 2016-yildan keyingi rivojlanish bosqichlarining siyosiy-institutsional transformatsiya xususiyatlari hamda ularni differensiallashtiruvchi siyosiy, huquqiy, madaniy mezonlari ilmiy asoslab berilganligiga doir ilmiy xulosalardan “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gazetasi 2024-yil 12-dekabrdagi 190-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda demokratik institutlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini baholashga qaratilgan indikatorlarni ishlab chiqish hamda fuqarolar legitimligini shakllantirishga qaratilgan muloqot maydonini takomillashtirishga xizmat qilgan.