Xatamov Asror Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Adir sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining bio-mahsuldorlik xususiyatlari», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx173.
Ilmiy rahbar: Boboqulov Nasillo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti  va Samarqand veterinariya medisinasi instituti, PhD.30.08.2018.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ro‘zimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Eshmatov Izzatillo Yangiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi ekologik sharoitda turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida ularning mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi ekologik hudud hisoblangan adir sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining etologik, konstitusional, o‘sish va rivojlanish kabi biologik xususiyatlari aniqlangan;
turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining barra teri xususiyatlarini yangi urchitish hududi sharoitida o‘rganish asosida ularning irsiy imkoniyatlaridan oqilona foydalanish yo‘llari aniqlangan.
turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida ular mahsuldorligini oshirish yo‘llari ishlab chiqilgan;
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining konstitusional va etologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adir sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining biologik hamda mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borgan tadqiqot natijalari asosida:
yangi urchitish sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qo‘ylarida biologik va mahsuldorlik xususiyatlarining yuqori darajada namoyon bo‘lishini ta’minlovchi seleksiyalash usullari Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/17-377-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qoraqalpoq sur qorako‘l terilarini etishtirishdan etologik tiplar bo‘yicha sof foyda 20360,7–21679,0 so‘mni, rentabellik darajasi esa 85,5–92,7 foizni tashkil etgan;
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining etologiyasini hisobga olgan holda ularning go‘sht mahsuldorligini oshirish texnologiyasi Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJda joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/17-377-son ma’lumotnomasi). Natijada  etologik tiplar miqiyosida bir bosh qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini urchitishdan sof foyda 217160–258720 so‘mni, rentabellik darajasi 68,5–78,5 foizni tashkil etgan;  
qo‘ylarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini, qo‘chqorlarning nasl sifatini hamda ulardan olinadigan avlodlar sifatini oshirish maqsadida qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash  va ularning biologik hamda mahsuldolik xususiyatlarini takomillashtirish usullari Nurota tumani «Istiqlol qorako‘l naslchilik» MChJda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 02/17-377-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha etologik tipdagi 1 bosh qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini urchitishdan o‘rtacha sof foyda 25576 so‘mni, rentabellik darajasi 89,1 foizni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish