Djabborov Sherzod Raximberdievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospetsifik yarali kolitning asoratlari yuzaga kelganda jarrohlik taktikasini tanlash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tib1521.
Ilmiy maslahatchi: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulug‘bek Axrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Hakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Tagisoy Elman Kulu o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi:
Xavfni tabaqalashtirish, salbiy oqibatlarni bashorat qilish va anastomoz etishmovchiligini erta bashorat qilishga asoslangan tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasini ishlab chiqish va asoslash orqali nospetsifik yarali kolitning asoratlangan shakllari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rezervuar anastomozi tutib qololmasligini erta bashorat qilish usuli 3-sutkada drenaj suyuqligi amilazasi (AUC 0,918; kesish nuqtasi 1050 Birlik/l) va 5-sutkada S-reaktiv oqsilni klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin tanib olish aniqligi 0,947 bo‘lgan kombinatsiyalashgan modelga birlashishi ishlab chiqilgan;
asoratlangan yarali kolitda operatsiyadan keyingi asoratlar, erta kolektomiya va anastomoz tutib qololmasligi yagona nutritiv-yallig‘lanish o‘qi — gipoalbuminemiya, S-reaktiv oqsil, sarkopeniya va steroidorezistentlik bilan belgilanishi isbotlangan;
plazmaferezning operatsiyagacha xirurgik saralash vositasi sifatidagi roli steroid-bog‘liq va steroid-rezistent shakllarga ega bemorlarni terapiyaga javob 78,6% bo‘lganda konservativ (35,7%), rejali (45,2%) va shoshilinch (19,1%) marshrutlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi asoslangan;
xirurgik xavfni stratifikatsiyalash tizimi takomillashtirilgan: operatsiya hajmi va bosqichliligini obektiv tanlashni ta’minlovchi ball shkalasi (AUC 0,842) va mashina o‘rganishi modeli (testda AUC 0,854 va mustaqil markazda validatsiyada 0,832) ishlab chiqilgan;
tutib qololmaslikni profilaktika qilish va rezervuarni saqlash strategiyasi takomillashtirilgan: tutib qololmaslikning ajratuvchi ileostomada (19,2% dan 7,1% gacha) va rezervuarni kechiktirilgan shakllantirishda (15,6% dan 5,4% gacha) kamayishi rezervuarni bemorlarning 77,8% ida saqlash va rezervuar yashovchanligi 24 oyga 90,0% bo‘lganda asoslangan;
differentsiallashgan xirurgik taktika kontsepsiyasi umumqabul qilinganga nisbatan asoratlar chastotasining 20,1 foiz bandga, anastomoz tutib qololmasligining 3,2 marta va nogironlikning 16,4 foiz bandga kamayishini ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospetsifik yarali kolitning asoratlangan shakllarida jarrohlik taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Rezervuar anastomozi tutib qololmasligini erta bashorat qilish usuli 3-sutkada drenaj suyuqligi amilazasi (AUC 0,918; kesish nuqtasi 1050 Birlik/l) va 5-sutkada S-reaktiv oqsilni klinik belgilar paydo bo‘lishidan oldin tanib olish aniqligi 0,947 bo‘lgan kombinatsiyalashgan modelga birlashishi ishlab chiqilgan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy va tizimli belgilarni birlashtirgan kombinatsiyalangan model anastomoz etishmovchiligini yuqori aniqlik bilan erta bashorat qilib, rezervuarni saqlab qolish uchun o‘z vaqtida aralashuv o‘tkazish imkonini beradi; bu esa rezervuarni yo‘qotish va doimiy stoma shakllanishi xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratni klinik namoyon bo‘lishidan oldin aniqlash kechikkan aralashuvlar, rezervuarni olib tashlash va takroriy rekonstruksiya xarajatlarini har bir bemor hisobiga o‘rtacha 5 000 000–8 000 000 so‘mga qisqartiradi. Xulosa: kombinatsiyalangan prognostik modelni joriy etish anastomoz etishmovchiligini erta tashxislash aniqligini oshirdi va rezervuarni saqlab qolish imkoniyatini kengaytirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: asoratlangan yarali kolitda operatsiyadan keyingi asoratlar, erta kolektomiya va anastomoz tutib qololmasligi yagona nutritiv-yallig‘lanish o‘qi — gipoalbuminemiya, S-reaktiv oqsil, sarkopeniya va steroidorezistentlik bilan belgilanishi isbotlangan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: salbiy oqibatning yagona ozuqaviy-yallig‘lanish o‘qini aniqlash operatsiyadan oldingi nutritiv va yallig‘lanishga qarshi tayyorgarlikni maqsadli o‘tkazish imkonini beradi; bu esa bemorning operatsiyaga tayyorligini oshiradi va operatsiyadan keyingi tiklanishni tezlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: modifikatsiyalanuvchi xavf omillarini operatsiyagacha tuzatish asoratlar chastotasini va ular bilan bog‘liq qo‘shimcha davolash xarajatlarini kamaytirib, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 2 000 000–3 500 000 so‘m tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: yagona ozuqaviy-yallig‘lanish o‘qini isbotlash operatsiyadan oldingi tayyorgarlikning patogenetik asosini yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: plazmaferezning operatsiyagacha xirurgik saralash vositasi sifatidagi roli steroid-bog‘liq va steroid-rezistent shakllarga ega bemorlarni terapiyaga javob 78,6% bo‘lganda konservativ (35,7%), rejali (45,2%) va shoshilinch (19,1%) marshrutlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi asoslangan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: steroid-bog‘liq va steroid-rezistent shakllarda efferent terapiya kursi bemorlarning 35,7% ida operatsiyadan qochish va 45,2% ida urgent vaziyatni operatsiyagacha optimallashtirish bilan rejaliga o‘tkazish imkonini beradi; shoshilinch kolektomiyada operatsiyadan keyingi o‘lim 5,3% ga, rejalida esa 0,7% dan oshmasligi hisobga olinganda, bu bemorlar hayotini saqlashga va kolektomiyadan keyingi nogironlikning oldini olishga bevosita xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning 35,7% ida operatsiyadan voz kechish va 45,2% ida shoshilinch aralashuvni rejaliga o‘tkazish reanimatsiyada bo‘lish muddati, shoshilinch kolektomiya va keyingi rekonstruktiv bosqichlar xarajatlarini kamaytiradi, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 6 000 000–9 000 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: plazmaferezni operatsiyadan oldingi saralash vositasi sifatida qo‘llash shoshilinch kolektomiyalar ulushini kamaytirib, jarrohlik davolashning xavfsizligini oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xirurgik xavfni stratifikatsiyalash tizimi takomillashtirilgan: operatsiya hajmi va bosqichliligini obektiv tanlashni ta’minlovchi ball shkalasi (AUC 0,842) va mashina o‘rganishi modeli (testda AUC 0,854 va mustaqil markazda validatsiyada 0,832) ishlab chiqilgan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: balli shkala xavf guruhini bemor yonida aniqlash hamda operatsiya hajmi va bosqichliligini maxsus dasturiy ta’minotsiz tanlash imkonini beradi; yuqori xavfli bemorlarni erta ajratish ularga xavfsiz bosqichli taktika — kontsevoy ileostoma bilan subtotal kolektomiyani rekonstruksiyani kechiktirish bilan — qo‘llashni ta’minlab, og‘ir asoratlar va o‘limning oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: xavfni obektiv tabaqalashtirish asossiz bir bosqichli keng aralashuvlar va ulardan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarini bartaraf etadi, reanimatsiya va jarrohlik resurslaridan maqsadli foydalanishni ta’minlab, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 3 000 000–4 500 000 so‘m tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: balli shkala va mashinali o‘rganish modelini joriy etish jarrohlik xavfini obektiv baholash va aralashuv hajmini asosli tanlashning ishonchli vositasini yaratdi.
beshinchi ilmiy yangilik: tutib qololmaslikni profilaktika qilish va rezervuarni saqlash strategiyasi takomillashtirilgan: tutib qololmaslikning ajratuvchi ileostomada (19,2% dan 7,1% gacha) va rezervuarni kechiktirilgan shakllantirishda (15,6% dan 5,4% gacha) kamayishi rezervuarni bemorlarning 77,8% ida saqlash va rezervuar yashovchanligi 24 oyga 90,0% bo‘lganda asoslangan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ajratuvchi ileostoma, perfuziyani fluorestsent baholash va rezervuarni kechiktirilgan shakllantirishni qo‘llash anastomoz etishmovchiligi chastotasini sezilarli kamaytiradi; erta saqlash strategiyasi anastomoz etishmovchiligiga ega bemorlarning 77,8% ida rezervuarni saqlab qoladi, bu esa doimiy stomaga ehtiyojning oldini olib, bemorlarning hayot sifatini, ijtimoiy va mehnat faolligini saqlab qoladi. Iqtisodiy samaradorligi: anastomoz etishmovchiligi chastotasining 19,2% dan 7,1% gacha va 15,6% dan 5,4% gacha kamayishi takroriy operatsiyalar, uzoq muddatli antibakterial terapiya va rezervuarni yo‘qotish bilan bog‘liq xarajatlarni har bir bemor hisobiga o‘rtacha 7 000 000–10 000 000 so‘mga qisqartiradi; rezervuarning 24 oylik yashovchanligi 90,0% bo‘lganda doimiy ileostoma va uni umrbod parvarish qilish xarajatlarining oldi olinadi, bu esa qo‘shimcha ravishda yillik 3 000 000–5 000 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: etishmovchilikni oldini olish taktikasini optimallashtirish va rezervuarni saqlab qolish strategiyasini takomillashtirish rezervuar anastomozining ishonchliligini oshirdi, doimiy stomaga ehtiyojni kamaytirdi va anastomoz etishmovchiligida ham funksional natijani saqlash imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: differentsiallashgan xirurgik taktika kontsepsiyasi umumqabul qilinganga nisbatan asoratlar chastotasining 20,1 foiz bandga, anastomoz tutib qololmasligining 3,2 marta va nogironlikning 16,4 foiz bandga kamayishini ilmiy asoslangan va Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 3-fevralda 6-son va 28-fevralda 7-son bilan tasdiqlangan «Og‘ir shaklda kechuvchi yarali kolitda yo‘g‘on ichak devori mikroflorasiga asoslangan davolash taktikasi» va «Yarali kolitning og‘ir kechishida yo‘g‘on ichak devori mikrobiotikasini baholash va davolash taktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasining 2026 yil 2-martdagi 56U-son va Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining 2026 yil 9-apreldagi 6631-7-107-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 29 apreldagi 07/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tabaqalashtirilgan taktika konsepsiyasini joriy etish asoratlarni 20,1 foiz bandga, anastomoz etishmovchiligini 3,2 baravarga va nogironlikni 16,4 foiz bandga kamaytirdi; kamjarohatli va transanal kirishni qo‘llash intraoperatsion qon yo‘qotishni 55,8% ga, gospitalizatsiya davomiyligini 31,2% ga va asoratlar chastotasini 2,1 marta kamaytirdi, bu bemorlarning mehnat va ijtimoiy faollikka tez qaytishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiya davomiyligining 31,2% ga qisqarishi, asoratlar va nogironlikning kamayishi statsionar davolash, reabilitatsiya va ijtimoiy to‘lovlar xarajatlarini qisqartirib, har bir bemor hisobiga o‘rtacha 8 000 000–12 000 000 so‘m umumiy iqtisodiy samara beradi. Xulosa: tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasining yaxlit konsepsiyasi nospetsifik yarali kolitning asoratlangan shakllarida davolashning bevosita va uzoq muddatli natijalarini sezilarli yaxshiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish