Abrorov Shahbozjon Nematzodaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chuqur kuyish jarohatlarini xirurgik usul bilan davolashda vakuum terapiyaning samaradorligini baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2024.3.PhD/Tib4978.
Ilmiy rahbar: Erkin Abdixalilovich Xakimov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Daminov Feruz Asatullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Bogdanov Sergey Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Shimoli-g‘arbiy federal okrugi Davlat budjet muassasasi I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: chuqur kuyish jarohati bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashda vakuum terapiyani qo‘llash bilan davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
chuqur kuyish jarohatlarini kompleks davolashda vakuum terapiyani qo‘llashning eng maqbul vaqti kuyishdan keyingi 2–4 sutka ekanligi jarohat ekssudati va hujayraviy tarkibning qiyosiy sitologik tahlili asosida ilmiy jihatdan asoslangan;
chuqur kuyish jarohatlarini davolashda an’anaviy usul hamda vakuum terapiyasi qo‘llanilgan bemorlar jarohatidagi o‘zgarishlarning kechishi qiyosiy tahlil qilingan va guruhlar kesimida davolash samaradorligi isbotlangan;
vakuum terapiyasi qo‘llanilgan bemorlarda transplantant uchun qulay muhit yaratilishi teri autodermoplastikasi natijalarini yaxshilab, takroriy teri ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalariga ehtiyojni bartaraf etishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
boshqariladigan manfiy bosim ta’sirida ekssudat va patogen mikroorganizmlarning jarohatdan chiqarilishi, to‘qimalar shishining kamayishi va mahalliy mikrosirkulyasiyaning yaxshilanishi hisobiga ikkilamchi infeksiya kontaminatsiyasi xavfining pasayishi etiopatogenetik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Chuqur kuyish jarohatlarni xirurgik davolashni takomillashtirish uchun vakuum terapiyasidan foydalanish uning samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida :
birinchi yangilik: chuqur kuyish jarohatlarini kompleks davolashda vakuum terapiyani qo‘llashning eng maqbul vaqti kuyishdan keyingi 2–4 sutka ekanligi jarohat ekssudati va hujayraviy tarkibning qiyosiy sitologik tahlili asosida ilmiy jihatdan asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Chuqur kuyish jarohatlarini vakuum terapiyasi yordamida davolash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (11.10.2025-y. 133-T91-son buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (13.10.2025-y. 480-son buyruq) tomonidan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chuqur kuyish bilan jabrlangan bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish hisobiga ularning mehnat va ijtimoiy faol hayotga ertaroq qaytishi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida bemorlarning shifoxonada yotish vaqti 29–31 kundan 10–12 kungacha qisqarishi hisobiga bir sutkada 550 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazining preyskurantiga ko‘ra, bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 700 000–900 000 so‘mni tashkil qiladi).
ikkinchi yangilik: chuqur kuyish jarohatlarini davolashda an’anaviy usul hamda vakuum terapiyasi qo‘llanilgan bemorlar jarohatidagi o‘zgarishlarning kechishi qiyosiy tahlil qilingan va guruhlar kesimida davolash samaradorligi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Chuqur kuyish jarohatlarini vakuum terapiyasi yordamida davolash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (11.10.2025-y. 133-T91-son buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (13.10.2025-y. 480-son buyruq) tomonidan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi).Olingan natijalarning ijtimoiy samaradorligi: teri transplantatlarining yaxshi birikishi va takroriy operatsiyalarga ehtiyojning kamayishi bemorlarda nogironlik xavfini pasaytiradi hamda hayot sifatini yaxshilaydi.Iqtisodiy samaradorligi: jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida bemorlarning shifoxonada yotish vaqti 29–31 kundan 10–12 kungacha qisqarishi hisobiga bir sutkada 550 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazining preyskurantiga ko‘ra, bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 700 000–900 000 so‘mni tashkil qiladi).
uchinchi yangilik: vakuum terapiyasi qo‘llanilgan bemorlarda transplantant uchun qulay muhit yaratilishi teri autodermoplastikasi natijalarini yaxshilab, takroriy teri ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalariga ehtiyojni bartaraf etishi ilmiy jihatdan isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Chuqur kuyish jarohatlarini vakuum terapiyasi yordamida davolash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (11.10.2025-y. 133-T91-son buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (13.10.2025-y. 480-son buyruq) tomonidan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi).Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar chuqur kuyganlarda jarohatda ikkilamchi infeksiya va asoratlarning kamayishi bemorlar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari hamda og‘ir oqibatlar rivojlanish xavfini pasaytirishga xizmat qiladi.Iqtisodiy samaradorligi: jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida bemorlarning shifoxonada yotish vaqti 29–31 kundan 10–12 kungacha qisqarishi hisobiga bir sutkada 550 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazining preyskurantiga ko‘ra, bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 700 000–900 000 so‘mni tashkil qiladi).
to‘rtinchi yangilik: boshqariladigan manfiy bosim ta’sirida ekssudat va patogen mikroorganizmlarning jarohatdan chiqarilishi, to‘qimalar shishining kamayishi va mahalliy mikrosirkulyasiyaning yaxshilanishi hisobiga ikkilamchi infeksiya kontaminatsiyasi xavfining pasayishi etiopatogenetik jihatdan aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi bilan tasdiqlangan «Chuqur kuyish jarohatlarini vakuum terapiyasi yordamida davolash» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (11.10.2025-y. 133-T91-son buyruq) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali (13.10.2025-y. 480-son buyruq) tomonidan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 3-fevraldagi 2-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chuqur kuyish bilan jabrlangan bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish hisobiga ularning mehnat va ijtimoiy faol hayotga ertaroq qaytishi ta’minlanadi.Ijtimoiy samaradorligi: davolashning samaradorligi oshishi va statsionarda yotish
muddatining qisqarishi sog‘liqni saqlash muassasalari resurslaridan oqilona foydalanish imkonini yaratadi hamda tibbiy-ijtimoiy xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: jabrlanuvchilarni qo‘shimcha tekshirish, dori-darmon, birlamchi bog‘lov materiallari va mutaxassislar maslahatini talab etmasligi natijasida bemorlarning shifoxonada yotish vaqti 29–31 kundan 10–12 kungacha qisqarishi hisobiga bir sutkada 550 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazining preyskurantiga ko‘ra, bunday bemorlarni an’anaviy usulda davolash bir sutkada 700 000–900 000 so‘mni tashkil qiladi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish