Rustamov Atxam Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parazit entomofag Lysiphlebus fabarum (Aphidiidae) bioekologiyasi, oziqa zanjiri, ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyasi”, 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx389.
Ilmiy rahbar: Anorbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘ronov Yusuf Hudoynazarovich, qishloq ho‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrobiotsenozda uchraydigan o‘simlik shiralari turlari, bioekologiyasi, tarqalish areallari, ekin turlari bo‘yicha fitofaglik xususiyatlari, rivojlanishini aniqlash, Lysiphlebus fabarum turining sistematik tahlili va molekulyar DNK sistematikasini aniqlash, ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish va o‘simlik shiralariga nisbatan biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrobiotsenozda o‘simlik shiralari turlarining (Aphididae) biologik xususiyatlari, ekin turlari bo‘yicha populyasiyalarining farqlanishi aniqlangan;
o‘simlik shiralarining turlari uchun samarali parazit entomofag turlarining tur tarkibi sistematik jihatdan aniqlangan;
Lysiphlebus fabarum turining sistematik hamda DNKsi va ularning identifikatsiyasi aniqlangan;
Lysiphlebus avlodi molekulyar sistematik jihatdan Lysiphlebus fabarum, Lysiphlebus confusus va Lysiphlebus cardui turlariga ajratilgan;
biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan Lysiphlebus fabarum turini afidikarta va dron orqali tarqatish moslamasi yaratilgan;
o‘simlik shiralariga qarshi Lysiphlebus fabarum parazit turlarining muddat va me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lysiphlebus fabarum (Aphidiidae) bioekologiyasi, oziqa zanjiri, ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Lysiphlebus fabarum parazit entomofag turini g‘o‘za shirasiga qarshi 1:10 nisbatda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq tumanlari va Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani fermer xo‘jaliklarida jami 207 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 apreldagi 02/023-261-son ma’lumotnomasi). Natijada 76–80 foizgacha biologik samaradorlikka erishilgan va bir gektar maydondan o‘rtacha 3,5–4,2 sentner g‘o‘za hosilini saqlab qolish imkoni yaratilgan;
sabzavotlardan pomidor, karam, sholg‘om va qalampir ekinlaridagi shiralarga qarshi Lysiphlebus fabarum entomofagi 1:10 va 1:15 nisbatlarda qo‘llash texnologiyasi Qibray tumani «Zafarobod» va «Salar Agro Maks» fermer xo‘jaliklarida jami 40 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 apreldagi 02/023-261-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydondan o‘rtacha 6,8–8,0 sentnergacha hosil saqlab qolingan va o‘simliklarni biologik himoya qilishga sarflangan har 1 so‘mning qoplanishi 4,0–5,1 so‘mni tashkil etgan;
sabzavot va g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan o‘simlik shiralariga qarshi Lysiphlebus fabarum parazit entomofag turini ko‘paytirish va qo‘llashning yangi texnologiyalari joriy etilgan (O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi huzuridagi O‘simliklar karantini ilmiy markazining 2019 yil 10 apreldagi 464-78-son ma’lumotnomasi). Natijada biomahsulotlarni qo‘llash sarf-xarajatlarini 2–3 marotabagacha tejash imkoni yaratilgan.