Jalilov Ixtiyor G‘anievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Janubiy O‘zbekistonda mahalla institutining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti , 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №V.2023.3.DSc/Tar339
Ilmiy rahbar: Rahmonov Faxriddin Shoymardonovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: t.f.d.(DSc), professor Akram Muminovich Hasanov, t.f.d. (DSc), professor Parda Panjievich Norbo‘taev, t.f.d. (DSc), professor Valiqul Turdievich Ishquvatov.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududlarida jamoaviy hayot, mahalla institutining rivojlanish tarixini, qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish dinamikasini tarixiy manbalar, ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida yoritib berish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Janubiy O‘zbekiston hududida mahalla institutining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti ilk bor qadimgi davrdan Yangi O‘zbekiston davriga qadar bo‘lgan yaxlit tarixiy jarayon sifatida kompleks tadqiq etilganligi, milliy hamda xorijiy tarixshunoslikdagi ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, Janubiy O‘zbekistonda mahalla institutining shakllanish bosqichlari tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik materiallar asosida davrlashtirilib, uning evolyusiyasiga oid yangi ilmiy xulosalar asosida dalillangan;
Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida ilk temir davrida shakllangan Sho‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayrag‘och, Guldaryo, Erqo‘rg‘on, Nishon, Sangardak-To‘polang, Bandixon, Sherobod va Ulonbuloqsoy mikrovohalarining hududiy tashkil topish xususiyatlari hamda miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida O‘rta Surxon va Amudaryo xo‘jalik tumanlarining vujudga kelishi natijasida shakllangan ma’muriy-hududiy tuzilmalar mahalla institutining ilk hududiy-jamoaviy asoslari sifatida baholanib, mahalla tuzilmasining vujudga kelishidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
O‘rta asrlarda Janubiy O‘zbekiston hududining O‘rta Osiyoning muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri sifatida shakllanishi, Naxshab, Kaspi, Bezda, Kesh, Termiz, Chag‘oniyon kabi shaharlarda hunarmandchilik va savdo munosabatlarining jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda yangi hunarmandchilik turlarining vujudga kelishi tarixiy manbalar asosida tizimli tahlil qilinib, mazkur jarayonlarning Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor, Denov va Sherobod singari shaharlarda mahallalarning shakllanishi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani, natijada mahallalar shahar ijtimoiy tuzilmasining muhim bo‘g‘ini sifatida qaror topganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
1870-yildan so‘ng Qarshi shahri mahallarining jadal sur’atlarda rivojlanishi, hududining kengayishi, yangi qurilish inshootlarining bunyod etilishi hamda aholi sonining ortishi natijasida Buxoro amirligining yirik shahar markazlaridan biriga aylanishi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinganligi, Qarshi shahridagi Degrez, Miskarlik, Kudunkarlik, Ko‘kcha, Zargar, Qirqqizguzar, Sandiqchi, Dukchi, Kosagar, Duradgor va Alachabof mahallalariga oid tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilib, ularning XIX asr oxiridagi shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan ochib berilgan;
Janubiy O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy himoya, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, oilaviy munosabatlar va jamoatchilik nazoratining tarixiy shakllanishi hamda rivojlanish qonuniyatlari kompleks tarixiy tahlil qilinib, ularning hudud etnomadaniy xususiyatlari, tarixiy qadriyatlari, mahalla institutlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekiston hududida mahalla institutining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti ilk bor qadimgi davrdan Yangi O‘zbekiston davriga qadar bo‘lgan yaxlit tarixiy jarayon sifatida kompleks tadqiq etilganligi, milliy hamda xorijiy tarixshunoslikdagi ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, Janubiy O‘zbekistonda mahalla institutining shakllanish bosqichlari tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik materiallar asosida davrlashtirilib, uning evolyusiyasiga oid yangi ilmiy xulosalar asosida dalillangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2026-yil 22-iyuldagi 02-1326-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Janubiy O‘zbekistonda mahalla institutining o‘rni muhim ekanligi ko‘rsatib bergan.
Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida ilk temir davrida shakllangan Sho‘robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayrag‘och, Guldaryo, Erqo‘rg‘on, Nishon, Sangardak-To‘polang, Bandixon, Sherobod va Ulonbuloqsoy mikrovohalarining hududiy tashkil topish xususiyatlari hamda miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida O‘rta Surxon va Amudaryo xo‘jalik tumanlarining vujudga kelishi natijasida shakllangan ma’muriy-hududiy tuzilmalar mahalla institutining ilk hududiy-jamoaviy asoslari sifatida baholanib, mahalla tuzilmasining vujudga kelishidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi 2026-yil 6-iyuldagi 37-02-14/1287-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy himoya, ma’naviy ma’rifiy ishlar, oilaviy munosabatlar va jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ekanligini ko‘rsatib berdi.
O‘rta asrlarda Janubiy O‘zbekiston hududining O‘rta Osiyoning muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri sifatida shakllanishi, Naxshab, Kaspi, Bezda, Kesh, Termiz, Chag‘oniyon kabi shaharlarda hunarmandchilik va savdo munosabatlarining jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda yangi hunarmandchilik turlarining vujudga kelishi tarixiy manbalar asosida tizimli tahlil qilinib, mazkur jarayonlarning Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G‘uzor, Denov va Sherobod singari shaharlarda mahallalarning shakllanishi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani, natijada mahallalar shahar ijtimoiy tuzilmasining muhim bo‘g‘ini sifatida qaror topganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2026-yil 24-iyundagi 01-03/31-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla instituti davlat va jamiyat o‘rtasidagi samarali hamkorlik mexanizmi hamda fuqarolik jamiyatining tayanch bo‘g‘iniga aylandi.
1870-yildan so‘ng Qarshi shahri mahallalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi, hududining kengayishi, yangi qurilish inshootlarining bunyod etilishi hamda aholi sonining ortishi natijasida Buxoro amirligining yirik shahar markazlaridan biriga aylanishi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinganligi, Qarshi shahridagi Degrez, Miskarlik, Kudunkarlik, Ko‘kcha, Zargar, Qirqqizguzar, Sandiqchi, Dukchi, Kosagar, Duradgor va Alachabof mahallalariga oid tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilib, ularning XIX asr oxiridagi shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan ochib berilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 29-iyundagi 15-32/523-son ma’lumotnomasi). Natijada Janubiy O‘zbekiston hududlariga xos mahalla an’analari, ularning tarixiy-madaniy xususiyatlari hamda zamonaviy boshqaruv tizimidagi o‘rni, mahalla institutining tarixiy evolyusiyasini o‘rganish va rivojlantirish muhim ekanligini ko‘rsatib berdi.
Janubiy O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy himoya, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, oilaviy munosabatlar va jamoatchilik nazoratining tarixiy shakllanishi hamda rivojlanish qonuniyatlari kompleks tarixiy tahlil qilinib, ularning hudud etnomadaniy xususiyatlari, tarixiy qadriyatlari, mahalla institutlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligining 2026-yil 6-iyuldagi 2-13-21-4842-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalladagi yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qildi.