Mamarajabov Bobir Normo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Saudiya Arabistondagi o‘zbek (turkistonlik)lar: tarixiy tahlil, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1107.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Mardon Maqsudovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Saudiya Arabistoni o‘zbek (turkistonlik)larining tarixi va hozirgi davrdagi holati masalalarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Saudiya Arabistoni o‘zbeklar ko‘p sonli bo‘lib yashayotgan dunyo davlatlaridan biri hisoblanib, bu mamlakat hududiga o‘zbek millati vakillari tarixning turli bosqichlarida (XVI-XVIII asrlar, XIX asr oxiri XX asr boshlari, 1920-1930, 1940-1950, 1960-1970, 1980 yillar) kelib joylashganligi natijasida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng “o‘zbek diasporasi” vujudga kelganligi, o‘zbek(turkistonlik)lar soni hozirgi davrda 350-400 ming kishi atrofida ekanligi dalillangan;
Saudiya Arabistoni o‘zbeklari mamlakatning asosan Makka, Madina, Jidda, Al-Riyod, Axbor, Robig‘ kabi ko‘plab shaharlar bo‘ylab tarqalgan ular orasidan taniqli diniy ulamolar (650 nafardan ortiq) universitetlarda professorlar (75-80 nafar), sarmoyador tijoratchi, tadbirkorlar (eng ko‘p sonli) takya va mehmonxona, oshxona, qahvaxona egalari va ishchilar, davlat xizmatchilari, yuqori unvondagi harbiylar (15 general, 80 ta katta zobitlar, polkovnik va mayorlar) etishib chiqqanligi aniqlashtirilgan. Bu mamlakat o‘zbeklarining o‘zlikni saqlab qolish darajasi, ajdodlar Vatani O‘zbekistonga munosabati, milliy urf-odatlari uy tutishi, etnografiyasi (to‘y va ta’ziya marosimlari)dagi transformatsion jarayonlar, ularga ta’sir etgan omillar (arablashuv), vatan bilan aloqalarda uzoq davom etgan mafkuraviy cheklovlar, uning salbiy oqibatlari asoslantirilgan;
Saudiya Arabistoni o‘zbeklari bilan O‘zbekiston o‘zbeklari o‘rtasida qavm-qarindoshlik va vatandoshlik aloqalarida UZODKS (1958-1992) Vatan jamiyati (1976-1992) kabi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, Vatandosh radiostansiyasi, “Oydin” (islom nuri gazetalari), “Sovet O‘zbekistoni” (O‘zbekiston kontakt) jurnali kabilarining faoliyati sovet hokimiyati yillarida ularning cheklangan ish uslublari tahlil qilingan;
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni hamkorligining kuchayishi, bu davlat rahbarlarining muhojirlarga nisbatan ijobiy munosabat, mamlakatlararo fuqarolarning ikki davlat hududiga erkin kirib chiqishi O‘zbekiston musulmonlarining Haj ziyorati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va muhojir o‘zbeklar ishtiroki (Andijon, Bog‘cha Chust takyasi, Qo‘qon takyasi kabilar) xorijdagi o‘zbek tijoratchi va tadbirkorlarining mamlakatimiz iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki, diniy ulamolarning O‘zbekistondan bo‘lgan islom namoyondalari yubiley tadbirlarida mustaqillik kuni, ro‘za va qurbon hayiti bayramlaridagi ishtiroki islomiy ilmgohlarning ochilishi va diniy ta’limga keng imkoniyatlar yaratilishi kabi ko‘pdan ko‘p omillar Arabistonning muhojir millatdoshlar bilan vatandoshlik va qavm-qarindoshlik aloqalarini yangicha bosqichga ko‘tarilganligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot Saudiya Arabistondagi o‘zbek (turkistonlik)lar: tarixiy tahlilni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
Mazkur tadqiqot “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda aks etgan hozirgi Saudiya Arabistonga o‘zbeklarning ko‘chib borishi, bugungi kunda ularning qay holatda yashayotganligi, o‘zbek tilini qanchalik saqlab qolganligi hamda urf-odatlari va qadriyatlarining arablarga qorishib ketganligini tahlil etishda muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan va hozirgi kunda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni davlati bilan o‘zaro madaniy-ma’rifiy va siyosiy aloqalarida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarganligiga oid ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-avgustdagi 01-33/650-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorlik aloqalari va unda o‘zbek(turkistonlik)lar ishtiroki haqida ma’lumotlar doirasini xizmat qilgan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining uchinchi yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda Arab davlatlaridagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistonga oid kontent shakllanganligi aniqlanib, ular mavzu xususiyatlariga ko‘ra tarix, siyosat, iqtisod va ijtimoiy diniy sohalarni yorituvchi adabiyotlar sifatida tasniflangan. Tasniflangan adabiyotlar tanqidiy o‘rganilib ilmiy iste’molga jalb qilingan; Arab tilidagi OAV O‘zbekiston haqidagi materiallarning hajman oz ekanligi, mavjud axborotlar asosan davlat siyosiy hayotidagi eng muhim voqealarni sharhlash bilan cheklanganligi natijasida Arab davlatlarida O‘zbekistonga doir axborot etishmasligining mavjudligi aniqlangan; Xalqaro internet tarmog‘ining arab tilidagi segmentida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yoritib borilishi respublikaning arab-musulmon dunyosidagi xalqaro obro‘-e’tiboriga ta’sir ko‘rsatishi bir qancha tahliliy markazlarning veb-sahifalari faoliyatini o‘rganish asosida isbotlab berilgan; “Yangi O‘zbekiston” obrazining Arab davlatlarida ijobiy qabul qilinayotganligi, respublikada kuzatilayotgan o‘zgarishlar qayd etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 19-maydagi 07-04/362-sonli dalolatnomasi) Arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni ilmiy-ekspert doiralari munosabatining yaxshilanib borayotganligi o‘zaro hamkorlik aloqalari dinamikasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi oxirgi statistik ma’lumotlardan foydalanilgan.