Namozov Ixtiyor Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Intensiv tipdagi olma bog‘larini parvarishlash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx230.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abduxalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intensiv tipdagi olma bog‘larini parvarishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor intensiv tipdagi olma bog‘larida daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi va shox-shabbasining shakllanishini ekish sxemalari, oziqlanish maydoni va tup qalinligiga bog‘liqligi asoslangan;
tup qalinligiga bog‘liq ravishda past bo‘yli payvandtaglardagi olma daraxtlari assimilyasiya sathining o‘zgarishi va yorug‘lik bilan ta’minlanish darajasi aniqlangan;
intensiv tipdagi olma bog‘lar hosildorligining ekish sxemalari, oziqlanish maydoni va tup qalinligiga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
intensiv olma bog‘larini parvarishlashda daraxtlarni butash va shakl berishning samarali usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past bo‘yli olma bog‘larini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Past va o‘rta bo‘yli olma bog‘larini barpo qilish va parvarishlash texnologiyasi» tavsiyanomasi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/030-248-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida past va o‘rta bo‘yli olma bog‘larini barpo qilish va parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
past bo‘yli olma daraxtlariga ital`yan pal`mettasi usulida shakl berishni hosildorlik va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha yaratilgan ishlanma akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/030-248-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 20 tonna sifatli olma mevalarini olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektariga 60 mln. so‘mni tashkil etgan;
past bo‘yli olma daraxtlariga siyrak yarusli pal`metta usulida shakl berishni hosildorlik va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha yaratilgan ishlanma Boysun tumanidagi «O‘tagan Davlatbey» fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, «Omanturdiev Amir» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/030-248-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 18 tonna sifatli olma mevalarini olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektariga 54 mln. so‘mni tashkil etgan;
past bo‘yli intensiv tipdagi olma bog‘lariga 3,5x2 m ekish sxemasi akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/030-248-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan olingan sifatli olma hosili 20 tonna va mahsulot realizatsiyasidan olingan iqtisodiy samaradorlik gektariga 60 mln. so‘mga teng bo‘lgan;
past bo‘yli intensiv tipdagi olma bog‘lariga 4x3 m ekish sxemasi Boysun tumanidagi «O‘tagan Davlatbey» fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, «Omanturdiev Amir» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 apreldagi 02/030-248-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan olingan sifatli olma hosildorligi 18 tonna va mahsulot realizatsiyasidan olingan iqtisodiy samaradorlik gektariga 54 mln. so‘mni tashkil etgan.