Rustamov Bannobjon Nigmatullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “RDB frezalash dastgohlarida kompozision materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov berish unumdorligini oshirish”, 05.02.05 - Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6789
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.02.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Axmedov Azamat Xaitovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Jamshid Ravshanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompozision materiallardan tayyorlangan detallarni frezalash jarayonining unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompozision materiallarni frezalashda kesish maromlari va kesuvchi asbobning konstruktiv parametrlarining kuchlanishlarga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlandi;
kompozision materiallarni frezalash jarayonida kesish kuchlari va kuchlanishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi;
kompozision materiallarni frezalash jarayonida kesish kuchi, kesuvchi asbob eyilishi va ishlov berilgan yuza g‘adir-budurligini bashorat qilish imkonini beruvchi matematik modellar ishlab chiqilgan;
kompozision materiallarni qora frezalashda kesish kuchlarini barqarorlashtirishga asoslangan moslashuvchan boshqarish usuli hamda toza frezalashda yuqori tezlikda ishlov berishga asoslangan texnologik echim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. RDB frezalash dastgohlarida kompozision materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov berish unumdorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotlar va matematik bog‘lanishlar asosida ishlab chiqilgan kompozision materiallardan tayyorlangan detallarni frezalash operatsiyasini loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm joriy etildi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2026-yil 27-apreldagi 02-15-02/4176-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash muddati 12 % qisqardi.
NF630M-03 RDB frezalash dastgohida qora ishlov berish jarayonida kesish kuchlarini barqarorlashtirish kesish kuchini 1450 - 1590 N chegarasida ushlab turish imkonini berdi. Maksimal va minimal qiymatlar o‘rtasidagi farq 33 % dan 9 % ga kamaytirildi (“Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2026-yil 27-apreldagi 02-15-02/4176-son ma’lumotnomasi). Natijada kesuvchi asbobning xizmat muddati 7-9 % ga oshdi.
kompozision materiallardan tayyorlangan detallarga yakuniy toza ishlov berishda yuqori tezlikda frezalashdan foydalanish natijasida (“Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2026-yil 27-apreldagi 02-15-02/4176-son ma’lumotnomasi) Natijada ishlov berilgan yuzaning g‘adir-budurligi 10 % ga yaxshilandi.