Akbarov Dostonbek Axmadali o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qolip detallariga mexanik ishlov berish texnologiyasini samaradorligini oshirish”, 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6787
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xusanov Yunusali Yuldashalievich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.02.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Yaxshiev Sherali Namozovich, texnika fanlari doktori, professor v.v.b.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Plastik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan metall qolip detallariga vertikal freza dastgohlarida mexanik ishlov berish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Plastik mahsulotlar uchun metall qolip detallariga vertikal frezalash jarayonida ishlov berish qiyin bo‘lgan uchastkalarga alohida detal ko‘rinishida ishlov berish va ularni asosiy detalga o‘rnatish imkonini beradigan yangi konstruktiv-texnologik yondashuv taklif etilgan.
Asosiy qolip detalida ajratma detallar uchun o‘rindiq (bo‘sh joy) hosil qilish va alohida tayyorlangan detallarni shu o‘rindiqqa o‘rnatish sharoitida sirt sifati, o‘lcham aniqligi va montaj aniqligini ta’minlovchi mezonlar ishlab chiqilgan.
Vertikal freza dastgohlarida asosiy qolip detali uchastkasini frezalash va ajratma detallarni alohida ishlov berish jarayonlari uchun kesish tezligi, surish, kesish chuqurligi va asbob parametrlari bilan sirt g‘adir-budirligi, o‘lcham aniqligi va kesuvchi asbob eyilishi o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan.
Ajratma detallar qo‘llanilganda va an’anaviy ishlov berish usulida olingan natijalarni solishtirish asosida vertikal frezalashda ishlov berish qiyin bo‘lgan uchastkalarga ishlov berishning ratsional texnologik sxemalari asoslab berilgan.
Ajratma detallar asosida ishlov berish usuli bo‘yicha texnik-iqtisodiy baholash tamoyillari ishlab chiqilgan, qolip detallariga mexanik ishlov berishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladigan ilmiy xulosalar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qolip detallariga vertikal frezalashda ishlov berish samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
plastik mahsulotlar uchun metall qolip detallarining vertikal frezalashda ishlov berish qiyin bo‘lgan murakkab shaklli uchastkalariga alohida ajratma detal ko‘rinishida ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Korxonada mavjud NF630M-03 modelidagi vertikal frezalash dastgohida an’anaviy usulda ishlov berish bilan taqqoslaganda HAAS VF-4 EU vertikal RDB frezalash dastgohida ajratma detal texnologiyasini qo‘llash natijasida maxsus moslamalar tayyorlash zaruriyati bartaraf etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 27 aprel 02-15-02/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berish vaqti 15–20% ga qisqargan.
asosiy qolip detalida ajratma detal uchun o‘rindiq (bo‘sh joy) frezalash va tayyorlangan ajratma detalni shu o‘rindiqqa o‘rnatish hamda mahkamlash texnologiyasi joriy etilgan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 27 aprel 02-15-02/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada HAAS VF-4 EU dastgohining yuqori aniqligi va RDB boshqaruvi imkoniyatlari hisobiga ishlov berilayotgan detallarning o‘lcham og‘ishlari kamaygan va kesuvchi asboblarning eyilishi 10–15% ga pasaygan.
ajratma detal texnologiyasi qo‘llanilishi natijasida murakkab shaklli uchastkalarga qulay sharoitda ishlov berilishi amalga oshirilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026 yil 27 aprel 02-15-02/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada sirt sifati yaxshilangan va qo‘shimcha pardozlash (yakuniy ishlov berish) ishlari kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish