Sulaymonov Nazar Normurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Transport-logistik korxonalarda autsorsing xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-texnologik mexanizmlarini takomillashtirish”, 05.08.01 – “Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
№ B2025.2.PhD/T5732
Ilmiy rahbar: Irisbekova Mavluda Narinbaevna iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Dauren Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Qo‘ziev Abdimurot O‘roqovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport-logistik korxonalarda autsorsing xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-texnologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuk tashish jarayonlarida xavf omili va xizmat ko‘rsatish darajasini hisobga olgan holda vaznli baholash usuli yordamida logistika ta’minot zanjirida transport-logistik korxonalarni tanlash uslubi takomillashtirilgan;
integrallashgan texnologiya elementlaridan foydalanib, tashkiliy va texnologik ko‘rsatkichlar asosida transport-logistik korxonalarda autsorsing xizmatlari samaradorligi mezonlarini baholash uslubi takomillashtirilgan;
avtomobil transport vositalarining tasarruf ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda transport vositalarining yuk tashish qobilyati va texnik holat parametrlari yordamida yuklarni etkazib berishni autsorsing orqali amalga oshirishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
autsorsing jadalligi va texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ikki o‘lchovli tasniflash matritsasi usuli yordamida transport-logistik korxonalari xizmat ko‘rsatishining autsorsinglik darajasini baholash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport-logistik korxonalarda autsorsing xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy texnologik mexanizmlarini takomillashtirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
logistika ta’minot zanjirida transport-logistik korxonalarni tanlash uslubi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4E/219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada logistika ta’minot zanjirida transport-logistik korxonalarni tanlashning takomillashtirilgan uslubi asosida yuk tashish jarayonlari uchun eng maqbul provayderlarni aniqlash samaradorligini 12% gacha oshirishga erishilgan;
transport-logistik korxonalarda autsorsing xizmatlari samaradorligi mezonlarini baholash uslubi Truckdispetch mchj transport-logistika korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4E/219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuk tashuvlarini autsorsing orqali samarali boshqarish imkoniyati yaratilib, mazkur transport-logistika korxonasining yuk tashuvlariga sarflanadigan vaqtini 12,8% va xarajatlarini 17,6% gacha kamaytirishga erishilgan;
transport vositalarining yuk tashish qobilyati va texnik holat parametrlari yordamida yuklarni etkazib berishni autsorsing orqali amalga oshirishning matematik modeli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4E/219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil transport vositalarining tasarruf ko‘rsatkichlari, yuk tashish qobiliyati va texnik holat parametrlarini kompleks baholovchi ishlab chiqilgan matematik model yordamida yuklarni etkazib berishni autsorsing orqali rejalashtirish samaradorligi 14,2% gacha oshirishga erishilgan;
korxonalarning autsorsinglik darajasini baholash bo‘yicha ikki o‘lchovli tasniflash matritsasi usuli Truckdispetch mchj transport-logistika korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi 4E/219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transport-logistik korxonalari xizmat ko‘rsatishining autsorsinglik darajasini baholash uslubi joriy etilishi natijasida autsorsing asosida yuk tashish jarayonlarini tashkil etish darajasini 16,5% gacha oshirishga erishilgan.