Sidikov Abdulaziz Abdumanop o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. “Magniy, natriy xloratlari, karbamid va mineral kislotalarning etanolammoniy tuzlari asosida samarali defoliantlar olishning fizik-kimyoviy asoslari”, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/T1061.
Ilmiy maslahatchi: Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich, kimyo fanlari doktori, professor; Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Umirov Farhod Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magniy, natriy xloratlari va ularning karbamidli birikmalari hamda mineral kislotalarning etanolammoniyli tuzlari asosida fiziologik faolikka ega yangi samarali defoliantlar sintezini fizik-kimyoviy asoslari va olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magniy, natriy xloratlari, karbamid, sulfat, nitrat kislotasining mono- va trietanolaminli tuzlaridan iborat 10 ta yangi sistemalarda komponentlarni o‘zaro eruvchanligi va “tarkib-xossa” diagrammalari qurilgan;
diagrammalarda hosil bo‘lgan yangi 2 ta birikmalar Na2SO4∙N(C2H4ClO3)3, Na₂SO₄·NH₂C₂H₄OH ning hosil bo‘lish maydonlari kontsentratsiya va harorat oraliqlarida chegaralanib, zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida mavjudligi isbotlangan;
sulfat, nitrat kislotalarining mono va trietanolaminlar bilan 3ta birikma sintez qilinib, 1ta monokristall olingan, yangi birikmalarning tarkibi IQ, UB spektroskopiya, kristall tuzilishi RTT, kukun rentgen difraksiyasial (KRD) tahlil usullari yordamida aniqlangan;
olingan “MagAktiv” defolianti kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida tarkibida 36% MgClO3, va 0.6% N-TEA saqlashi aniqlangan;
magniy xlorat, natriy xlorati, karbamid, sulfat, nitrat kislotasining mono- va trietanolaminli tuzlari asosida 3 ta kam zaharli, samarali defoliant tarkiblarni olinish usullari, sarf meyorlari, moddiy balansi ishlab chiqilgan;
magniy xlorat, natriy xlorati, karbamid, sulfat, nitrat kislotasining mono- va trietanolaminli tuzlari asosida samarali defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magniy, natriy xloratlari va ularning karbamidli birikmalari hamda mineral kislotalarning etanolammoniyli tuzlari asosida fiziologik faolikka ega yangi samarali defoliantlar sinezini fizik-kimyoviy asoslari va olinish texnologiyasini ishlab chiqish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
45,0% [36,0% Magniy xlorat, 9,0% Magniy xlorid], 0,6% trietanolammoniy nitrat, 54,4% suvdan iborat defoliant tarkibning tarjiba sinov partiyalari “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK da ishlab chiqildi va korxonaning 2026-2027-yillarda joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritildi (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK ning 2025-yil 13-noyabrdagi 1492-son ma’lumotnomasi). Natijada, magniy xlorat va trietanolammoniy nitratlar asosida yangi fiziologik faolikka ega defoliant ishlab chiqarish imkonini bergan;
45,0% [36,0% Magniy xlorat, 9,0% Magniy xlorid], 0,3% trietanolammoniy sulfat, 54,7% suv dan iborat defoliant tarkibning tarjiba sinov partiyalari “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK da ishlab chiqildi va korxonaning 2026-2027-yillarda joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritildi (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK ning 2025-yil 13-noyabrdagi 1492-son ma’lumotnomasi). Natijada, magniy xlorat va trietanolammoniy sulfatlardan iborat yangi tarkibli g‘o‘za defolianti sintez qilish imkonini bergan;
[60,0% MKXN + 40% H2O], 0,5% monoetanolammoniy sulfat, 39,5% suv dan iborat defoliant tarkibning tarjiba sinov partiyalari “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK da ishlab chiqildi va korxonaning 2026-2027-yillarda joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritildi (“Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ QK ning 2025-yil 13-noyabrdagi 1492-son ma’lumotnomasi). Natijada, natriy xlorat, karbamid va monoetanolammoniy sulfatlar asosida yangi kam zaxarli defoliant ishlab chiqarish imkonini bergan.