Qurbonova Shaxnoza Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxon vohasi sharoitida qoramol go‘shti etishtirishni jadallashtirish», 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx190.
Ilmiy rahbar: Kaxarov Abdusattar, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand veterinariya medisinasi instituti, PhD.30.08.2018.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sof holda urchitilayotgan qora-ola va shvis zotlari hamda qora-ola zotini golshtin zoti bilan chatishtirish natijasida olingan turli genotipli buqachalarni tog‘ va tog‘oldi hududi sharoitida go‘sht mahsuldorligi va ushbu ko‘rsatkichlarga har xil omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlari sharoitida qoramol go‘shti etishtirish, sut, qo‘shmahsuldor zot va ularning har xil genotipli duragay avlodlaridan foydalanish bo‘yicha samarali usullar ishlab chiqilgan;
har xil genotipli buqachalarning o‘sishi, rivojlanishi, ozuqani tirik vazn bilan qoplash xususiyatlari va buqachalarning go‘sht mahsuldorligi bo‘yicha genetik potensialidan to‘liq foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
golshtin zotining tog‘ va tog‘oldi hududi sharoitida iqlimlanishi va biologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
turli genotipli buqachalarning maqbul so‘yish yoshi hamda go‘shtning morfologik va kimyoviy tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon vohasi sharoitida qoramol go‘shti etishtirishni jadallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sof zotli qora-ola va shvis zotiga hamda qora-ola zotli sigirlarni golshtin zoti bilan chatishtirish natijasida olingan turli genotipli buqachalarning o‘sish, rivojlanish, bo‘rdoqilanish xususiyatlari, so‘yim ko‘rsatkichlari, go‘sht mahsuldorligi va go‘shtning sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyalar Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining tog‘ va tog‘oldi hududidagi «Jo‘raniyoz Toshpo‘latov» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02/23-762-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘yishdan oldingi tirik vazn II va III tajriba guruhidagi hayvonlarda 18 oyligida I guruhdagi buqachalarga nisbatan 24,6 va 12,9 kilogarmm, 21 oyligida tegishlicha 31,4 va 27,2 kilogarmm, maydalanmagan go‘sht og‘irligi esa 18 oyligida 12,7 va 5,7 kilogarmm, 21 oyligida 17,2 va 16,9 kilogarmmga ortiq bo‘lgan hamda lahm go‘sht miqdori 18 oylikda 4,8 va 3,5 kilogarmm; 21 oylikda 8,0 va 8,1 kilogarmmga oshirish imkoniyati yaratilgan;
qora-ola zotli qoramollarni takomillashtirishda buqachalarning 18–21 oyligida maqbul tirik vazn hamda tashqi muhit omillariga bog‘liqlikda seleksion belgilarini takomillashtirish va ularni mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash texnologiyalari Surxondaryo viloyati Sherobod tumaniga qarashli «Abdulxakimova Do‘lon» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02/23-762-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘rdoqiga boqilgan buqachalarning 18 oyda tirik vazni xo‘jalik sharoitida so‘qimlangan buqachalarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 10–15 kilogarmmga yuqori bo‘lgan, bir bosh buqachadan olingan sof foyda 1092–1250 ming so‘mni va rentabellik darajasi 33,5–38,8 foizini tashkil etgan;
golshtinlashtirilgan birinchi va ikkinchi bo‘g‘in qora-ola zotli buqachalarning 18 va 21 oyligida maqbul bo‘lgan tirik vazni hamda tashqi muhit omillariga bog‘liqlikda bo‘lgan seleksion belgilarini takomillashtirish va ularning so‘yim ko‘rsatkichlarini yaxshilash, so‘yim og‘irligi, so‘yim chiqimi va go‘shtning sifatini oshirish texnologiyalari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi «Toshpo‘latov Baxodir Jo‘raniyozovich» qoramolchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 maydagi 02/23-762-son ma’lumotnomasi). Natijada buqachalardan olingan sof foyda 18 oyligida 1300–1500 ming va 21 oyligida 1500–1600 ming so‘mni tashkil etgan.