Rasulov Ulug‘bek Askarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlatilgan dizel moylarini regeneratsiyalab III-guruh asos moyi olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6646.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaqulov Aziz Fayzullaevich, texnika fanlaridan falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Saidaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunova Nargiza Samaritdinovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shofirkon bentoniti yordamida ishlatilgan dizel moyni regeneratsiyalab III-guruh asos moyi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan dizel moyining fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinib, ekspluatatsiya jarayonida moyning zichligi 882 kg/m3, 40oS dagi kinematik qovushqoqligi 60,59 mm2/s, 100oS kinematik qovushqoqligi 9,52 mm2/s, qovushqoqlik indeksi 85, ochiq tigeldagi alangalanish harorati 190 oS va qotish harorati -22 oS ga o‘zgarishi isbotlangan:
ishlatilgan dizel moyiga ultratovush bilan ishlov berish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tatqiq qilindi. Unga ko‘ra dizel moylarini tozalashda ultratovush ta’siri vaqtini optimallashtirish y’ani 60 daqiqagacha olib borish yaxshi samara berishi ilmiy asoslangan;
Shofirkon bentoniti massasining 30 % gacha oshirilib tozalangan moyning tarkibudagi aromatik uglevodorodlar miqdori etilbenzolga nisbatan 3,30 mg/kg dan 0,289 mg/kg gacha kamayishi adsorbentning bundan ortiq miqdorlarida aromatik uglevodorodlar miqdori o‘zgarmasligi ilmiy asoslangan;
ishlatilgan dizel moyni tozalashda ultratovush ta’siri vaqti 60 daqiqani, adsorbent sarfi moyning massasiga nisbatan 15 % ni tashkil etishi va adsorbsiya jarayonining harorati 25±5 oS ni, bosimi 1 atm ga tengligining optimal parametrlari ilmiy asoslangan;
regeneratsiyalangan dizel moyini sanoat sharoitida sinovidan o‘tkazilib, uning kinematik qovushqoqligi 40 oS da 69,51 mm2/s, 100oS da 12,42 mm2/s, qotish harorati -30 oS, 20 oS dagi zichligi 877 kg/m3, qovushqoqlik indeksi 106, ochiq tigeldagi alangalanish harorati 205 oS va qotish harorati -40 oS ga o‘zgarishi isbotlangan;
ishlatilgan dizel moyni ultratovush va mahalliy Shofirkon bentoniti yordamida adsorbsion tozalash jarayonining texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shofirkon bentonitidan foydalanib ishlatilgan dizel moyni regeneresiyalab III-guruh asos moylarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
regeneratsiyalangan dizel moyning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash usuli Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli rejalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2026-yil 03-apreldagi 02-03-01/291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatigan dizel moyining 400S haroratdagi kinematik qovushqoqligi 68,51 mm2/s, qotish harorati -27 oS, ishqor soni 7,0 mgr KON/gr, 20 oS dagi zichligi 887 kg/m3, qovushqoqlik indeksi 98, ochiq tigeldagi alangalanish haroratini 205 0S gacha o‘zgarishiga imkon beradi;
mahalliy xomashyo Shofirkon bentoniti bilan ishlatilgan dizel moylarni regeneratsiyalab toza III-guruh asos moylari olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli rejalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2026-yil 03-apreldagi 02-03-01/291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shofirkon bentoniti yordamida regeneratsiyalangan moyning miqdori 75 % gacha samaradorlikka erishishiga imkon beradi.