Jumakulova Noila Shokirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Samarqand viloyati sharoitida Rubus caesius L. navlarining morfofiziologik va biokimyoviy xususiyatlari”, 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1041.
Ilmiy rahbar: Kabulova Flora Djabbarovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.09.10.
Rasmiy opponentlar: Xolliev Asqar Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Abduraximov Umorbek Kurbanbaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati sharoitida R.caesius navlarining morfofiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maymunjonning Brzezina, Brazos, Karaka Black, Jumbo, Thornfree, Cacanska Bestrna va Chester navlari Samarqand viloyati sharoitiga introduksiya qilinib, ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlari baholangan;
maymunjon navlarining fenologik rivojlanish bosqichlari, vegetatsiya davri va morfologik belgilari qiyosiy o‘rganilib, navlararo farqlar aniqlangan;
Samarqand viloyati sharoitida maymunjon navlarining fiziologik xususiyatlari, jumladan barglaridagi xlorofill a, xlorofill b va karotinoidlar miqdori o‘rganilib, Karaka Black navida fotosintetik pigmentlar miqdorining yuqori ko‘rsatkichlari shakllanishi aniqlangan;
maymunjon navlarining suv almashinuvi xususiyatlari, jumladan suv saqlash qobiliyati, suv tanqisligi va transpiratsiya jadalligi qiyosiy baholanib, navlarning suv rejimiga moslashish xususiyatlariga bog‘liq ravishda Karaka Black navining yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlangan;
maymunjon navlari mevalarining biokimyoviy tarkibi qiyosiy o‘rganilib, vitamin C miqdorining Karaka Black navida 211,3 mg/100 g gacha, aminokislotalar miqdorining esa Chester navida 22,5 mg/g gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati sharoitida R.caesius navlarining morfofiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
R.caesius navlarining ekologik barqarorligi, yuqori adaptatsion salohiyati, dala sharoitida ko‘paytirish usullarini (parxesh, novdalarni gorizontal usulda ko‘mish, qalamchalar, tuplarni bo‘lish) ishlab chiqish orqali tayyorlangan ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishini o‘rganish hamda fenologik kuzatuvlarni olib borishga oid tavsiyalar Samarqand viloyati Samarqand tumanining “Adilov Rashid Agro Meva” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 5-iyuldagi 03-03/1-03-6650-son ma’lumotnomasi). Natijada, Rubus caesius L. ning Jumbo, Thornfree, Karaka Black, Brazos, Brzezina, Cacanska Bestrna va Chester navlarini samarali ko‘paytirish va onalik plantatsiyalarini yaratish, qurg‘oqchilikka chidamli Chester va Brzezina navlaridan gektariga o‘rtacha 5-6 tonna hosil etishtirish imkonini bergan;
Rubus caesius L. ning navlarini morfofiziologik xususiyatlari va navdorlik farqlari asosida tuproq-iqlim sharoitida etishtirish va keng maydonlarga plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha “Samarqand viloyati sharoitida R.caesius navlarining morfofiziologik xususiyatlari, ko‘paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish” nomli amaliy tavsiyanoma “Adilov Rashid Agro Meva” fermer xo‘jaligining 0,20 gektar maydonida amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-109-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Chester”, “Brazos”, “Brzezina”, “Jumbo” va “Karaka Black” navlaridan keng foydalanish, meva massasi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 5,9-6,1-g da ortganligi, mazkur navlarning keng maydonlarda dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun yuqori hosildor istiqbolli ko‘chatlar etishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish