Atamirzaeva Soxiba Turg‘unovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy na’matak navlari mevasidan pyure va pasta tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5595.
Ilmiy rahbar: Saribaeva Dilorom Akramjanovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazirova Raxnamo Muxtorovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy na’matak navlari mevasidan pyure va pasta tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy na’matakning besh navi mevalarining kimyoviy tarkibi va texnologik xossalari kompleks ravishda baholanib, ularda suvda eruvchan polisaxaridlar miqdori 10,95–25,09 g/100 g, erkin aminokislotalarning umumiy miqdori 5,46–16,44 mg/g, kaliy 36,05–138,80 mg/10 g, kaltsiy 11,63–71,89 mg/10 g, magniy 4,96–30,56 mg/10 g oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
blanshirlash jarayonining 90–95 °C haroratda 5–10 minut davomida 0,1 % askorbin kislotasi eritmasida olib borilishi na’matak mevalarida biologik faol moddalarning saqlanishini ta’minlaydigan optimal texnologik rejim ekanligi isbotlangan;
blanshirlash, urug‘ va tukchalarni ajratish hamda 0,4–0,8 mm elaklarda ikki bosqichli protirkalashni o‘z ichiga olgan texnologik sxema ishlab chiqilib, biologik faol moddalarga boy, 25 % quruq modda saqlovchi pyure va 40 % quruq modda saqlovchi pasta olish imkoniyati isbotlangan;
blanshirlash, aseptik qadoqlash va sterilizatsiyaning optimal texnologik parametrlarini qo‘llash natijasida tayyor pyure va pastalarda 12 oy davomida (16±2 °C) mikrobiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari SanPiN 0366-19 talablariga to‘liq mos saqlanishi hamda og‘ir metallar (Cd, Pb, Hg, As) miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan ancha past ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy na’matak navlari mevasidan pyure va pasta ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy na’matak navlari mevasidan pyure va pasta tayyorlash texnologiyasi «Namangansharbat» MChJ -ning «Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025-yil 22-sentyabrdagi 22-97/09-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori miqdorda biologik faol moddalar saqlagan pyure va pastalar ishlab chiqarish imkonini bergan;
mahalliy na’matak navlari mevasidan tayyorlangan pyure va pastalar asosida ishlab chiqilgan konserva mahsulotlar (sharbatlar) retsepti «TIP TOP AGRO» MChJ -ning «Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025-yil 22-sentyabrdagi 22-97/09-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biologik va organoleptik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan tabiiy ichimlik ishlab chiqarish imkonini bergan.