Musurmanov Nurbek Ummatqul o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik qoplamiga antropogen omillarning ta’siri va yashillik darajasini baholash (Sirdaryo viloyati misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1508.
Ilmiy rahbar: Madrimov Rajabboy Masharipovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12B.14.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil qilingan ilmiy kengash.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sherimbetov Vafobay Xalilullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antropogen omillarni o‘simlik qoplamiga ta’sirini baholash orqali yashillik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatidagi ekologik omillar ta’sirini baholash uchun tabiiy-antropogen, antropogen-texnogen va ijtimoiy-iqtisodiy zonalarga ajratilgan;
Sirdaryo viloyatida er fondi 6 ta ekologik gomogen guruhga ajratildi va er resurslaridan foydalanish yuqori bo‘lgan hududlarning antropogen yuklamalarning ta’sir darajasi baholangan;
masofaviy zondlash va GAT texnologiyalari yordamida yashil hududlar dinamikasi 1990-2000 yillarda yashillik darajasi keskin pasayganligi, 2020-2024 yillarda mavjud yashillik darajasi optimal saqlangan va ayrim hududlarda qisman pasayish tendensiyalari aniqlangan;
hudud uchun iqlimga mos katalpa, pavloniya qayrag‘och kabi manzarali daraxt turlari tanlangan, hamda yashillik darajasini oshirishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati hududi o‘simlik qoplamiga antropogen omillarning ta’siri va ularni yashillik darajasini baholash doirasida bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
Sirdaryo viloyati hududlarini hozirgi ekologik holatin tabiiy-antropogen antropogen-texnogen va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ajratgan holda antropogen omillarni tuproq va o‘simlik qoplamiga ta’siri baholangan va ularning salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 29-avgust 03-03/1-03/3-8638-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tadqiqot olib borilgan hududlarda yashillik darajasini oshirish hamda antropogen omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi hududlarida va Sirdaryo viloyatining zaxira erlarida tuproq-iqlimga mos daraxt va butalarni ekologik jihatdan ekish va parvarishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi 2025-yil 9-iyul 03-/18-3324-son ma’lumotnoma). Natijada, zaxira erlari, avtomobil yo‘llari bo‘ylari va shaharlar atrofida barpo etilgan “yashil bog‘”, “yashil belbog‘” va “yashil yo‘laklar” uchun tuproq-iqlimga mos daraxt turlarini ekish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish