Mamatqulov Sirojiddin Xusan o‘g‘lining tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pokiston davlat boshqaruvi evolyusiyasida harbiy elita masalalari”, 07.00.03 – Jahon tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tar566.
Ilmiy maslahatchi: Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.05.01 Rasmiy opponentlar:
Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Shuhrat Ergashev Ergashevich, tarix fanlar doktori, professor.
Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pokiston Islom Respublikasi siyosiy tizimi shakllanishi va evolyusion rivojlanishida harbiy elitaning institutsional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Pokiston davlatchiligi shakllanishining tarixiy-siyosiy determinantlari, dekolonizatsiya jarayonida vujudga kelgan huquqiy-institutsional tizim, mintaqaviy va geosiyosiy omillarning konstitutiv roli hamda mafkuraviy asoslar va fuqarolik jamiyati tuzilmalari genezisining o‘zaro ta’siri harbiy elita mamlakatda dominant siyosiy subekt va hokimiyat mexanizmlarida markaziy kuch maqomiga erishishiga obektiv-struktur shart-sharoitlarni yaratgani ilmiy asoslangan;
Pokiston davlat boshqaruvi tizimida harbiy institutlarning shakllanish jarayonlari, armiya tuzilmasining institutsional rivojlanish bosqichlari, fuqarolik boshqaruvi sharoitida harbiy elitaning strategik mavqei hamda harbiy-fuqarolik munosabatlarining aniq muntazamlik, vertikal bo‘ysunuvchanlik va nozik muvozanatga asoslangan dinamikasi natijasida davlat hokimiyati tizimida harbiy elitaning barqaror va uzviy ta’siriga ega bo‘lgan mexanizm qaror topgani dalillangan;
Pokiston ijtimoiy-siyosiy hayotida armiyaning alohida mavqei, harbiy boshqaruv davriga xos avtoritar mexanizmlarning institutsional merosi, mamlakat qurolli kuchlari tarkibidagi diniy omilning davlat siyosatini shakllantirishdagi transformatsion roli va demokratik institutlar bilan harbiy doiralar o‘rtasidagi murakkab va ziddiyatli munosabatlar tizimining bog‘liqligi hamda Pokiston jamiyati harbiy to‘ntarishlarni milliy qutqaruvchi kuch sifatida legitimlashtirishi mamlakatdagi hokimiyat institutlari evolyusiyasini belgilovchi fundamental omil ekanligi aniqlangan;
Pokiston harbiy elitasining davlat boshqaruvi evolyusiyasidagi institutsional roli, armiyaning hokimiyat tuzilmalaridan tashqarida shakllangan parallel boshqaruv tizimi konstitutsiyaviy normalar bilan moslashuv mexanizmlari aniqlangan, harbiy isteblishmentda avlodlar almashuvida shakllanadigan generatsion tafakkur stereotiplari siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’siri ilmiy asoslangan hamda harbiy va siyosiy elitalar manfaatlari uyg‘unligida shakllangan “ko‘rinmas koalisiya” fenomeni ochib berilgan;
Pokistonda armiyaning xavfsizlik va siyosiy doiralardan tashqarida xalq diplomatiyasi institutlari vositasida jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda tashqi imidjni boshqarish mexanizmlari faoliyati, zaxiradagi oliy martabali ofitserlar tomonidan boshqariluvchi nodavlat platformalar orqali harbiy narrativlar fuqarolik jamiyatiga joriylanishi hamda ushbu kanallardan xorijiy moliyaviy donorlarni ichki siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirishga jalb etishni legitimlashtirish resursi sifatida foydalanilishi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pokiston davlat boshqaruvi evolyusiyasida harbiy elita masalalari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Pokiston davlat boshqaruvi tizimida harbiy institutlarning shakllanish jarayonlari, armiya tuzilmasining institutsional rivojlanish bosqichlari, fuqarolik boshqaruvi sharoitida harbiy elitaning strategik mavqei hamda harbiy-fuqarolik munosabatlarining aniq muntazamlik, vertikal bo‘ysunuvchanlik va nozik muvozanatga asoslangan dinamikasi natijasida davlat hokimiyati tizimida harbiy elitaning barqaror va uzviy ta’siriga ega bo‘lgan mexanizm qaror topgani borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurdagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazining 2026-yil 8-apreldagi 07/71-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Pokistondagi ichki siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy ma’lumotlar tayyorlashga xizmat qilgan.
Pokiston davlatchiligi shakllanishining tarixiy-siyosiy determinantlari, dekolonizasiya jarayonida vujudga kelgan huquqiy-institutsional tizim, mintaqaviy va geosiyosiy omillarning konstitutiv roli hamda mafkuraviy asoslar va fuqarolik jamiyati tuzilmalari genezisining o‘zaro ta’siri harbiy elita mamlakatda dominant siyosiy subekt va hokimiyat mexanizmlarida markaziy kuch maqomiga erishishiga obektiv-struktur shart-sharoitlarni yaratgani ilmiy asoslangani borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 6-apreldagi 01-27/13.3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan.
Pokiston harbiy elitasining davlat boshqaruvi evolyusiyasidagi institutsional roli, armiyaning hokimiyat tuzilmalaridan tashqarida shakllangan parallel boshqaruv tizimi konstitutsiyaviy normalar bilan moslashuv mexanizmlari aniqlangani, harbiy isteblishmentda avlodlar almashuvida shakllanadigan generatsion tafakkur stereotiplari siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’siri hamda harbiy va siyosiy elitalar manfaatlari uyg‘unligida shakllangan “ko‘rinmas koalisiya” fenomeni, shuningdek, Pokistonda armiyaning xavfsizlik va siyosiy doiralardan tashqarida xalq diplomatiyasi institutlari vositasida jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda tashqi imidjni boshqarish mexanizmlari faoliyati, zaxiradagi oliy martabali ofitserlar tomonidan boshqariluvchi nodavlat platformalar orqali harbiy narrativlar fuqarolik jamiyatiga joriylanishi hamda ushbu kanallardan xorijiy moliyaviy donorlarni ichki siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirishga jalb etishni legitimlashtirish resursi sifatida foydalanilishi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalardan O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazida Pokistondagi harbiy elitaning faoliyatiga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2026-yil 8-apreldagi 94/26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Pokistonda harbiy generalitetning mamlakat siyosiy tizimidagi, xususan, ichki va tashqi siyosatga oid qarorlar qabul qilishdagi o‘rni va roli borasidagi xulosalarni ilmiy asoslashga, shuningdek, bu borada tavsiya va takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.
Pokiston ijtimoiy-siyosiy hayotida armiyaning alohida mavqei, harbiy boshqaruv davriga xos avtoritar mexanizmlarning institutsional merosi, mamlakat qurolli kuchlari tarkibidagi diniy omilning davlat siyosatini shakllantirishdagi transformasion roli va demokratik institutlar bilan harbiy doiralar o‘rtasidagi murakkab va ziddiyatli munosabatlar tizimining bog‘liqligi hamda Pokiston jamiyati harbiy to‘ntarishlarni milliy qutqaruvchi kuch sifatida legitimlashtirishi mamlakatdagi hokimiyat institutlari evolyusiyasini belgilovchi fundamental omil ekanligi borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan “Sharq mamlakatlari rivojlanish tarixining tizimli tahlili” darsligida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2026-yil 8-apreldagi 03/842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiq qilingan ilmiy natijalar Pokistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish xususiyatlariga oid mavzularni ishlab chiqishda foydalanilgan.