Xudayberdieva Marxabo Abdukaxorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligini takomillashtirish”, 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5380.
Ilmiy rahbar: Norqulov Husniddin Do‘stbekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Muxsieva Aziza Shamsiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jarayoni kitobxonlik ko‘nikmalari va o‘qish savodxonligi kompetensiyalarining o‘zaro korrelyasion bog‘liqligini hisobga oluvchi retseptiv-interpretativ yondashuv hamda xalqaro baholash mezonlariga mos kognitiv-tahliliy indikatorlarni belgilash asosida o‘smirlarda mustaqil va tanqidiy mutolaa faoliyatini differensial loyihalashtirish mexanizmlari vositasida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish tizimi “ta’lim muassasasi – oila – o‘smir” triadasidagi o‘zaro motivatsion-kognitiv hamkorlik hamda intellektual-faoliyatli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan kollaborativ yondashuv asosida maktab va oilaning pedagogik imkoniyatlarini o‘smirning shaxsiy mutolaa ehtiyojlariga yo‘naltirishni muvofiqlashtirish vositasida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning
ijtimoiy-pedagogik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar integratsiyasi hamda shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli-faoliyatli metodologik asoslar uyg‘unligida o‘smirning individual mutolaa traektoriyasini monitoring qilish asnosida o‘smirlarning kitobxonlik madaniyatini
bosqichma-bosqich diagnostika qilish va ularning refleksiv ko‘nikmalarini dinamik rivojlantirish sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan takomillashtirilgan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi matnni interpretatsiya qilish, mnemonik, tanqidiy fikrlash va tez o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi treninglar majmuasini joriy etish hamda o‘smirlar mutolaa faolligidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarning tajriba-sinov jarayonidagi refleksiv-pedagogik mezonlar bilan o‘zaro muvofiqligi vositasida, ishlab chiqilgan metodikaning barqaror va ijobiy pedagogik natija berishini amaliy jihatdan isbotlash asosida verifikatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jarayonida kitobxonlik ko‘nikmalari va o‘qish savodxonligi kompetensiyalarining o‘zaro korrelyasion bog‘liqligini hisobga oluvchi retseptiv-interpretativ yondashuv hamda xalqaro baholash mezonlariga mos kognitiv-tahliliy indikatorlarining belgilanganligi Oila va gender ilmiy tadqiqot institutining “Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusining amaliy loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan. (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 21-maydagi 01-09/3305A-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir yoshlarda fikrini mantiqiy izchillikda ifodalash, mustaqil va tanqidiy mutolaa faoliyatini tizimli loyihalashtirish imkoniyati ta’minlangan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish tizimi “ta’lim muassasasi – oila – o‘smir” triadasidagi o‘zaro motivatsion-kognitiv hamkorlik hamda intellektual-faoliyatli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan kollaborativ yondashuv asosida maktab va oilaning pedagogik imkoniyatlarini o‘smirning shaxsiy mutolaa ehtiyojlariga yo‘naltirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 781-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ning ijrosini ta’minlash maqsadida dissertatsiya natijalarining taklif va tavsiyalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil
31-iyuldagi 02-09/901-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ota-onalarning o‘smir yoshdagi farzandlari kun tartibiga o‘qish odatlarini joriy qilish, oilaviy kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga erishilgan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning
ijtimoiy-pedagogik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlar integratsiyasi hamda shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli-faoliyatli metodologik asoslar uyg‘unligida o‘smirning individual mutolaa traektoriyasini monitoring qilish asnosida o‘smirlarning kitobxonlik madaniyatini
bosqichma-bosqich diagnostika qilish va ularning refleksiv ko‘nikmalarini dinamik rivojlantirish sifatini oshirishga doir yangiligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yildagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” doirasida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 31-iyuldagi 10/499-sonli dalolatnomasi). Natijada, o‘smir yoshlarning kitobxonligini rivojlantirishning oila va maktab hamkorligidagi zamonaviy ijtimoiy-pedagogik yondashuv shakllaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan;
o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi matnni interpretatsiya qilish, mnemonik, tanqidiy fikrlash va tez o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi treninglar majmuasini joriy etish hamda o‘smirlar mutolaa faolligidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarning tajriba-sinov jarayonidagi refleksiv-pedagogik mezonlar bilan o‘zaro muvofiqligi vositasida, ishlab chiqilgan metodikaning barqaror va ijobiy pedagogik natija berishiga oid yangiligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yildagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 39-bandiga binoan, “Respublika bo‘ylab “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalarini tashkil qilish tadqiqot ob’ekti sifatida belgilangan joylarda tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 31-iyuldagi 10/499-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘smir yoshlarning kognitiv salohiyatining oshishiga, ma’naviy immunitetining mustahkamlanishi va kitobxonlik turmushdagi hayotiy ehtiyojga aylanishiga erishilgan.