Rejametova Nilufar Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped236.
Ilmiy rahbar: Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.29.12.2018.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida maktabgacha yoshidagi bolalarning musiqiy ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini shakllantirish definisiyasi (mantiqiy-tuzilmaviy tavsifi) va musiqiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish (motivatsion, faoliyatli, refleksiv va kreativ)ning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlari o‘zbek xalq cholg‘ularining pedagogik imkoniyatlariga asoslanib aniqlashtirilgan;
o‘zbek xalq cholg‘ulari (urma va torli) vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy-ritmik harakatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar va nota namunalari (partituralari) yosh differensatsiyasi (turli tovush balandliklarini anglash, emotsional sezgirlik, cholg‘u dastasidagi pardalarning aniq ijro qilish) tamoyili va kreativlik qobiliyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
shul`verk (musiqiy-sahna faoliyati turlari) va evritmika (musiqaning harakat bilan aloqasi) texnologiyalari elementlarini sintezlash asosida predmetli-integrativ mashg‘ulotlar (musiqa – teatr, musiqa – nutq o‘stirish, musiqa – jismoniy harakat)ni tashkil etish orqali bolalar ijodkorligini shakllantirishning variativ metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlarining kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari mazmuniga o‘zbek xalq cholg‘u vositalarini chalish bilan bog‘liq kognitiv-ijodiy va musiqiy-ijro kompetensiyalari elementlarini kiritish asosida musiqa xodimlarining kreativlik, refleksivlik, tashabbuskorlikka yo‘naltirilgan shaxsiy-kasbiy sifatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini shakllantirish definisiyasi va musiqiy-ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid takliflardan «5111100-Musiqa ta’limi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 yanvardagi 89-03-419-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilari hamda musiqa rahbarlarini kasbiy tayyorgarligi mazmuniga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmuni boyitilgan;
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining musiqiy-ritmik harakatlarini rivojlantirish hamda bolalar ijodkorligini shakllantirishning yosh davrlariga xos indikatorlari (psixomotor, emotsional, intelektual) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari» mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 03-01/1-401-con ma’lumotnomasi). Mazkur indikatorlar tizimi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni badiy-ijodiy qobiliyatlarini (5-soha) rivojlantirish sohasi mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarida shul`verk va evritmika texnologiyalari elementlarini sintezlash asosidagi predmetli-integrativ mashg‘ulotlarni tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar «O‘zbek xalq cholg‘u asboblarini chalishni o‘rgatish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 03-01/1-401-con ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim tarbiya jarayonining mazmunini hamda samarali shakl va usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlarining kasbiy kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari mazmuniga o‘zbek xalq cholg‘u vositalarini chalish bilan bog‘liq kognitiv-ijodiy va musiqiy-ijro kompetensiyalari elementlarini kiritish orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabrdagi 877-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlari»ning malakasini oshirish kursi mazmuni hamda o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 yanvardagi 89-03-419 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlarining malakasini oshirish kursi ta’lim jarayoni mazmuni takomillashtirilgan, musiqa rahbarlarining kreativ kompetentligi rivojlangan.