Temurov Javohir Baxromjon o‘g‘lining

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon lirikasida lirik obraz poetikasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7228.
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Qahhor Vahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2026.10.06. Fil.10.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tajiboeva Dilfuza Erkinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon lirikasining qiyosiy tadqiqi orqali shoirlarning voqelikni badiiy idrok etishi, ifodalashida lirik obraz hamda obrazli ifodadagi farqli va o‘xshash jihatlarni aniqlash orqali shoirlarning adabiy jarayondagi faoliyatiga baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon she’rlaridagi lirik obraz va ularning shaxs erki, Vatan ozodligi, Sharq mavzusidagi she’rlari birinchi marta monografik planda qiyosiy tahlilga tortilgan;
real voqelikni badiiy-estetik idrok etish hamda badiiy ifodasida shoirlar yashagan makon, joy, muhitga oid detallarning lirik kompozisiyani shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan;
lirik obraz tasviri va lirik kechinma tabiatini tahlil etish yordamida XX asrda yashagan shaxsning ichki olamini aks ettirish, davr va jamiyatdagi vaziyat ochib berilgan;
lirik she’rni qiyosiy aspektdan tahlil etishning ahamiyati hamda bu jarayonda ishlatiladigan metodologik masalalari ilmiy asoslangan;
Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon lirikasida Sharq obrazining ikki xil badiiy modeli hamda lirik subektning o‘ziga xos poetik modellari qiyosiy-tipologik jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida lirik obraz poetikasini qiyosiy tadqiq jarayonida erishilgan natijalar asosida:
Anna Axmatova hamda Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, poetik tafakkuri, individual uslubi va badiiy-estetik qarashlari, ikki ijodkor she’riyatida obraz va muallif munosabati, ramziy ifoda, poetik detallar, ichki dramatizm, milliy va umuminsoniy g‘oyalarning uyg‘unligi, lirik subektning ma’naviy iztiroblari hamda ruhiy evrilishlari misolida lirik obraz yaratish tamoyillariga oid xulosalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etildi. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 12-may 2026-yildagi 11-25/317-son ma’lumotnomasi) Olingan ilmiy xulosalar jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida lirik obraz poetikasini chuqurroq anglash xizmat qildi.
she’riyat poetikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik va badiiy tafakkur taraqqiyotiga oid ilmiy izlanishlarda foydalanildi. Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lponlar ijodini qiyosiy tahlil qilish asosida yoshlarda tahliliy va tanqidiy oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi faoliyatiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 16-mart 2026-yildagi 02-06/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ma’rifiy-madaniy ishlar samaradorligini oshirishga erishildi.
Anna Axmatova va Abdulhamid Cho‘lpon she’rlaridagi lirik obraz va ularning shaxs erki, Vatan ozodligi, Sharq mavzusidagi she’rlari tadqiq haqidagi tahliliy xulosalardan Farg‘ona viloyat telaradiokompaniyasii tomonidan muntazam ravishda efirga uzatilayotgan “Assalom, Farg‘ona”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Nufuz va so‘zlashish madaniyati” teledasturlar tayyorlanishida foydalanildi (O‘zMTRK Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-dekabrdagi 212-son ma’lumotnomasi). Natijasida radio va televidenie dasturlarining ma’rifatparvarlik va ta’limiy yo‘nalishdagi mavzulari boyitildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish