Jumaeva Sadbarg Mirolimovna

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni o‘qitishda matnga asoslangan yondashuv”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6365.
Ilmiy rahbar: Gulyamova Mavluda Xamitovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Akbarova Shahnoza Hikmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga matnga asoslangan yondashuv orqali frazeologik birliklarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
frazeologik birliklarni o‘qitishda SSO (semantik spiral o‘zlashtirish) frazeo-didaktik konstruksiyasining pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarda frazeologik birliklarning uzual va okkazional ma’nolarini matndan aniqlash, o‘zaro qiyoslash, mazmuniy o‘zgarishini tushuntirish hamda yangi nutqiy vaziyatlarda mustaqil qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali aniqlangan;
frazeologik birliklarni matn asosida o‘qitishning konseptual tuzilmasi semantik ma’noni anglash, uzual va okkazional qo‘llanishlarni qiyoslash, kommunikativ vaziyatda qo‘llash hamda natijani refleksiv baholash bosqichlarini “anglash-qiyoslash-qo‘llash-refleksiv baholash” ketma-ketligida tashkil etish orqali ishlab chiqilgan;
xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni o‘qitishda PPP (Presentation, Practice, Production)ning uch bosqichli algoritm modeli Gagné’ning “O‘rganishning to‘qqiz bosqichi” hamda matnga asoslangan konstruktivizm mexanizmining 3T (Textcentric – Textbound – Textualcore) komponentini integratsiya qilish asosida frazeologik kompetensiyaning kognitiv-didaktik konfiguratsiyasi sifatida dalillangan;
talabalarda frazeologik konseptualizatsiyani shakllantiruvchi “Phraseo-Barrier Matrix” integrativ frazeo-didaktik konstruksiyasi semio-kognitiv, diskursiv-kontekstual va struktural-lingvistik murakkabliklarni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etishga mos differensial mashqlar, kontekstual tahlil hamda kommunikativ topshiriqlarning integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo‘nalishi talabalariga ingliz tili frazeologizmlarini imkoniyatlarini bilish va takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:
frazeologik birliklarni o‘qitishda SSO (semantik spiral o‘zlashtirish) frazeo-didaktik konstruksiyasi uzual-okkazional xususiyatlarni matn asosida tahlil qilish hamda bosqichma-bosqich semantik o‘sishni belgilovchi semantik-eskalatsiya komponenti orqali aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalaridan frazeologik birliklarning matndagi ma’no xususiyatlarini anglash, qiyoslash va turli nutqiy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-metodik yondashuvlar 561624-EPP1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 yanvardagi 8/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining turli matnlarda uchraydigan frazeologik birliklarning uzual va okkazional ma’nolarini aniqlash, tahlil qilish hamda tarjima qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minot takomillashtirilgan.
frazeologik birliklarni matn asosida o‘qitishning asosiy mexanizmi bosqichli semantik modulyasiya asosida o‘qituvchi – talaba, talaba – o‘qituvchi va mustaqil talaba rollarining ketma-ket almashinuvida kontekstga ko‘ra ma’no transformatsiyasini dinamik intensivlashtirish orqali ishlab chiqilganligiga oid ilmiy natijalardan I-204-4-5: “Xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni o‘qitishda matnga asoslangan yondashuv” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 yanvardagi 7/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni matn asosida o‘qitishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni o‘qitishda PPP (Presentation, Practice, Production) modelining uch bosqichli tizimi Gagnéning “O‘rganishning to‘qqiz bosqichi” hamda matnga asoslangan yondashuvning 3T (Textcentric – Textbound – Textualcore) komponentini integratsiya qilish asosida dalillanganligiga oid ilmiy natijalardan frazeologik birliklarni matn asosida bosqichma-bosqich o‘zlashtirish va nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan informativ, produktiv va kommunikativ mashqlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son Farmoniga 1-ilova “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturining 7-bandini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 10 iyundagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklarni matn asosida o‘qitish va talabalarning bilim, ko‘nikma hamda nutqiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.
ingliz tilidagi frazeologik birliklarni o‘qitishda vujudga keladigan uch darajali lingvomadaniy, ekstralingvistik va lingvistik qiyinchiliklarning echimi talaba tafakkurida frazeologik ma’no yaratish jarayoniga ta’sir etuvchi integrativ “Phraseo-Barrier Matrix” asosida ishlab chiqilganiga oid ilmiy natijalaridan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruh University Bochum (Germany)-2020-1-DE01-KA107-005433: “Evropa Ittifoqi hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi” nomli loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 2 avgustdagi 04/447-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til o‘rganuvchi talabalarda ingliz tilida frazeologik birikmalarni o‘qitishda duch keladigan lingvomadaniy, ekstralingvistik va lingvistik qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish