Xasanova Mashxura Maxammadsidiqovnaning

falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4899.
Ilmiy rahbar: Shodmanov Qodirjon Odilxanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Musaeva Nargiza Sayfullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish va tavsiyalar berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati zamonaviy inklyuziv ta’lim talablari, maxsus pedagogikaning rivojlanish tendensiyalari hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan, bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik tushunchasining psixologik-pedagogik mazmuni aniqlashtirilib, uning asosiy simptomlari, turlari hamda erta aniqlashga ustuvorlik berishning pedagogik ahamiyati ochib berilgan;
    bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash jarayonida bu sindromni yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillar maxsus tashxis va diagnostika o‘tkazish, individual ta’lim-tarbiya dasturiga muvofiq aniqlanib, ilmiy jihatdan asoslangan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish modeli individual yondashuv, refleksiv yondashuv, integrativlik, har tomonlama hamkorlik, davomiylik va uzluksizlik tamoyillari hamda SDI (Specific Direct Instruction - Aniq maqsadli to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish) metodikasiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlashning mazmun-mohiyatini o‘rganishga oid taklif va xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2023 yil 22-noyabrdagi 375-11-0-F/23 bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi “Ko‘rish qobilyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyihasida beldilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025 -yil 6 -sentabrdagi 04/0957-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak maxsus pedagoglarni tayyorlashning mazmun-mohiyatini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash jarayoni omillari va ilmiy asoslariga doir taklif va xulosalari “Diqqati tarqoq va giperaktiv bolalar bilan psixologik-pedagogik ish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi NamDU rektorining 2025-yil 4-dekabrdagi 478-015-sonli ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak maxsus pedagoglarni tayyorlash jarayoni omillariga ustuvorlik berish asosida ilmiy asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish modeli va uni tadbiq etishga oid taklif va tavsiyalari “Diqqati tarqoq va giperaktiv bolalar bilan psixologik-pedagogik ish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi NamDU rektorining 2025-yil 4-dekabrdagi 478-015-sonli ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak maxsus pedagoglarni tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga va takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni bolalardagi diqqat etishmasligi va giperaktivlik sindromini korreksiyalashga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish yo‘nalishidagi xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” radioeshittirishlarining ssenariylarini (2024-2025 yillar) tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 13-oktabrdagi 05-09-1604-sonli dalolatnomasi). Natijada maxsus pedagoglarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari kengaytirilgan va ko‘rsatuv hamda radioeshittirishlarining mazmuni ilmiy-amaliy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish