Nazirova Guzal Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped139.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.29.12.2018.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jamilova Nargiza Nuriddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlari (maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik, nazorat-baholash)ni rivojlanish sohalari (intelektual-ijodiy, bilish, ijtimoiy-hissiy, kommunikativ va jismoniy) bilan o‘zaro integratsiyalash hamda refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining mustaqil faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari (jismoniy, ijtimoiy hissiy, nutq, muloqot, o‘qish, yozish, bilish jarayonlarining rivojlanishi, ijtimoiy rivojlanish) bo‘yicha tayanch kompetensiyalarni (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish) shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslangan Play guruhlar faoliyatidagi kreativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari menejerlik, refleksivlik, kreativlik, innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi indikatorlar tarkibini kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi tashkil etuvchi ochiq tizim sifatidagi faoliyat mexanizmlari pedagogik jarayon samaradorligini baholashdagi korporativ-mustaqil sifat nazorati komponentini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonning o‘quv-tarbiyaviy faoliyat komponentlari mazmunini tarbiyalanuvchilarning ijodiy, bilish, ijtimoiy-hissiy, kommunikativ va jismoniy rivojlanish sohalari mazmuni bilan o‘zaro integrativ uyg‘unlashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-502-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayon samaradorligini oshirish mazmuni, shakl, metod va vositalari hamda nazorat mexanizmlari mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining mustaqil faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari hamda bolalarda tayanch kompetensiyalarni (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish) shakllantirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-502-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining mustaqil faoliyatini tashkil etish hamda tayanch kompetensiyalar mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining menejerlik, kreativlik, refleksivlik, kvalimetrik kompetensiyalarni rivojlantirish hamda kasbiy kompetentligi va innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik darajasini baholash bilan bog‘liq takliflar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassis xodimlari uchun “Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish” kursi mazmuni va o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-502-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish kursi mutaxassislik fanlari mazmuni va innovatsion-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi tashkil etuvchi ochiq tizim sifatidagi faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-502-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishning jamoatchilik nazorati mexanizmlari takomillashtirilgan.