Oppoqxo‘jaev Xojixuja Azimjon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish” (Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari misolida), 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7599.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03./2025.27.12.Ped.34.01 qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rohatoy Gaybullaevna Safarova, pedagogika fanlari doktori, professor; Nilufar Zakirovna Abidova, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari kommunikativ o‘zaro ta’sir, insonparvarlik, bag‘rikenglik va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarining milliy hamda xalqaro ilg‘or pedagogik tajribalar bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mazmuni “Do‘stim – qanotim”, “Mehr barglari”, “Mening yaqin yordamchim”, “To‘rttasini ayt”, “Sirimni senga ishonaman” mualliflik metodik ishlanmalarini o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvi va shaxslararo munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir omillari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash modeli korreksion-rivojlantiruvchi, kognitiv, motivatsion va faoliyatga yo‘naltirilgan komponentlarning funksional aloqadorligini “Imkoniyati cheklanganlarga yordam berish”, “Yolg‘izlik va birlik”, “Shukronalik, insoniylik va hamdardlik”, “Oqibat”, “Suratdagi yashiringan sir” kabi tarbiyaviy topshiriqlar orqali shaxsga yo‘naltirilgan hamda interaktiv pedagogik faoliyat bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash samaradorligini baholash mezonlari o‘quvchilarning nazariy va hayotiy bilimlari, insonparvarlikka asoslangan munosabatlari hamda ijtimoiy faolligini motivatsion, refleksiv, kommunikativ va kreativ ko‘rsatkichlar asosida diagnostika qilish, natijalarni ballar vositasida darajalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik jihatlarini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari kommunikativ o‘zaro ta’sir, insonparvarlik, bag‘rikenglik va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarining milliy hamda xalqaro ilg‘or pedagogik tajribalar bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalari “Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 238701-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim o‘quvchilarida milliy va xalqaro doirasida inklyuziv ta’lim va antroposentrik yondashuvning mohiyatini anglash va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni antroposentrik yondashuv komponentlariga tayangan holda tashkil etishga oid bilim, malaka va kompetensiyalari rivojlangan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mazmuni “Do‘stim – qanotim”, “Mehr barglari”, “Mening yaqin yordamchim”, “To‘rttasini ayt”, “Sirimni senga ishonaman” mualliflik metodik ishlanmalarini o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvi va shaxslararo munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir omillari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalari “Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 238701-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim o‘quvchilar tomonidan antroposentrik yondashuv asosida qaror topuvchi insoniylik, bag‘rikenglik, sabrlilik, o‘zaro yordam kabi bilimlari mustahkamlangan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash modeli korreksion-rivojlantiruvchi, kognitiv, motivatsion va faoliyatga yo‘naltirilgan komponentlarning funksional aloqadorligini “Imkoniyati cheklanganlarga yordam berish”, “Yolg‘izlik va birlik”, “Shukronalik, insoniylik va hamdardlik”, “Oqibat”, “Suratdagi yashiringan sir” kabi tarbiyaviy topshiriqlar orqali shaxsga yo‘naltirilgan hamda interaktiv pedagogik faoliyat bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Daun sindromli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 707956-sonli nashr ruxsatnomasi.) Natijada, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mexanizmlari shaxsga yo‘naltirilgan hamda interaktiv amaliyot imkoniyatlarini o‘zaro integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash samaradorligini baholash mezonlari o‘quvchilarning nazariy va hayotiy bilimlari, insonparvarlikka asoslangan munosabatlari hamda ijtimoiy faolligini motivatsion, refleksiv, kommunikativ va kreativ ko‘rsatkichlar asosida diagnostika qilish, natijalarni ballar vositasida darajalash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-972-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini antroposentrik yondashuv asosida tarbiyalash mezonlari asosida baholash orqali ular tomonidan egallangan nazariy va hayotiy bilimlari, mezonlar va darajalar asosida aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish