Umurov Zarif Latifboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik asoslari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped725.
Ilmiy maslahatchi: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01.
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tleumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Annaeva Nazokat Rajapbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning nazariy va didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dual ta’limning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlari nazariy tayyorgarlikni real sinfdagi vazifalarni bajarish tajribasiga aylantirish zaruratidan kelib chiqib, bilimlarni vaziyatga mos qo‘llash, muqobil echimlarni ishlab chiqish, mustaqil qaror qabul qilish hamda o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil etishni integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar asosida o‘zaro bog‘lash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini tashxislash indikatorlari nazariy tayyorgarlik bilan amaliy ijroni farqlab baholash ehtiyojiga muvofiq, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyat-amaliy, kommunikativ va refleksiv mezonlarga tegishli ko‘rsatkichlarni test, dars kuzatuvi hamda portfolio dalillari bilan bog‘lash va rivojlanganlikning past, o‘rta, yuqori darajalariga xos belgilarni aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
dual ta’lim sharoitida kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishning strukturaviy-funksional modeli oliy ta’lim muassasasi, maktab, mentor va talaba faoliyatini umumiy natijaga yo‘naltirish talabiga ko‘ra, maqsadli-metodologik, mazmuniy-tashkiliy, jarayonli-texnologik hamda diagnostik-natijaviy bloklarni hamkorlik ishtirokchilarining vazifalari taqsimoti va qayta aloqa vositasida o‘zaro bog‘lash asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti auditoriya mashg‘ulotlari va maktab amaliyoti mazmunining uzviyligini ta’minlash zaruratiga ko‘ra, nazariy mavzu, unga mos topshiriq, dars ishlanmasi hamda natijani qayd etish vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish va “dualtalim.uz” platformasida yaxlit elektron resurslar majmuasiga birlashtirish orqali takomillashtirilgan;
dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini oshirish mexanizmi individual qiyinchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish ehtiyojidan kelib chiqib, keys-stadi, loyiha va hamkorlikda o‘qitish metodlarini darsni tayyorlash hamda o‘tkazishga yo‘naltirish, mentor tavsiyalari asosida bajarilgan ishni refleksiv tahlil qilish, tuzatilgan echimni qayta sinash va erishilgan o‘zgarishlarni mezonli baholash siklini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra:
dual ta’limning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlari nazariy tayyorgarlikni real sinfdagi vazifalarni bajarish tajribasiga aylantirish zaruratidan kelib chiqib, bilimlarni vaziyatga mos qo‘llash, muqobil echimlarni ishlab chiqish, mustaqil qaror qabul qilish hamda o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil etishni integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar asosida o‘zaro bog‘lashga doir tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2026-yil 20-yanvardagi 113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik yondashuvlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini tashxislash indikatorlari nazariy tayyorgarlik bilan amaliy ijroni farqlab baholash ehtiyojiga muvofiq, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyat-amaliy, kommunikativ va refleksiv mezonlarga tegishli ko‘rsatkichlarni test, dars kuzatuvi hamda portfolio dalillari bilan bog‘lash va rivojlanganlikning past, o‘rta, yuqori darajalariga xos belgilarni aniqlashtirishga oid takliflardan 60110400 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Oliy ta’limda dual ta’lim nazariyasi” nomli darslikning “Dual ta’lim tizimining tashkiliy–metodik asoslari” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, № 222731-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini dual ta’lim asosida tayyorlash jarayonida nazariya–amaliyot integratsiyasini ta’minlashga erishilgan.
dual ta’lim sharoitida kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishning strukturaviy-funksional modeli oliy ta’lim muassasasi, maktab, mentor va talaba faoliyatini umumiy natijaga yo‘naltirish talabiga ko‘ra, maqsadli-metodologik, mazmuniy-tashkiliy, jarayonli-texnologik hamda diagnostik-natijaviy bloklarni hamkorlik ishtirokchilarining vazifalari taqsimoti va qayta aloqa vositasida o‘zaro bog‘lashga oid takliflar 60110400 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Oliy ta’limda dual ta’lim nazariyasi” nomli darslikning “Dual ta’limni rivojlantirish va istiqbollari” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, № 222731-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini dual ta’lim asosida tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti auditoriya mashg‘ulotlari va maktab amaliyoti mazmunining uzviyligini ta’minlash zaruratiga ko‘ra, nazariy mavzu, unga mos topshiriq, dars ishlanmasi hamda natijani qayd etish vositalarini o‘zaro muvofiqlashtilgan “dualtalim.uz” platformasi ishlab chiqilgan, nazariya va amaliyot integratsiyasi ta’minlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasi №64998, 26.05.2026). Natijada, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiyalash asosida kasbiy kompetentlik rivojlanishini monitoring qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
dual ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini oshirish mexanizmi individual qiyinchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish ehtiyojidan kelib chiqib, keys-stadi, loyiha va hamkorlikda o‘qitish metodlarini darsni tayyorlash hamda o‘tkazishga yo‘naltirish, mentor tavsiyalari asosida bajarilgan ishni refleksiv tahlil qilish, tuzatilgan echimni qayta sinash va erishilgan o‘zgarishlarni mezonli baholashga doir taklif va tavsiyalar Buxoro davlat pedagogika instituti, Termiz davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika institutining 60110400 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-iyundagi 02/01-01-553-son ma’lumotnomasi). Natijada, dual ta’limdan samarali foydalanishga oid tavsiyalarni amaliyotga joriy etish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.