Yusupov Muxammadyusup Avazbek o‘g‘lining

Falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Artishok (Cynara scolymus L.) va qushqo‘nmas (Silybum marianum L.) o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun yangi tovarlar olish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertastiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.4.PhD/K1283.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘minov Mo‘ydinjon Mo‘minovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mirzaeva Zubaydaxon Odiljon qizi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: artishok va qushqo‘nmas o‘simliklari chiqindilari asosida yangi shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish, ularning kimyoviy tarkibi va xossalarini aniqlash hamda TIF TN asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simliklardan ajratib olingan moylarning ozuqaviy tarkibi makro- va mikroelementlar miqdori, antioksidantlik faolliklari yuqori ekanligi aniqlangan;
sovuq presslash uskunasida artishok hamda qushqo‘nmas o‘simliklari urug‘laridan moy ajratib olishning nasadkaning o‘lchami 10 mm, shnekning aylanish tezligi 12 ayl/min va harorat 40 0C optimal bo‘lishi aniqlangan;
induktiv bog‘langan plazmali emissiya spektrometriyasi (IBP-OES) usuli yordamida Andijon viloyatida etishtirilgan artishok va qushqo‘nmas o‘simliklarining barglari hamda urug‘lari tarkibida jami 60 dan ortiq kimyoviy element aniqlangan bo‘lib, ulardan 10 tasi makro- va mikroelementlar sifatida boshqa elementlarga nisbatan yuqori miqdorda mavjudligi aniqlanib, ularning ustunligi aniqlangan;
o‘simlik moylarini, barglari, urug‘larining kimyoviy tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida suvda eruvchan vitaminlar, aminokislotalar hamda flovonoidlar miqdori aniqlandi va ushbu ma’lumotlar asosida yangi turdagi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
tadqiq etilalyotgan o‘simliklar asosida tayyorlangan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarining gepatoprotektor va safro haydovchi, o‘tkir zaharlilik hamda yallig‘lanishga qarshi hususiyatlari in vivo hamda in vitro sharoitida o‘rganilganda jigar kasalligiga foydali ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Artishok hamda qushqo‘nmas o‘simliklaridan olinadigan biologik faol qo‘shilmalar xalq tabobati ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish va ularni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
artishok hamda qushqo‘nmas o‘simliklari kompozisiyasi asosida tayyorlangan “Assinsil” hamda “Asyum” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TY 304553567-001:2025), (TY 311373789-01:2025) ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasining 2025 yil 15 dekabrdagi №01/28/12106-son ma’lumotnomasi), (30.12.2025 yildagi №08/237-sonli ma’lumotnoma). Natijada, artishok hamda qushqo‘nmas o‘simliklari chiqindilari asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
“Assinsil” hamda “Asyum” nomli tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari tovar sifatida tasniflanib, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha 1212 99 490 4 tovarlar kodi berilib, Ushbu kodga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 24.11.2025 yildagi №29/05-25-2758-sonli ma’lumotnomasi olingan. Natijada, artishok va qushqo‘nmas o‘simliklari asosida olingan oziq-ovqat qo‘shilmalarini sinflash imkoni berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish