Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotni innovatsion-investision rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash», 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt822.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotni innovatsion-investision rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yuzasidan ilmiy nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga innovatsion unsurlar ta’siri va tarmoqlararo o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashning omilli tahlil usuli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga investisiyalarni maqsadli o‘sish nuqtasi sifatida kiritish orqali takomillashtirilgan;
milliy iqtisodiyotni innovatsion-investision rivojlantirishni moliyalashtirish mexanizmi moliyaviy boshqaruv tizimi, venchur moliyalashning «kraudfanding» hamda «spin-off korxona tashkil qilish» modellarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardosh va ilmiy sig‘imli mahsulotlar yaratish asosida YaIM hajmini oshirishga qaratilgan innovatsion-investision rivojlantirishning tizimli modeli, ilmiy-texnologik zonalar va texnologik platformalarning klaster shakli takomillashtirilgan;
respublika iqtisodiyoti innovatsion-investision rivojlanishining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ekonometrik modellar asosida baholash orqali 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy iqtisodiyotni innovatsion-investision rivojlantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarasosida:
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga investisiyalarni maqsadli o‘sish nuqtasi sifatida kiritish orqali takomillashtirilgan milliy ishlab chiqarishning o‘sishiga innovatsion unsurlar ta’siri va tarmoqlararo o‘zaro ta’sir samaradorligini baholashning omilli tahlil usuli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 15 maydagi SS-4-0/20-1054-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida innovatsion ta’sirning yuqori natijadorligi hamda tarmoqlararo majmua unsuri bo‘lgan aralash tarmoqlarni kelishilgan innovatsion rivojlantirishga qaratilgan texnologik rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan hamda uni amalga oshirish orqali tarmoqlararo majmuaning amal qilish samaradorligiga erishilgan;
moliyaviy boshqaruv tizimi, venchur moliyalashning «kraudfanding» hamda «spin-off korxona tashkil qilish» modellarini kiritish orqali takomillashtirilgan milliy iqtisodiyotni innovatsion-investision rivojlantirishni moliyalashtirish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 apreldagi BA/19-01-32-20/1301-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari milliy iqtisodiyotning innovatsion-investision rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish hamda innovatsion rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sish konsepsiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardosh va ilmiy sig‘imli mahsulotlar yaratish asosida YaIM hajmini oshirishga qaratilgan innovatsion-investision rivojlantirishning tizimli modeli, ilmiy-texnologik zonalar va texnologik platformalarning takomillashtirilgan klaster shakli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 15 maydagi SS-4-0/20-1054-son, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 25 apreldagi 04/06-1929-son ma’lumotnomalari). Taklifning amalga oshirilishi natijasida istiqbolda milliy iqtisodiyot darajasida, jumladan, qayta ishlash va yuqori texnologiyali tarmoqlarda investisiya me’yori oshirilgan, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish uchun sarflanayotgan investisiyalar ulushining va investisiyalar samaradorligining hamda iqtisodiyot raqobatbardoshligi-ning ortishiga ko‘maklashgan;
respublika iqtisodiyotini innovatsion-investision rivojlantirishning ekonometrik modeli va 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan variantli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 15 maydagi SS-4-0/20-1054-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalari respublika iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investisiyalarning tarmoq tarkibini shakllantirish, innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tish jarayonini jadallashtirish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan.