Orifov Sardorjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon daryosining quyi oqimida hind chumchug‘ining (Passer indicus) bioekologik xususiyatlari va ahamiyati”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1464.
Ilmiy rahbar: Xolboev Faxriddin Rahmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.10.08.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosining quyi oqimida Passer indicus ning bioekologik xususiyatlarini aniqlash, tabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon daryosining quyi oqimida Passer indicusninguchrash xususiyatlari, biotoplar bo‘yicha tarqalishi va son dinamikasi aniqlangan;
Passer indicus ning tarqalishi va sonini boshqaruvchi ekologik omillar ochib berilgan;
turli populyasiyalarni solishtirma-qiyosiy tahlil qilish asosida Passer indicus ningreproduktiv sikliga xos ekologik xususiyatlar aniqlangan;
hayotiy siklining turli bosqichlarida va turli yashash muhitlarida P. indicusning ozuqlanishi aniqlangan va uning o’zgaruvchan xususiyatga egaligi ochib berilgan;
P. indicusning oshqozoni va ichki a’zolardagi o’zgarishlar kuzgi migratsiyaga tayyorgarlik bosqichida sodir bo‘ladigan giperfagiya va lipogenez hodisalarining natijalari ekanligi isbotlangan;
P. indicus ningtabiatdagi va xo‘jalikdagi ahamiyati aniqlangan va baholangan;
P. indicus ningbiozararlanishdagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshon daryosining quyi oqimida hind chumchug‘ining (Passer indicus) bioekologik xususiyatlari va ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Zarafshon daryosining quyi oqimida tarqalgan hind chumchug‘i (Passer indicus)ning 10 ta nusxalari respublikada yetakchi sanalgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obekti fondiga kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025 yil 11-sentabrdagi 4/1255-2196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar respublikamizdagi mavjud ornitologik kolleksiyalar fondini to‘ldirgan va hind chumchug‘ining (Passer indicus) Zarafshon daryosining quyi oqimida hozirgi vaqtda uchrash xususiyatlari va tarqalishini aniqlash hamda elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan;
Hind chumchug‘ining (Passer indicus) chorva mollari va parrandalar bilan biotsenotik aloqalari natijasida shakllanadigan biozararlanishlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 4 noyabrdagi 02/23-3411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hind chumchug‘i (Passer indicus) ning xatti-harakatlarini boshqarish orqali uning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biozararlanishlardagi ishtirokini kamaytirish imkonini bergan.