Kattaxodjaev Djavlon Yuldashxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Issiqlik izolyasion materiallar ishlab chiqarish uchun gips-alyumosilikat kompozit bog‘lovchilar tarkibini ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi”, 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6635.
Ilmiy rahbar: Talipov Nigmatulla Hamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Amanov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik izolyasion materiallar ishlab chiqarish uchun gips-alyumosilikat kompozit bog‘lovchilar tarkibini ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipsalyumosilikat kompozit bog‘lovchi materiallar qotish jarayonida ikki gidratli kal`siy sul`fatni past zichlikka ega strukturasini, mustahkam tuzilmasini ta’minlovchi past hajmiy og‘irlikdagi alyumosilikat to‘ldiruvchilardan foydalanishning nazariy qoidalari aniqlangan;
issiqlik izolyasion materiallar ishlab chiqarish uchun past zichlikka ega alyumosilikat to‘ldirgichlar qo‘llangan gipsalyumosilikat kompozit bog‘lovchi materiallarni yaratishning asosiy prinsiplari shakllantirilgan;
past zichlikdagi to‘ldirgichlardan foydalanish orqali qorishma aralashmalari zichligini kamaytirish, gipskarton lenta hosil bo‘lish jarayonida ikki gidratli kal`siy sul`fat strukturasini yaxshilash hamda qurilish-texnik ko‘rsatkichlarini oshirish ilmiy jihatdan asoslangan;
kam suv talab qiluvchi gipsalyumosilikat kompozit bog‘lovchi asosidagi qorishma aralashmalarining qotish boshlanishi va qotish tezligi jarayonlarini tezlashtirish xususiyatlari aniqlangan;
gipsalyumosilikat kompozit bog‘lovchi materiallar hamda issiqlik izolyasion gipskarton listlarini ishlab chiqarishning samarali tarkiblari va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqlik izolyasion materiallar ishlab chiqarish uchun gips-alyumosilikat kompozit bog‘lovchilar tarkibini ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘ldiruvchilar va modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar qo‘llangan holda past zichlikdagi issiqlik izolyasion to‘siq buyumlar ishlab chiqarish uchun gips-alyumosilikat kompozit bog‘lovchi materiallar tarkibi «Forus Capital Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2026-yil 14-maydagi 02/15-1266-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti past bo‘lgan, gips qotishmasi aralashmasining suvga bo‘lgan talabini 61,0% dan 48,0% gacha kamaytirish imkonini bergan;
past zichlikdagi issiqlik izolyasion to‘siq buyumlar ishlab chiqarish uchun gips-alyumosilikat kompozit bog‘lovchi materiallarni olish texnologiyasi «Forus Capital Invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2026-yil 14-maydagi 02/15-1266-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy mustahkamligi 21–22 % ga yuqori bo‘lgan issiqlik izolyasion materiallarni ishlab chiqarish imkonini bergan.