Asamatdinova Aliyma Inyatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Janubiy Orolbo‘yi sharoitida quyon-tolay (Lepus tolai) populyasiyasining ekologiyasi (Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi misolida)”, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/B1575.
Ilmiy rahbar: Temirbekov Ramatulla Orazimbetovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Berdibaev Abat Sultamuratovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:Janubiy Orolbo‘yi Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi sharoitida quyon-tolay (Lepus tolai) populyasiyasining ekologiyasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi o‘rmon hududining bo‘limlari (Orol,Toqqizto‘re,Terbenbes) turli biotoplarida quyon tolayining (Lepus tolai) eng tipik yashash joylari aniqlangan;
Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi hududida Lepus tolai populyasiyasi ozuqa spektridagi mavsumiy o‘zgarish xususiyatlari, shu bilan birga yosh va jinsiy tuzilishining ekologik xususiyatlari aniqlangan;
Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi sharoitida tolay quyon (Lepus Tolai) populyasiya tuzilishining ekologik xususiyatlari aniqlangan;
Lepus tolai populyasiyasi son dinamikasini va populyasiya xususiyatlari tahlil qilinib, DNK COI geni nukleotidlar ketma-ketligi aniqlandi va natijalar Biotexnologik axborotlar milliy markazining GenBanki bazasida PV162742 inventar raqami orqali ro‘yxatga olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi sharoitida tolay quyon (Lepus tolai) populyasiyasining ekologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Lepus tolai populyasiyasi misolida xo‘jalik ahamiyatiga ega hayvon turlarining tarqalishi, Orolbo‘yi ekotizimlarining eng muhim komponentlari holatiini ekologik monitoring qilish va prognozlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2026 yil 22-yanvardagi № 02-01/18-2-156-1 son ma’lumotnomasi). Natijada, bioxilma-xillikni saqlash va bioresurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkonini bergan;
biologik resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 7-yanvardagi 33/01-05-05 son ma’lumotnomasi). Natijada, hayvonot dunyosining mintaqaviy kadastrini tuzishda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan hayvon turlarining yashash joylarini ekologik pasportlashtirish imkoniyati yaratilgan;
Lepus tolai (Pallas, 1778) turning mtDNK COI geni nukleotidlar ketma-ketligi fragmentlari aniqlanganib, olingan natijalar Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasida PV162742 inventar raqami orqali ro‘yxatiga kiritilgan (National Center for Biotechnology Information, 2025 yil 22 fevraldagi ma’lumotnomasi gb-admin@ncbi.nlm.nih.gov). Natijada, GenBanki bazasida PV162742 inventar raqami olingan va ushbu turning filogenetik va taksonomik holatini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi yangi ilmiy ma’lumotlarni olish imkonini bergan.