Rayimjonov Mirzavali Botirali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilmani takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5099
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Akramjon Usmanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samadovich, texnika fanlari doktori, professor, Sattarov Nurillo Muzaffar o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilma konstruksiyasini takomillashtirish va uning maqbul parametrlarini asoslash orqali ajratish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taklif etilayotgan qurilma konstruksiyasi hamda texnologik parametrlarini takomillashtirish asosida paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratish samaradorligini oshiruvchi hamda aralashmalarni uzluksiz chiqarib yuboruvchi yangi toshtutgich qurilmasi yaratilgan;
paxta oqimining qurilmada harakatlanishi va to‘rli yuzalar bilan o‘zaro tasiri asosida aralashmalarni ajratishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxtani to‘rli yuzalarga ta’sir etuvchi fizik-matematik harakat qonuniyatlari hamda zarbalanishdagi ishqalanish kuchining to‘rli yuza bo‘ylab davriy o‘zgarishi teshik diametri, shu bilan birga tezlik parametlariga paxta massasi bog‘liqligi qonuniyatlari aniqlangan;
paxta bo‘lakchalari urilishi hisobiga zarba kuchini kamaytirish va paxtaning shikastlanishini oldini oluvchi elastik asosli rezinali temir to‘rli yuza ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilma takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilmaning dastlabki talablari tasdiqlangan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-apreldagi № 03/25-908-sonli malumotnomasi). Natijada paxta tarkibidagi og‘ir aralshmalarni samarali ajratib olish jarayoni 28 % dan yuqori bo‘lib, energiya-resurstejamkor toshtutgich qurilmasi ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilmani “NT Chust g‘alla klaster” MChJ qoshidagi “Chust paxta tozalash maskani” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-apreldagi № 03/25-908-sonli malumotnomasi). Natijada foydalanish to‘g‘ridan to‘gri xarajatlar kamayishiga va ajratib olish samaradorligi 98 % ga oshgani tufayli tozalash jinlash jarayonidagi agregatlar sinishi 40 % ga kamayishiga, zarbalanishi orqali setkaga tasir etuvchi o‘rtacha kuchlar 80-120 N, maksimal kuchlar esa 160-300 N oralig‘ida bo‘lishi tufayli samarali ajralishiga erishilga;
paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratuvchi qurilma o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik xujjatlari “NT Chust g‘alla klaster” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-apreldagi № 03/25-908-sonli malumotnomasi). Natijada toshtutgich qurilmasi uchun material hajmdorligi 1,5 barobar yuqori, ammo mayda va yirik aralashmalarni ajratib olish samaradorligini oshirib beruvchi qurilma sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.