Jo‘raev Ziyovuddin Muhitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Movardiyning “al-Ahkom as-sultoniyya” asari – musulmon Sharqi davlat boshqaruvi tarixiga oid muhim manba (XI asr)”, 24.00.01–Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1PhD/Tar70.
Ilmiy rahbar: Munavvarov Zohidillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy   universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc 26.04.2018.Isl/Tar.57.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, professor, akademik; Aminov Xamidulla Abdiraximovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Movardiyning “al-Ahkom as-sultoniyya va-l-valoyot ad-diniyya” asarining islom tarixi va manbashunosligida tutgan o‘rnini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Movardiyning “Ahl as-sunna va-l-jamoa” mazhablari peshvosi hamda “Bayt al-hikma” raisi sifatidagi faoliyati Xuroson, Movarounnahr, Misr kabi o‘lkalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, uning sa’y-harakatlari bilan zikr etilgan o‘lkalarda “Bayt al-hikma”ning bo‘limlariga asos solingani ularda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki bergani isbotlangan;
olimning ilmiy merosida bugungi musulmon davlatlari boshqaruviga daxldor siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy muammolar bo‘yicha ishonchli javoblar mavjudligi isbotlangan;
“al-Ahkom as-sultoniyya” asarida bayon etilgan davlat boshqaruviga oid ta’limotning mohiyatini xalifalikdan, ya’ni sof shar’iy boshqaruvdan dunyoviy mazmundagi sultonlik boshqaruviga o‘tish afzalligi ochib berilgan;
“al-Ahkom as-sultoniyya” asaridan radikal kuchlarning islomda go‘yoki din va davlatning ajralmas ekani haqidagi bugungi iddaolarga qarshi g‘oyaviy kurashda foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Al-Ahkom as-sultoniyya” asaridagi XI asrga oid musulmon Sharqi davlat boshqaruvi haqidagi ma’lumotlarni tadqiq etish yuzasidan olingan xulosa va takliflar asosida:
asarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati fondi”da saqlanayotgan qo‘lyozmasini YuNESKOning “Jahon xotirasi dasturi” (UNESCO “Memory of the World manuscripts”)ga kiritish tavsiya etilgan, undan kutubxonaning “Sharq davlatlarida ilm-fan va san’at rivoji tarixi” hamda “O‘zbekistonning ma’naviy boyligi” kabi mavzularga bag‘ishlangan muzey ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 17 iyuldagi 11-2475-son va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2017 yil 14 fevraldagi 03-22/153-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalar tadqiqotchilarga asarning bugungacha etib kelgan qo‘lyozmalari haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar hamda uning asl matnidan bevosita foydalanish uchun imkoniyat yaratgan;
 “Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti, boshqaruvni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash” o‘quv qo‘llanmasining 1, 12 va 13-mavzularida dissertatsiyadagi boshqaruvning me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, ish yuritish nazariyasi va amaliyotiga oid qismlar o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 21 oktyabrdagi 396-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar yoshlarning o‘rta asr musulmon Sharqi davlatchiligi tarixiga oid bilimlarini oshirish va mustahkamlashga xizmat qilgan;
“Al-Ahkom as-sultoniyya”ida bayon etilgan musulmon Sharqi davlatchiligi va Islom huquqi bo‘yicha ma’lumotlardan chiqarilgan xulosalar “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” zamiridagi davlat organlarining xalqqa xizmat qilishi, ya’ni uni tom ma’nodagi xalq davlatiga aylantirish haqidagi g‘oyalarni musulmon Sharqi davlatchiligi tajribasi tahlilidan chiqarilgan ilmiy asoslangan xulosalar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2017 yil 6 iyuldagi 01/506-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirish bilan bog‘liq nazariy va amaliy izlanishlar jarayonida birlamchi manbalarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirgan;
O‘zbekistonning jahon tarixidagi o‘ziga xos o‘rni hamda islom sivilizatsiyasi kontekstidagi yuksak maqomi haqidagi ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan uyushmagan yoshlarni vatanparvar, mehnatsevar va yuksak ma’naviyatli fuqarolar qilib tarbiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 22 noyabrdagi 04-13/6075-son ma’lumotnoma). Natijada yosh avlodning tariximiz ilmiy-manbaviy asoslari haqidagi bilimlari kengaygan hamda yangi ma’lumotlar bilan boyigan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining “Teran ildizlar” ko‘rsatuvi ssenariysini yaratishda dissertatsiyada bayon etilgan musulmon Sharqi davlat boshqaruvi tarixiga oid xulosa va amaliy takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-18-1223-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mavzusi ilmiy asoslangan va milliy davlatchilik tarixi ildizlarining qadimiyligi haqidagi bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish